Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet11/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Sutdan tayyorlanadigan jele. Jelatin bo'ktiriladi, qaynatib pishirilgan sutga shakar bo'ktirilgan jelatin qo'shib eritiladi va vanilin qo'shib qaynatiladi. So'ngra jele asta-sekin sovitiladi, elakdasuzilib, sovitilgan qolipgaquyiladi vamuzxonada qotiriladi.Tarqatishdaqolipdan likopchagasolib beriladi.
Ko'p qavatli (rangli) jele. har xil mevalardan, sutdan, kofe yoki shokoladlar-dan alohida-alohidajele tayyorlanib,uy haroratigachasovitiladi.Qolipyoki patnisga bir turdagi jele quyib, muzxonada qotgandan so'ng boshqa turdagi jele uning ustiga quyilib qotiriladi, shu usulda bir necha qavatli jele hosil qilinadi.
Muss tayyorlash. Muss jeledan farqli o'laroq ko'pirtirilib, g'ovaksimon qilib tayyorlanadi. Qolgan tayyorlanish usuli jelega o'xshash bo'ladi. 1 kg muss olish uchun 27 g jelatin ishlatiladi. Tarqatishda muss ustidan rezavor-mevaning shakarli sharbati quyib beriladi.
Klyukva mussi. Jelatin suvda bo'ktiriladi. Klyukva saralanib, yuviladi, suyuqligi silqitilib, sharbati siqib ajratiladi va sovitkichda saqlanadi. Turpiga suv qo'shib, bir qaynatib olinib, suyuqligi suzib olinadi, shakar va tayyorlangan jelatin bilan aralashtirib, yana bir bor qaynatiladi. Sof klyukva sharbati solib aralashtirilgach, uy haroratigacha sovutilib, sirlangan idishda chilcho'p yordamida yoki ko'pirtiruvchi mashinada turg'un g'ovaklik hosil bo'lguncha ko'pirtiriladi. Bunda muss hajmi 4—5 barobar ko'payadi. Ko'pirtirish sovuq xonalarda amalga oshiriladi, mussning ozroq miqdori idishi bilan sovuq suv yoki muz ustida ko'pirtirilsa, uning turg'unlik darajasi yuqori bo'ladi. Ko'pirtirilgan muss tez sovitilgan qolip yoki likopchaga solinib, qotirish uchun muzxonaga qo'yiladi. Qotirish jarayoni 1—1,5 soat davom etadi. Ko'pirtirish jarayonida muss qoliplarga solingunga qadar qotib qolmasligini kuzatib turish lozim.
Qotirilgan muss qolipdan xuddi jelega o'xshash bo'shatiladi. Agar muss qayiq sifat patnisda qotirilgan bo'lsa, arra pichoq bilan to'rtburchak shaklida kesib porsiyalanadi. Tarqatishda muss kremanka yoki taqsimchaga solinib, ustidan shirin klyukva sharbati quyib beriladi. Shirin klyukva sharbatini tayyorlash uchun qaynab turgan suvga shaker solib 5 minut qaynatib, biroz ezilgan klyukva qo'shib aralashtiriladi va sovitiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling