Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon quyishdagi asoratlar, ularning profilaktikasi va davolash.
Qon guruhini aniqlash
Klinik amaliyotda qon guruhlari monoklonal antitanalar yordamida aniqlanadi. Bunda tekshiriluvchining eritrositlari tarelka yoki oq plastinkada bir tomchi standart monoklonal antitanalar (anti-A va anti-B soliklonlar) bilan aralashtiriladi, agglyutinatsiya sezilmas bo’lsa va IV(AB) qon guruhi hollarida nazorat qilish uchun bir tomchi izotonik eritma qo’shiladi. Eritrositlar va soliklonlar nisbati : ~0,1 soliklonar va ~0,01 eritrositlar. Reaktsiya uch daqiqadan keyin baholanadi. Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat anti-A soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon A (II) guruhga tegishli; Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat B soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon B (III) guruhga tegishli; Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi anti-A va anti-B-soliklonlar bilan sodir bo’lmasa, tekshiriladigan qon 0 (I) guruhiga tegishli bo’ladi; Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi ham anti-A, ham anti-B-qarshi soliklonlar bilan sodir bo’lgan bo’lsa va u izotonik eritma bo’lgan tekshiruv tomchisida bo’lmasa, unda tekshirilayotgan qon AB (IV) guruhiga tegishli. Qon quyishdagi asoratlar, ularning profilaktikasi va davolash. Qon quyishda reaksiya va asoratlar rivojlanishi mumkin. Posttransfuzion reaksiyalar: pirogen(40%), allergik (45%), anafilaktik(15%). Klinik kechishning og'irligi bo'y icha 3 darajasi farqlanadi: yengil reaksiya temperatura 1°C atrofida ko'tariladi, muskullarda og‘riqbosh o g ‘rig‘i, lanjlik; o 'rtacha reaksiya - temperatura 1,5-2"C ko'tariladi, iztirob, puls tezlashishi, nafas tezlashishi; og‘ir reaksiya temperatura 2°C dan ortiq ko'tariladi,iztirobli titrash, lablar sianozi, qayt qilish, kuchli bosh og'rig'i,bel suyaklarida og‘riq, hansirash va b. kuzatiladi. Davol sh: yurakqon tomir, sedativ vositalar,desensibilizatsion terapiya(novokain, kalsiy xlor, dimedrol, kortikosteroidlar). Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling