Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet14/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Kompot tayyorlash
Kompotlar yangi, quritilgan, konservalangan meva va rezavorlardan alohida yoki ularni aralashtirib tayyorlanadi. Meva va rezavorlar avval saralanib, yuviladi. Kompot tayyorlash texnologiyasi meva va rezavorlarni tayyorlash, sharbat tayyorlash va ularni qo'shish jarayonlaridan iborat.
Yangi meva rezavorlar kompoti. Ishlovdan o'tgan olma, nok, behi po'sti tozalanib, palladia shaklida kesilib, urug'i va urug' o'zaklari ajratiladi. Agar suyuqlik qaynaguncha saqlash lozim bo'lsa kislotali suvda saqlanishi kerak, chunki ochiq havoda saqlansa qorayib qolishi mumkin. Qora rang mahsulot tarkibidagi dubil moddalarning oksidlanishi oqibatida hosil boiadi. Meva po'sti tozalanmasligi ham mumkin. Mandarin, apelsinlar po'sti tozalanib, yupqa qobiq ostidagi ipsimon oq po'stidan ajratilib, o'z izi bo'yicha pallachalarga ajratiladi. O'rik, shaftoli, olxo'ri ikkiga bo'linib, danagi ajratilib, palladia shaklida kesiladi. Yuvilgan rezavor mevalarning bandlari ajratiladi. Sharbat tayyorlash uchun qaynab turgan suvga shakar va limon ishqori solib aralashtirib qaynash darajasiga ko'tariladi, lozim bo'lsa sovitiladi. Ba'zi hollarda sharbatlar olcha yoki qoraqat ekstrakti bilan bo'yaladi ham. Sharbatni meva yoki rezavor qaynatilgan suvda tayyorlash ham mumkin. Agar tayyorlanadigan meva yoki rezavorlarning nordonlik darajasi past bo'lsa, biroz limon ishqori qo'shiladi.
Yangi meva va rezavorlar tez pishib, ezilib ketib, O'z shaklini yo'qotish xususiyatiga ega bo'ladi. Buning sababi ularning to'qimalarini tashkil qiluvchi protopektinning suv va issiqlik ta'sirida gidrolizga uchrab, tez pektinga aylanib, suyuqlikka o'tish xususiyatiga ega bo'lishi, pektinning turg'unlik holati pastligidir.Natijada mahsulot tez yumshab, o'z tarkibidagi darmondorilarini ham yo'qotadi. Shu sababdan kompot tayyorlashda hamma meva va rezavorlarning qaynatilishi shart emas.
Apelsin, mandarin, maymunjon, tarvuz, yertut, qovun, ananas, qoraqatlar qaynatilmaydi. Tayyorlangan mahsulot stakan yoki kremankaga solinib, ustidan qaynoq sharbat quyilib, sovitib tayyorlanadi. Tez pishuvchi olma turlari (antonovka va boshqalar), yumshoq yetilib pishgan nok, shaftoli, o'rik, olxo'rilar ishlovdan o'tkazilib qaynab turgan sharbatga solinadi, plitadan olinib, qopqoq yopilib, uy haroratigacha sovitilgach, stakanlarga solib tarqatiladi.
Qattiq olma, nok, behi qaynab turgan sharbatga solinib 5—7 minut (terili behi 15—20 minut qaynatiladi) va sovitib, porsiyalanib tarqatiladi.
Kompotlarning xushxo'rligini oshirish uchun mayda to'g'ralgan sitrus mevalaridan biroz qo'shilishi ham mumkin. Kompotlar sovuq holda 200 g hisobida porsiyalanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling