Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning konseptual xilma–xilligi
Download 366.67 Kb.
|
dissertatsiya 2.docx last version
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxisemalar
- Integral semalar
- O‘simlik nomi
3.2 Ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning konseptual xilma–xilligi
Qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatini ochib berishda ularni til va ong bog’liqligini o‘rganishda kognitiv modellar muhim rol o‘ynaydi. Ularni bunday tahlil qilishimizda semantik ma’no katta ahamiyatga egadir. Semantik jihatdan qo‘shma so‘zlar ma’noviy komponentlardan iborat bo‘lib, bu komponentlar uchta guruhga kiradi: 1) arxisemalar; 2) integral semalar (umulashtiruvchi); 3) differensial semalar (farq qiluvchi). Arxisemalar – qo‘shma so‘zlarni u yoki bu semantik guruhlarga birlashishini ta’minlaydi. Masalan, yuqoridagi kognitiv modellarimizdan paydo bo‘lgan guruhlar birlashishidan yuzaga kelgan o‘simlik nomi, tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘z va qushlar nomlari kabi arxisemalar shular jumlasidandir. Integral semalar arxisemalar tarkibidagi umumlashtiruvchi xarakterga ega u yoki bu turlardir. Masalan, o‘simlik nomi arxisemasi gul, daraxt, o‘t, bo‘ta va boshqa integral semalar tashkil etadi. Differensial semalar – yuqorida paydo bo‘lgan qo‘shma so‘zni ma’no jihatidan farqlash uchun xizmat qiladigan semalardir. Masalan, o‘zbek tilidagi ayiqtovon o‘simligi –gemisiklar oilasiga mansub gul integral semasiga kiruvchi differensial sema hisoblansa, ingliz tilidagi redwood– o‘simligi aynan daraxt integral semasiga kiradi. 40 Ingliz va o‘zbek tillaridagi kognitiv tahlil natijasida aniqlangan kognitiv modellarni o‘rganish natijasida, ushbu modellar yordamida qaysi semantik guruhga Xos qo‘shma so‘zlar yasalishini aniqladik. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma so‘zlar asosan quyidagi arxisemalarni tashkil etadi: 1. O‘simlik nomi – (ho‘kiz tili, bo‘ta ko‘z), (tiger’s jaw, dragonhead); 2. Tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘z – (echki soqol, qorako‘z), (goat–forehead, sheep–eyed); 3. Qushlar nomi – (Ilon burgut, tuya qaldirg’och), (blue–winged Kookaburra, grey– head Albatross; 4. Kasb nomi –(otboqar, molboqar), (frogman, fisherman); 5. Xarakterni ifodalovchi so‘z – (sofko‘ngil, darveshtabiat), (free–handed, heart–whole); 6. Joy nomi – (Toshqo‘rg’on, Oqtepa), (Newcastle, Three oaks). Qiyoslanayotgan har ikki tillarda yuqorida ko‘rsatilgan arxisemalardan eng produktivlariga o‘simlik nomi, tashqi ko‘rinishni ifodalovchi so‘zlar va qushlar nomi kirganligi sababli, ushbu arxisemalarni tahliliga batafsil to‘xtalamiz. Ushbu model yaratilishiga eng birinchi sabab bu ong hisoblanadi va uni tilshunoslikda bog’liqligini o‘rganayotgan hodisa bu kognitiv modeldir. Chunki bunday modellardan va ularning qaysi konsept kognitiv asos bo‘la olishini kognitiv tilshunoslik o‘rganadi. O‘simlik nomi – bunday turkumga kiruvchi qo‘shma so‘zlar kognitiv modelining ba’zilari ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lsa, ba’zilari faqat bitta tilda mavjud hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tilida o‘simlik nomi kognitiv modeliga quyidagilar kirdi: 1. Hayvon+tana qismi= o‘simlik nomi 2. Ekin+dala//ekinzor=o‘simlik nomi. 3. Hayvon+yeydigan narsa=o‘simlik nomi 4. Tana qismi+o‘simlik=o‘simlik nomi 5. Son+tana qismi=o‘simlik nomi 6. Rang+narsa=o‘simlik nomi Ushbu kognitiv modellari integral semalar hisoblanadi. Chunki aynan ularning umumlashmasidan o‘simlik nomi arxisemasi paydo bo‘ldi. Ingliz tilida ularning holatini quyidagi sxemada ko‘rsak (qarang: chizma 3.7): Download 366.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling