Mavzu: Yaponiya iqtisodiyoti
Download 81.3 Kb.
|
Jahon iqtisod 1 Omonov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. JAHON IQTISODIYOTI TAMOYILLARI
MUSTAQIL ISHMavzu: Yaponiya iqtisodiyotiBajardi: Omonov Abdurazzoq Komil o’g’liTekshirdi: Erkinxojiyev I.Reja:
1. JAHON IQTISODIYOTI TAMOYILLARI
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o‘z aksini topgan. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizimining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi va manufaktura davri hisoblanadi. Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi bu bosqichda mamlakatlarning (birinchi navbatda, mustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi savdo sohasidagi o‘zaro munosabatlarining yig‘indisi sifatida talqin etiladi va ustun darajada savdo kapitalini sarflanish sohasi hisoblanadi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yarmi — XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shakllanishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to‘ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o‘tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog‘liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan: • xalqaro mehnat bozorida baynalminallashuv jarayonining chuqurlashuvi — 1870-1913-yillar davomida Yevropani 36 mln. kishi tark etdi va ularning 2/3 qismi AQSh ga ko‘chib o‘tdi. Osiyo hududida esa xitoy va hind emigrantlarining soni Yevropa emigrantlaridan ham oshib ketdi; • xalqaro kapitallar oqimining ko‘payishi — 1914-yilga kelib uzoq muddatli xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 44 mlrd. dollarga yetdi va ushbu jarayonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya faol ishtirok etdi. Xalqaro kapitallar harakatida umuman rasmiy cheklovlar bo‘lmaganligi tufayli. Shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar bozorining baynalminallashuvi ham yuqori darajaga yetdi. 1913-yilda London fond bozorlarida sotilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarda xorijiy qimmatbaho qog‘ozlar ulushi 59 %ni, Fransiyada esa ushbuko‘rsatkich 1908-yildayoq 53 %ni tashkil etdi; • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ta’sirida xalqaro ishlab chiqarishning o‘sishi tufayli — 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xalqaro kapital harakatining asosini tashkil qildi. Bu davrda Buyuk Britaniya to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy eksportyori hisoblangan. Jami to‘g‘- ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 45 % Buyuk Britaniya hissasiga, 20 % esa AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy importyorlar AQSh, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Xitoy va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hisoblandi. 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy oqimi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirilgan edi. Jahon xo‘jaligining bu davri kapital ishlab chiqarish sohasida sanoati rivojlangan mamlakatlarning o‘zaro aloqalari va mustamlakalari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmuasini tashkil eta boshladi Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari davrini o‘z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yildan keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori darajada beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi bilan ajralib turadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ushbu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki yangi xalqaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi. Bu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari; dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik va mehnat unumdorligini oshirish sohasida birlashish tamoyillarining kuchayishi; tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal rivojlanishi; mustamlakachilik tizimining parchalanishi Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlarning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo‘jaliklari o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklaming jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi. Jahon xo‘jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. 0 ‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (0‘IYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korporatsiyalarning jahon xo‘jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi. Jahon xo‘jaligi XX asr va XXI asr bo‘sag‘asida global miqyosga ega ekanligi, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanishi, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari asosida faoliyat yuritishi va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uch elementni — milliy iqtisodiyotlar, ularni bog‘lab turuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro korporatsiyalar tomonidan yaratilgan xalqaro iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi Download 81.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling