Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Davlat suv fondi va uni boshqarish
Download 465.39 Kb.
|
Yer va suvdan samarali foydalanishni ta\'minlash yo\'llari
Davlat suv fondi va uni boshqarish. Yurisprudentsiyada Suv xuquqi mustaqil xuquq soxasi sifatida qaraladi. Lekin u O’zbekistonda to’liq shakllanmagan fan soxasidir. Mamlakatimizda suv muammolarining ortib borayotganligi suv xuquqini ham rivojlantirishni talab etmoqda. Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bor Toshkent Davlat yuridik institutida Suv xuquqi darsligi ishlab chiqildi va magistrlarga mustaqil xuquq predmeti sifatida o’tilmoqda.
Yer singari suvni muhofaza qilish va undan foydalanishni ham xuquqiy jixatdan tartibga solish uchun turli xil toifalarga ajratib olinadi. Aynan o’sha toifalar bo’yicha ijtimoiy munosabatlar ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solinadi. 1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga ko’ra, O’zbekistonda yagona suv fondi uch toifaga ajratilgan: - yer usti suvlar (daryolar, ko’llar, suv omborlari, kanallar, hovuzlardagi suvlar); - yer osti suvlari va muzliklar; - xalqaro suvlar (Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, Zarafshon va shu kabi ikki va undan ortiq davlat hududlaridan oqib o’tadigan yoki ularning hududida joylashgan suv havzalari va suv manbalari). Suv davlat mulki bo’lganligi uchun ham suvga oid munosabatlar davlatning umumiy va maxsus vakolatlangan organlari tomonidan tartibga solinadi. Oliy Majlis to’g’risidagi konstitutsiyaviy qonun hamda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan , Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida suvga doir munosabatlarni tartibga solishda tegishli qonunlar ishlab chiqadi, qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi, suvga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va strategik dasturlarni qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasi o’zi to’g’risidagi qonunda kelib chiqqan holda, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 6-moddasida belgilangan vakolatlariga binoan: suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish soxasida yagona davlat siyosatini o’tkazadi; maxsus vakolatlangan davlat organlarining faoliyatini uyg’unlashtiradi; suvdan foydalanishning me‘yorlari va limitlarini tasdiqlaydi; suv kadastri-monitoringi-nazorati tizimini yaratadi va uning yuritilishini ta‘minlaydi; suvga tegishli yirik xodisa va jarayonlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; suv to’lovlari va xaq o’ndirish tartibini belgilaydi; davlatlararo munosabatlarni rivojlantiradi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan keyingi 10 yil mobaynida 100 dan ziyod munosabatlarini tartibga solishga doir qaror, yo’riqnoma hamda ko’rsatmalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Suvdan foydalanish va uni muhofaza etish ustidan davlat nazoratini mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi o’zlari to’g’risida qabul qilingan qonunlar va nizomlar asosida olib boradilar. Idoraviy nazorat esa Geologiya va mineral resurslar davlat qumitasiga topshirilgan. Suvga oid munosabatlarni tartibga solishda nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va jamoalarning vakolatlari tegishli qonunlarda belgilangan va ular davlatga ko’makdosh ekanligi ifoda etilgan. Bizningcha, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari nafaqat ko’makdosh, balki mustaqil nazorat olib boruvchi sub‘ekt bo’lishi demokratik jamiyat talablarini bajarish va fuqarolik jamiyatini o’rnatishda katta xizmat qiladi. Xulosa Xullas, suvni xuquqiy muhofaza qilishning asosiy maqsadi va vazifalari suv, tabiatni muhofaza qilish, yer, o’rmon, o’simliklar dunyosini muhofaza qilish hamda boshqa ekologik sanitariya to’g’risidagi qonun talablarini amalga oshirish va ularni bajarishini ta‘minlashdan iborat. Suvni muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydlanish to’gqrisida» gi Qonunning 97-102 maddalari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunda suvni xuquqiy muhofaza qilish masalasi yetarlicha o’z ifodasini topmagan bo’lsada, ammo uning ayrim chora tadbirlari ustida to’xtab o’tilgan. Jumladan, qonunning 99 moddasida quyidagilar taqiqlanadi: ishlab chiqarish chiqitlari maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv ob‘ektlariga tashlash; moylarning, yog’ochlarning kimyoviy va neft maxsulotlarining to’kilib sochilishi natijasida suvning bug’latish va ifloslantirish; suv havzalarining yuzi, suv havzalarining qoplab turgan yaxlar muzliklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar shuningdek, yer usti va osti suvlarining sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy maxsulotlar bilan bug’latish va ifloslantirish; suvni o’g’itlar va zaxarli ximikatlar bilan bug’latish. Ushbu Qonunning 101-moddasida, yer osti suvlarini muhofaza qilish tartibi ifodalangan. Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shug’ullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga to’xtash hududlarida yer osti suvlariga doir rejimlariga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek foydalanayotgan suvning miqdori va sifatini hisobini yuritishlari shart. Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni o’rganish va ulardan foydalanish bilan bog’liq burg’ilash hamda boshqa kon qidiruv ishlarini bajarish chog’ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangan taqdirda bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi organlariga ma‘lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora tadbirlar qurilishi lozim. Basharti, sanoat oqova suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo’lsa, bunday quduqlar qazish hollari man etiladi. O’z-o’zidan suv chiqarib, suvni foydalanish uchun yaroqsiz bo’lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o’rnatilishi, ular qonunlardan belgilangan tartibda to’xtalib qo’yilishi yoki tugatilishi lozim. Sifatli yer osti suvlari to’planadigan manbalar hududida qattiq va suyuq chiqindilar to’plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo’lgan sanoat, qishloq xo’jalik ob‘ektlari va boshqa ob‘ektlar qurilishiga yo’l qo’yilmaydi. Download 465.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling