Mavzu: Yoritish moslamalari va jihozlari. Yorug'lik sifati. Yoritish uskunalari. Chiroq turlari. Fan nomi
Download 1.54 Mb.
|
Omonov Farruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatib boruvchi yoritish uskunalari (yorug’lik pushkalari)
- Maxsus effekt chiroqlari (Движущиеся головы, Заливки)
Profil yoritish uskunalari
Ushbu yoritish uskunalaridan keng imkoniyatlari sabab yorituvchi xodimlar tomonidan keng foydalaniladi. Profil yoritish uskunalarining o’ziga xos tomoni shundaki, korpusda o’rnatilgan maxsus turdagi to’suvchilar va diafragma yordamida chiqayotgan yorug’lik nuriga shakl berish mumkin bo’ladi. Chiqayotgan yorug’lik nuriga to’g’ri to’rtburchak, trapetsiya, doira, yarim doira, uchburchak kabi shakllarini berish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari yoritish uskunasining old qismiga maxsus gobolar ham o’rnatish mumkin. Gobo – bu oyna yoki metall plastinaga chizilgan rasm yoki shakl. Gobolar ko’p firmalar tomonidan keng ishlab chiqariladi yoki zarur shakllarni ham buyurtma qilish mumkin. ETC kompaniyasining “Source Four Zoom” profil yoritish uskunasi Kuzatib boruvchi yoritish uskunalari (yorug’lik pushkalari) Ushbu yoritish uskunalarining vazifasi – asosiy xonanda yoki aktyorni belgilash, yorug’lik orqali urg’u berishdan iborat. Bu yoritish uskunalariga qo’yiladigan bir nechta talablar mavjud. Birinchidan, yorug’lik nuri doimo asosiy qahramon yoki xonandada bo’lishi uchun yoritish uskunasining o’zida qulay boshqarish imkoniyati mavjud bo’lishi lozim. Ikkinchidan, yuqori yorug’lik oqimiga erishish uchun katta quvvatli gazrazryad tipdagi lampalardan foydalanish talab etiladi (taxminan 1-2kVt). Hozirgi kunda zamonaviy kuzatib boruvchi yoritish uskunalari yorug’lik oqimini boshqaruvchi, rang va rang xaroratini o’zgartiruvchi tizimlarga ega. Robert Juliat firmasining “Aledin” kuzatib boruvchi yoritish uskunasi Maxsus effekt chiroqlari (Движущиеся головы, Заливки) Studiya yoki teatr saxnalarini badiiy bezashda, turli effektlarni xosil qilishda ushbu turdagi yoritish uskunalarining o’rni beqiyosdir. Ushbu maxsus yoritish chiroqlarini saxnaning barcha nuqtalariga yo’naltirish mumkin. U vertikal va gorizontal xolatlarda aylanib, aylanish darajasi 270 º dan 360º gacha yetadi. Yoritish uskunalarining tarkibiga bir nechta ranglar, gobolar kiritilgan bo’ladi. Bulardan tashqari bu yoritish chiroqlari yordamida stroboskop effektini ham hosil qilish mumkin. Manba sifatida gazrazryadli lampalar qo’llaniladi. Yana xuddi shunday funksiyalarga ega bo’lgan yoritish uskunalari ham borki, ular faqat rangni o’zgartirish imkonini beradi. Ularni saxnani turli xil ranglar bilan bezashda ishlatish mumkin. Bunga misol qilib Robe firmasining Robin 1200 LED yoritish uskunasini keltirish mumkin. Ushbu yoritish uskunasi LED texnologiyasiga asoslangan. Quvvati uncha katta bo’lmasligiga qaramasdan katta sahnalarni rangli bezashda ko’mak beradi. Robe firmasining ColorWash maxsus effekt chirog’i Robe firmasining Robin1200 maxsus effekt chirog’i Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling