Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish
v) Oldindan ko‘ra olish ehtimoli. Oldindan ko‗ra olish ehtimoli itni
tajribasiga, mavjud bo‗lgan informatsiyaga bog‘liq bo‗ladi. Bu o‗rganishlar N.Bernshteyn P.V.Simonov, I.M. Juravlev va G.E.Ferenberg tomonidan o‗rganilgan. Oldindan ko‗ra olishlar evolyutsiyani yuqori pog‘onasida turgan hayvonlarda ko‗p uchrayda. U hodisalarni sub‘ektiga, o‗tgan hayotiy tajribalarga, uni aktualligiga bog‘liqdir. Birdaniga miyasiga fikr qilib qolishi insayd deyilib u ham shu o‗rganishlarga kiradi. Birdaniga paydo bo‗lgan to‗g‘ri echim hayvonni sharoitini engillashtiradi. Hayvonlarning ko‗nikmalari Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o‗zgaruvchan shakllari – ko‗nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. Ko‗nikma – bu hayvonlarda shartli bog‘lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo‗luvchi harakatlardir, ya‘ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil 23 qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o‗rinni egalasa, u o‗zida shunchalik murakkab ko‗nikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko‗nikma xatti- harakatlarning ancha o‗zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning ko‗nikmalari, ota-onala-ridan ―o‗rganish‖ yo‗li bilan ham hosil bo‗ladi. Masalan, bo‗rilar bolalarini ovga o‗rgatadilar, qari bo‗ri qilgan harakatni yosh bo‗ri takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xattiharakatlar ko‗nikmasidir. Uy hayvonlarini odam «o‗rgatganda» ular ko‗p ko‗nikmalar hosil qiladi. SHuningdek, tsirkda o‗rgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko‗nikmalarni namoyon etadilar. «Ijtimoiy hayvonlarning o‗zaro munosabat-munosabatlari ba‘zan juda ham murakkablashib ketadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bulgan katta-katta tudalarga birlashib xayot kechiradigan xayvonlardayoq fakatmarkkab individual isntiktiv xatti-xarakatlarnigina emas balki usha tudaning aloxida bir vakili tiliga nisbatan instiktiv reaktsiyalari xam rivojlangangligini kurish mumkin . CHunonchi, asalari shira to‗plab, uyasiga qaytayotganida muayyan bir shaklda harakatlar yasab («raqsga tushib»), bu bilan asalga boy gullar kaerda joylashgani haqida butun asalarilar to‗pini xabardor qilishi aniklandi. CHumolilarning «tili» juda murakkabdir. Ma‘lum bir harakatlar kat‘iy bir xabarni anglatadi. Harakat reaktsiyalari birgalikdagi harakatga chaqiriqni, ovqat berish haqidagi iltimosni va shu kabilarni anglatishi mumkin. Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlardagi «til» gavdasini ma‘lum bir qiyofada tutish bilan, akustik signallar, kimyoviy («hid bilish») axborotlar, turli xildagi suykalishlar orqali ifoda etiladi. To‗plashib yurgan hasharotlar xatti-harakatlarining maqsadga muvofiqligi va uyg‘unligi kuzatuvchini hayratga soladi. Lekin ushbu uyg‘un ravishdagi maksadga muvofiqlik axborotni qabul qiluvchi xayvonlar reaktsiyasining bir xilda ekanligi bilan belgilanadi. Ularning reaktsiyalarida ozgina bo‗lsa ham anglashilganlikdan, axborotni qayta ishlashdan asar yo‗q bo‗ladi; signal olshnishi bilanoq evolyutsiyada hosil qilingan xatti-xarakatlari sodir buladi. Yuksak tarakkiy etgan xayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar) ning to‗dasida ham o‗zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday tarzda biron-bir to‗daga birlashuvn mukarrar ravishda to‗dadagilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo‗lgan «til» ning paydo bo‗lishiga olib keladi. Xar qanday turda biologik jixatdan tengsizlik karor topadi; kuchli xayvonlar kuchsizlarini o‗ziga bo‗ysundirishadi. Kuchlilariga ovqatning yaxshiroq joyi tegadi, ular o‗zlarini to‗daning boshqa a‘zolari orasida ancha erkin his qilishadi. Kuchsia hayvonlar boshqa turlarga mansub hayvonlar uchun o‗lja bo‗lib, o‗zi mansub bo‗lgan turning eng yaxshi vakillari saqlanib qolishi uchun garov bo‗lib xizmat qiladi. Quchsiz hayvonlar, o‗z navbatida, tuda ichida o‗zlarini nisbatan himoya kilish imkonini beradigan vositalarga egadir (4-rasm). «Bo‗ysunish qiyofasi» atalmish aloxida bir holatga kirib turish ana shunday vositalar jumlasidan bo‗lib, ancha kuchlirok xayvon bilan to‗knashuvda mag‘lubiyatga uchrayotgan xayvon o‗zining olishuvni davom ettirishga qodir emasligini shunday holat vositasida xabar qiladi. «Til» deganda biz signal berishning har qanday sistemasini, xabar berishning har qanday vositasini tushunamiz. Masalan, avstriyalik etolog K. Lorents quyidagicha vaziyatni kuzatishga muvaffaq bo‗ldi. Yesh buri o‗zining kuch-quvvatga to‗lib ketganini sezib, to‗daning boshlig‘iga tashlanadn. 4-rasm. Tovuqlarda ustunlik va bo‗ysunganlik holatlari: 1 va 2— tovuq va xo‗rozning ustunligi xolati; 3—juda xam tajovuzkorona holat; 4— tajovuzkorlik niyati bo‗lmagan holda to‗daga ko‗shilishga tayyorlik xolati; 5— bo‗ysunganlik xolati; 6—taklif qilish holati. Yesh buri darhol bo‗ysunganlik xolatiga kirdi: vahshiyona tusga kirgan raqibining og‘zi ostiga bo‗ynini qo‗ydi. Odatda hayvonlar olishuv paytida bo‗ynini muhofaza qiladi. Katta bo‗rining hujumkorlik vajohati shu zahotiyoq so‗ndi — minglab avlodlar hayoti davomida hosil bo‗lgan instinkt o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Tobelik holatiga kirish odati tuda bo‗lib yashaydigan barcha hayvonlarda bor. Maymunlarda bunday holatni bildiradigan qiyofalar aniq ifoda etilgan bo‗ladi. Xayvonlarda qiyofa, suykanish «tili» dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» ham bor. Sayroqi qushlarda, delьfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi bayon qilib o‗tildi. Chiqariladigan tovush xayvonning hissiy holatini aks ettiradi. Shimpanzening ovoz reaktsiyalarini tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, maymunning har bir chiqargan tovushi muayyan reflektor faoliyati bilan bog‘langandir. Tovushlarning bir necha guruxi: ovqatlanish paytida chiqariladigan tovushlar, mo‗ljal olish va mudofaa qilish, tajovuz solish tovushlari, jinsiy funktsiyalarning namoyon bo‗lishi bilan bogliq tovushlar va hokazolar ma‘lumdir. Bitta to‗dadagi xayvonlar bir-birining tovush reaktsiyalariga qarab mo‗ljal olishadi. Tovush reaktsiyalari to‗daning vakillariga o‗z sheriklarining kanday xolatdaligi haqida qo‗shimcha axborot yetkazadi va shu yo‗sinda to‗daning ichida xatti-xarakatni yo‗naltirib turadi. Ochiqqan hayvonlar biron-bir narsani iste‘mol qilayotgan hayvonlarning ishtahali tovushi eshitilgan tomonga qarab siljishadi; sog‘lom va to‗q xayvonlar o‗z qabiladoshlarining o‗yini yoki mo‗ljal olishga-oid tovushlariga e‘tibor beradi va shu tarzda harakat qilish xatti-harakatini yo‗naltirish ehtiyojini qondiradi; urushayotgan maymunlarning ovozini eshitishi bilan serka maymun to‗dada tartib o‗rnatish uchun chopib keladi; xavf-xatar haqidagi vahimali signal butun to‗dani bezovtalantirib qo‗yadi. Hayvonlarning «tili» da faqat bitta narsa yetishmaydi —xayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o‗laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo‗lib xizmat qila olmaydi. SHuning uchun ham biron bir alohida buyuk jonzot vakili o‗zining individual tajribasida anchagina oson ovkat topishning bir kator usullarini topdi deb taxmin kilganimizda ham, u o‗z tajribasini hayvonlar ihtiyoridagi «til» da mavjud bo‗lgan vositalar bilan (xatto unda shunday ehtiyoj paydo bo‗lgan taqdirda xam) ifodalashga qodir emas. Fe‘l-atvor o‗zidan-o‗zi sodir bo‗lmaydi. U genetik, motivatsion kun va tunni, fiziologik holatlarni ta‘siriga boshqa ta‘sirlarga ham bog‘liq. Bu bog‘liqliklarni o‗rganish hayvonlarda fe‘l-atvorni tushuntirishga olib keladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling