mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( soat) reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana24.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1114166
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash

Arab kalendariQadimgi arab kalendari klassik Oy kalendari 
hisoblanadi. Arabiston yarimorolida Oy Kalendariga asos solingan va 
takomillashtirgan paytdan qadimgi arab kalendarining tarixi boshlanadi. Bu 
milodimizgacha bo'lgan I ming yillikka to'g'ri keladi. Milodimizning I ming 
yilligi o'rtalarida (V asrlar atrofida) Oy kalendaridan Oy-quyosh kalendariga 
o'tish boshlanadi. Oy kalendarini Quyosh yili bilan moslashtirish uchun vaqt 
o'tishi bilan qo'shimcha o'n uchinchi oy «nasi» va ba’zan yilning oxirida besh 
yoki olti kundan iborat qo'shimcha kunlar qo'shilgan. Lekin aniq embolistik 
oy tizimi kiritilmagan. Arab kalendarining keyingi rivojlanishida Oy-quyosh 
sistemasini rasmiylashtirish islom dini paydo bo'lishi bilan to'xtab qoldi. 
Arablar 200 yilga yaqin vaqt davomida Oy-quyosh kalendaridan 
foydalandilar. Islom dinida Oy Kalendari asosini buzish taqiqlandi. VII 
asrning o'rtalariga kelib arablar yana o'zlarining klassik Oy kalendariga 
qaytdilar. Qadimgi arab kalendari deyarli o'zgarishlarsiz bizgacha saqlangan. 
Qadimgi arab Oy yili o'n ikki oydan iborat bo'lgan.Bir qancha xalqlarda
6
Abu Rayhon Beruniy.Tanlangan asarlar.1 t.T., 1968.85-bet. 


ayniqsa, musulmon Sharqidagi mamlakatlarda qadimgi arab oy sistemasi 
hisoblashlari milliy va diniy ruh olgan. Bu tizim natijasida tuzilgan 
kalendarlar bir qancha Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida hozirgi 
vaqtgacha qo'llanilib kelmoqda. Oy kalendari uzoq vaqt O'rta Osiyo va 
Kavkazda, shuningdek, tatar va boshqirdlarda keng tarqalgan. 
Bugungi kungacha arab kalendarida oy nomlari ikki marta o'zgargan. Abu 
Rayhon Beruniy «Qonuni Mas'udiy» asarida qadimgi arab kalendaridagi oy 
nomlarini keltirib o'tadi. Bular: 
1. Al-mu'tamir. 7. AI-asamm.  
2. Nojir. 8. Odil. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling