Mavzularni takrorlash
Sana: «___» _____________ 201__ y
Download 1.24 Mb.
|
@yosh ustozlar algebra 8 sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik
- 3. Yangi mavzuni yoritish: Tengsizliklar sistemalarini yechish
- 6. Uyga vazifa ________________________ Sana: «___» _____________ 201__ y. Mavzu: SONNING MODULI. MODUL QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR
- Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism
- 3. Yangi mavzuni yoritish: Sonning moduli. Modul qatnashgan soda tenglama va tengsizliklar
- 5. Darsga yakun yasash va baholash
- 6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y. Mavzu: TENGSIZLIKLAR SISTEMALARINI YECHISH Darsning maqsadi: Tengsizliklar sistemalarini yechishni o’rganish, mavzuni mustahkamlash. Darsning ko’rgazmali qurollari: darslik, o’quv qo’llanma, plakatlar, tarqatma materiallar. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish; 3. Yangi mavzuni yoritish: Tengsizliklar sistemalarini yechish Tengsizliklar sistemalarini yechishga doir misollar qaraymiz. 1- m a s a 1 a. Tengsizliklar sistemasini yeching:
Birinchi tengsizlikni yechamiz: Shunday qilib, birinchi tengsizlik x > 2 bo'lganda bajariladi. Ikkinchi tengsizlikni yechamiz: Shunday qilib, (1) sistemaning ikkinchi tengsizligi x >-3 bo'lganda bajariladi. Son o'qida (1) sistemaning birinchi va ikkinchi tengsizliklarining yechimlari to'plamlarini tasvirlaymiz. Birinchi tengsizlikning yechimlari x > 2 nurning barcha nuqtalari, ikkinchi tengsizlikning yechimlari x >-3 nurning barcha nuqtalari bo'ladi (37- rasm).
2- m a s a 1 a. Tengsizliklar sistemasini yeching: (2) Birinchi tengsizlikni yechamiz: (2) sistemaning ikkinchi tengsizligini yechamiz: Son o'qida (2) sistemaning birinchi va ikkinchi tengsizliklarining yechimlari to'plamlarini tasvirlaymiz. Birinchi tengsizlikning yechimlari x ≤ 7 nur, ikkinchi tengsizlikning yechimlari x ≥ 4 nur bo'ladi (38-rasm). Rasmdan ko'rinib turibdiki, bu nurlarning umumiy nuqtalari to'plami [4; 7] kesma bo'ladi. Javob. 4≤x≤7. 5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash; 6. Uyga vazifa ________________________ Sana: «___» _____________ 201__ y. Mavzu: SONNING MODULI. MODUL QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR Darsning maqsadi: Sonning moduli. Modul qatnashgan soda tenglama va tengsizliklarni o’rganish, mavzuni mustahkamlash. Darsning ko’rgazmali qurollari: darslik, o’quv qo’llanma, plakatlar, tarqatma materiallar. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish; 3. Yangi mavzuni yoritish: Sonning moduli. Modul qatnashgan soda tenglama va tengsizliklar Sonning moduli. Musbat sonning moduli shu sonning o’ziga teng. Manfiy sonning moduli unga qarama-qarshi songa teng. Nolning moduli nolga teng: |0| = 0. Shunday qilib, son modulining ta’rifi quyidagicha bo’ladi : |a| = a, agar a≥0 bo’lsa; |a| = -a, agar a<0 bo’lsa. Son modulining geometrik ma 'nosini qaraymiz- Son o'qida, masalan, 3 va —2 nuqtalarni tasvirlaymiz (41- rasm). Rasmdan ko'rinib turibdiki, |3| = 3 — bu 0 nuqtadan 3 nuqtagacha bo'lgan masofa, |-2| = 2 — bu 0 nuqtadan -2 nuqtagacha bo'lgan masofa. Shunday qilib, |a| geometrik nuqtayi nazardan 0 nuqtadan a sonni tasvirlovchi nuqtagacha bo'lgan masofadir. 2. Noma'lum modul belgisi ostida qatnashgan tenglamalar. 1 - m a s a 1 a. Tenglamani yeching: | x| = 7. 1) x > 0 bo'lsin. U holda modulning ta'rifiga ko'ra | x | = x va tenglama bunday ko'rinishni oladi: x=7, ya'ni x = 7 — berilgan tenglamaning ildizi; 2) x < 0 bo'lsin. U holda modulning ta'rifiga ko'ra | x | = -x va tenglama bunday ko'rinishni oladi: – x= 7, bundan x = – 7 — berilgan tenglamaning ildizi. J a v o b . x1 = 7, x2 =-7. ▲ Tenglamani yeching (205-208): 205. 1) 2) 3) 4) 206. 1) 2) 3) 4)
Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling