Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet5/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Olmali sharlotka. Nonga ishlov berish, shakl berish, yopish qiyma tayyorlash jarayonidir. Olma yuvilib, artilib, po'sti, urug'i va o'zagi tozalanib, yupqa tilim-tilim shaklida kesiladi, shakar bilan aralashtirilib, sovitkichda saqlanadi.
Suvi qochgan oq bo'lka non qobig'i tozalanib, qalinligi 0,5 sm qilib to'g'ri burchak shaklida kesiladi. Nonning yarmi mayda kubik shaklida to'g'ralib, qovurish shkafida qotiriladi va olma qiymasi bilan aralashtiriladi, bunga biroz dolchin ham qo'shish mumkin. Sut, xom tuxum, shakar yordamida shirin lezon tayyorlanadi. Qirqilgan non bir yoqlama lezonga biroz bo'ktiriladi. Yog' surtilgan protiven yoki porsiyali tovaga non lezonga bo'ktirilgan tomoni bilan qo'yilib, ustiga tayyorlangan olma qiymasi va uning ustidan lezonli nonning bo'ktirilgan tomoni tepaga qilib qo'yiladi, agar lezondan ortib qolsa ustidan quyilib, 180—200°C haroratli qovurish shkafiga qo'yib, sariq yoki qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Iste'molga tayyor sharlotka 10 minut sovitilib, qolipdan ehtiyotlik bilan olinib bo'laklarga bo'linadi va taqsimchaga bir bo'lakdan qo'yib, bir chetiga o'rik shirin sardagi quyib beriladi.
Murabboli blinchik. Blinchik xamirturish qo'shilmagan suyuq xamirdan tayyorlanadi. Qovurilgan taomga murabbo quyilib, konvert usulida buklanib, sariyog'da ikki yoqlama qobiq hosil qilib asosiy usulda qovuriladi. Tarqatishda taqsimchaga 2 donadan qo'yilib, ustidan shakar uni (pudrasi) sepiladi. Xuddi shu usulda olma qiymasi bilan ham blinchik tayyorlash mumkin. Agar blinchik xamiri ikki yoqlama qovurilgan holda tayyorlangan bo'lsa, blinchik to'rt qavat qilib buklanib, 2—3 donadan likopchaga solinib, ustidan murabbo quyib beriladi.
Guruchli puding. Saralab tozalangan guruch va uzum yuviladi. Tuxum oqi sarig'idan ajratib olinadi. Sut-suv aralashmasida ilashimli guruch bo'tqasi tayyorlanib 60°C gacha sovitiladi. Tuxum sarig'i shakar bilan ezib aralashtiriladi va yuvilgan mayiz, vanilin solib yaxshilab aralashtiriladi. Tuxum oqi asta-sekin ko'pirtirilib aralashmagaqo'shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Qolip yoki tovaga yog' surtib non urvog'i sepiladi va yuqorida tayyorlangan aralashma ularga quyiladi. Idishning 3/4 qismigacha aralashma solinadi. Buning sababi issiq ishlov ta'sirida pudingning hajmi kattalashadi. Ustiga smetana yoki sariyog' surtib qovurish shkafida awal 250°C, so'ng asta-sekin sovitib 200°C darajada qizg'ish qobiq hosil qilib yopiladi. Puding asta-sekin ko'tarila boshlagach, 25—30 minut davomida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tayyor puding usti qizg'ish qobiqqa ega bo'ladi. Uni 5—10 minut idish chetidan oson ko'chadigan holgakelgunchasovitiladi vaqolipdan bo'shatib yoki porsiyaga taqsimlab, likopchaga qo'yib, ustidan o'rik yoki rezavor-meva sardagi yoki murabbo qo'shib beriladi.
Guruch pudingini suv-bug' hammomida ham pishirib tayyorlash mumkin. Buning uchun donador guruch bo'tqasi ishlatiladi.
Guruch 48 g, sut 75 g, suv 80 g, shakar 15 g, tuxum 1/2 dona, sariyog' 10 g, kishmish 10,5 g, urvoq 5 g, smetana 5 g, vanilin 0,01 g, sardak 50 g yoki murabbo 30 g. Sof og'irligi 250, 230 g.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling