Mavzu: Xorijiy davlatlarda muzey pedagogikasining shakllanish tarixi


Download 1.55 Mb.
bet2/9
Sana23.10.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1717617
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muzey.ped.muhlisa

Luvr muzeyi tarixi

  • Mashhur muzeyshunos K.Xadsonning “Muzeylar ham nasroniylik kabi mavjud jamiyatda oʻz izini qoldiradi” degan fikrining yorqin tasdigʻidir. Hukumatning 1791-yil 26-maydagi qarori bilan Luvr “Qirollik qarorgohi, yodgorlik, fan va san’at, xalq ta’limi muassasalari uchun maskan” deb e’lon qilingan. Biroz vaqt oʻtgach, Milliy konvensiya uni "Tasviriy san’at markaziy muzeyi" deb qayta nomladi. 1802-yilda u "Napoleon muzeyi" nomini oldi va XIX asrning oʻrtalarida esa Qirollik saroyi – Luvr nomi bilan qayta nomlandi. Muzeyning maqsadlari quyidagicha belgilandi:san’atni jamiyatning barcha jabhalariga tarqatish;umumiy badiiy ta’lim darajasini oshirish;sanoat san’ati sifatini oshirish. Biroq, har qanday vaziyatda ham muzey oʻzining "tarbiya va estetik zavq bagʻishlash" ezgu maqsadlariga sodiq qoldi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzey pedagogikasining shakllanishi.

  • Angliya muzeylari Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzey ishining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatdi. 1876-yilda Filadelfiyada boʻlib oʻtgan Amerika dekorativ-amaliy san’at koʻrgazmasi milliy xususiyatga ega boʻlgan "San’at va hunarmandchilikni tiklash uchun" harakatining yuzaga kelishiga turtki boʻlib xizmat qildi. Shu yili Detroytda San’at muzeyi negizida AQShdagi birinchi sanoat san’ati maktabi ochildi. Shu bilan birga, har bir muzey turli usullarda ta’lim maqsadlarini amalga oshirdi va ularning ba’zilari hatto "muzey oʻqituvchisi" (Boston san’at muzeyi) lavozimini ham joriy etildi. 1890-yildan boshlab Detroytdagi san’at muzeyida tasviriy san’at, arxeologiya, adabiyot va fanning turli sohalari boʻyicha keng qamrovli oʻquv ishlari olib borildi. Bu muzeyda turli xil jamiyat va uyushmalar – “ayollar rassomlari jamiyati”, "kutubxona xodimlari uyushmasi" va boshqalar ham yaratilgan, bu toʻgʻridan-toʻgʻri pedagogika va muzeyning oʻziga xos oʻquv muassasiga aylantirilganligidan dalolat beradi.

Eng koʻzga koʻringan oʻquv maqsadlari

  • AQSHdagi yeng yirik san’at muzeyi - Metropoliten san’at muzeyi (Nyu-York) Nizomida bayon etilgan. 1870-yilda tasviriy san’atni rivojlantirish va oʻrganish, ularni ishlab chiqarish va amaliy hayotda qoʻllash, shuningdek, badiiy ta’limni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, bu ta’sirlarning noyob qotishmasi, birinchi navbatda, ingliz va nemis muzeylarining oʻziga xos birlashuvidan olingan. Bugungi kunda Metropoliten toʻplamlarning koʻlami va sifati bilan, shuningdek, tomoshabinlar bilan ishlarning koʻlami va xilma-xilligi (turlar, konsertlar, ma’ruzalar, film namoyishlari, qoʻllanmalar) boʻyicha Amerika muzeyining namunasiga aylandi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling