Kurs ishining maqsad. Ushbu kurs ishida zamburug‘lar va zamburug‘simon organizmlarning dunyolari, taksonomik guruhlarining zamonaviy sistematikasi, filogenezi, tuzilishi, oziqlanishi, rivojlanishi, ko‘payishi hamda ayrim o‘simlik va issiqqonli organizmlarda patogen bo‘lgan vakillari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi.
Kurs ishining vazifalari. Zamburug‘larning morfologik xususiyatlarini o‘rganish va sistematik o‘rnini aniqlash uchun kasallangan o‘simlik qismlaridan nam kamera usulida ajratib olish.
Zamburug’lar dunyosiga mansub bo’lgan zamburug’lar bilan tanishish, ularning ahamiyatini o’rganish, foydali zamburug’lardan amaliyotda foydalanishni keng joriy etish. Zamburug’lar vakillarining hozirgi zamon ta’lim tizimidagi o’rni va ularning foydali jihatlarini aniqlash ishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot obyekti. Asosiy tadqiqot obyektlari zamburug’lar dunyosi va ularga mansub bo’lgan vakillari. Zamburug’lar dunyosining umumiy tuzilishi, ko’payishi, foydali va zararli jihatlari hamda o’ziga xos belgilarini o’rganish.
Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot predmeti. O‘rganilayotgan o‘simlik qismi tayyorlangan eritmada ko‘rsatilgan muddat davomida saqlanib, keyin bir necha marta sterilizatsiya qilingan suvda yuvib tashlash tavsiya qilinadi. Buta, daraxtlarning novdasi, poyasi, bargini tashqi infeksiyadan tozalashda ko‘rsatilgan tozalagichlar yaxshi samara beravermaydi.
Kurs ishining ilmiy- amaliy ahamiyati. Shuning uchun o‘simlik qismlarini sterelizatsiya qilishda denaturat yoki texnik spirtdan foydalanib, tadqiq qilinayotgan qismni tashqarisidan alangada kuydirish usulidan foydalaniladi. Ajratilayotgan zamburug‘larning bakteriyalardan holi bo‘lishini ta’minlash maqsadida streptomitsin penitsillin antibiotiklaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |