Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari
Download 0.85 Mb.
|
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3 Rizofidium turkumi Rhizophydium
2.2 Sinxitrium turkumi Synchytrium. Uning vakillari gulli o‘simliklarning barg, poya va ildizlarida parazitlik qiladi (rasm). Ular orasidan Endobioticum turi kartoshka tugunaklarida rak kasalligini keltirib chiqaradi.
Bunday parazit bilan kasallangan kartoshka tugunaklari qalin po‘stli, g‘adir-budir, ichida esa parazntning sistasi bo‘ladi. Sista ichida sorus, sorus ichida 5—9 zoosporangiy va 300 ga yaqin zoospora yetishadi. Zoospora zoosporangiydan chiqib, butun yoz bo‘yi sog'lom o‘simliklarni zararlantiradi. Kuzda esa kartoshka tugunaklari ichiga parazitning tinim davridagi sporasi (sista) joylashib oladi. Bundan tashqari, tinim davridagi spora tuproqda ham uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin, Qulay sharoitda sista o‘sib, zoospora hosil qiladi, lekin bundagi zoosporada soruslar bo‘lmaydi. Olimlarning kuzatishlariga qaraganda, olpidium va sinxitrium zoosporalari o‘simliklarni virus bilan kasallantiradi. Kartoshkaning rak kasalligi Amerika, G‘arbiy Yevropa, Janubiy Amerika va Yaponiyada keng tarqalgan bo‘lib, hosildorlikni 50—60% pasaytirib yuboradi. Bizda tuproqni 2.2-rasm. A— qarag‘ay changidagi rizofidium (Rhtzophydium pollinis) rizomitseliysining boshlanishi; B — suvo‘tida parazitlik qilayotgan polifagus (Polyphagus euglenae): t — evglena tallomida parazitning rizomitseliysi bilan zoosporalari 2sporangiy. L —jinsiy jarayon, — zigota, dezinfeksiya qilish, mazkur kasalga chidamli kartoshka navlarini seleksiyalash yo‘li bilan bu kasallikka qarshi kurash olib boriladi. 2.3 Rizofidium turkumi Rhizophydium. Uning vakillari ham saprotrof, ham parazitdir. Rizofidiumning zoosporasi substratga tushgach po‘st bilan o‘ralib, ichkariga shoxlangan yadrosiz rizomitseliy hosil qiladi. Zoosporalardan holi bo‘lgan zoosporangiy tez o‘sib, hajmi kattalashadi va yangi zoosporangiyga aylanadi. Masalan, qarag‘ay changidagi rizofidium. Jinsiy ko‘payishi gametangiogamiya. Evolyutsiya jarayonida xitridiomitsetlarning rizomitseli ancha rivojlanib boradi. Masalan, buni Polyphagus turkumi turlarida kuzatish mumkin. Polifogus yevglena Polyphagus euglena harakatsiz holda yevglenalarda parazitlik qilib yashaydi. Uning bir xivchinli yirik sariq-havorang zoosporasi harakatdan to‘xtab, po‘st xosil qiladi va yevglenannng hujayrasi ichida 50 ga yaqin ipsimon shoxlangan rizomitseliy. hujayralarini o‘rab oladi. . Mazkur parazitning zoosporalari rivojlanib, xaltachaga o‘xshash zoosporangiy hosil qiladi. Shundan so‘ng‘ uning yadrosi zoosporangiyga o‘tib, bir necha marta bo‘lingach, u yerdagn mod-dalar ayrim zoosporalarga aylanadi. Zoosporangiy devorlari yirtilib, undagi zoosporalar suvga chiqadi va yana yevglena tallomiga yopishib rivojlanadi. Jinsiy ko‘payish polifagusda ham ma’lum. Bu jarayon oziq yetishmagan vaqtda sodir bo‘ladi. Bunda rizomitseliy uchlarida dastlab pufakchalar hosil bo‘ladi. Erkak jinsining pufakchalari urg‘ochi jinsnikiga qaraganda ancha kichik bo‘lib, o‘z su-yuqligini yirik pufakchalarga quyadi, shundan so‘ng tinim dav-ridagi spora (sista) hosil bo‘ladi. Bu jarayon 12 soat davom etadi. Zigota bir necha oy davomida o‘sib, zoosporangiyga aylanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling