Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet9/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Jele tayyorlash. Jelelar meva-rezavor qaynatilgan suvidan, sharbat ekstraktidan, essensiyasidan, murabbosidan hamda sutdan tayyorlanadi; « jelesidan tashqari hamma jelelar tiniq ilvira ko'rinishiga ega, shakli quyib tayyorlangan qoliplarga xos, qattiq-yumshoqligi ularga qo'shilgan jele mansuiot - dengiz o'simliklarining sharbatidan tayyorlanadigan jelatin, agaroid, fursellaranlar miqdoriga va sovitilgan haroratiga bog'liq bo'ladi. Sharbatlar ekstrakt ko'rinishiga keltirilib, maxsus ishlovdan o'tkazilib rangi tiniqlashtiriladi, quritiladi va maydalanadi. Ular un ko'rinishida, donador yoki pag'a-pag'a holda, yupqa bo'laklar yoki plastinka ko'rinishida bo'ladi.
Jelatin ozuqaviy mahsulot bo'lib, u hayvonning birlashtiruvchi to'qimasi, suyagi, terisini qaynatish orqali hosil qilinib, maxsus ishlov berib tiniqlashtiriladi, quritib, maydalanadi. Quruq holda jelatin 16% gacha namli bo'lib, donador yoki plastinka shaklida bo'ladi.
Jelatin, agaroid, fursellaranlarni ishlatishdan awal saralanib, sovuq suvda vazniga nisbatan 8—10 barobar ko'p suyuqlikda 1—1,5 soat bo'ktirilishi kerak, bunda jelatin hajmi 6—8 barobarga oshadi.
Jele tayyorlashning texnologik jarayoni: jeleli mahsulotlarga ishlov berish; shakarli sharbat tayyorlash; tayyor jeleli mahsulotga sharbat qo'shish, jeleni 20°C gachasovitish; qoliplargaquyish; 2—8°C gachaharoratli joydasovitish; tarqatishga tayyorlashdan iborat.
Meva-rezavorlarga ham kiselga tayyorlangan sharbat singari sharbat tayyorlanadi. Mevalardan olingan sof sharbatlar bo'ktirilgan jelatin eritilgandan so'ng qo'shiladi.
Tayyor jele sovitilgan porsiyali yoki bir necha porsiyali qoliplargasolinib, 2—8°C li sovuq xonalarda yoki sovitkichlarda 1—1,5 soat davomida qotguncha ushlanadi. Tayyor jele chetlari arrasimon shaklda kesib porsiyalangan holda yoki porsiyali qoliplardan bo'shatib tarqatiladi. Porsiyali qolipdan bo'shatish uchun mahsuloti bilan qaynab turgan suvga2—3 sekund botirib olinib, qolip cheti, osti artilib taqsimchaga ag'darilib formasidan ajratiladi. So'ng 100—150 g dan qilib tarqatiladi. Tayyor jelelar muzxonalarda 12 soat saqlanishi mumkin. Undan ortiq muddatda saqlansa, u zichlashib yumshaydi va o'zidan suyuqlik chiqarib, sifati buziladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling