Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki


Download 0.62 Mb.
bet3/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki:
« Shirin taomlar tayyorlash» mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mehhat ta’limi o’qituvchilari, hamda kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o’quv ustalari, amaliyotchi talabalar va shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi:
- Shirin taomlar , issiq, jeleli shirin taomlar va issiq ichimliklar, shirin taomiar sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlarini o’rgatish tadqiqini o’tkazish va mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlari jarayonida qo’llash ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berildi;
- mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning mazmuni, shakli va vositalari aniqlandi;
- mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy tavsiyalar yaratildi.


BMIning ilmiy-amaliy ahamiyati : shundan iboratki, tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar mehnat ta’limi fani o‘qituvchilariga, kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o‘quv ustalari va amaliyotchi talabalarga uslubiy yordam beradi.
Ishning tuzilishi va hajmi:
BMI Kirish, 3 bob, xulosa, foydalailgan adabiyotlar ro‘yxati, 3 ta rasm, ilovadan va 10799 so‘zdan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 60 – sahifadan iborat.


I-Bob. Shirin taomlar tayyorlash

    1. Shirin taomlar haqida ma’lumot

Tarkibi turli mahsulotlardan iborat bo'lgan shirin taomlarni tayyorlashda shakar o'ziga xos o'rin tutadi. Taomga shakar qo'shilishi tufayli u xushxo'r shirin mazaga ega bo'ladi. Shirin taomlar tushlik ovqatdan so'ng desert sifatida beriladi, shu sababdan ularni desert yoki uchinchi taom deb ham yuritiladi. Biroq bu taomlar kunlik iste'molda ertalabki, kechki ovqat vaqtida ham berilishi mumkin.
Shirin taomlarni tayyorlashda yangi, quritilgan, konservalangan, rezavor meva shirin sharbatlari, sof sharbatlar, ekstratlar, turli mineral mahsulotlar, ozuqaviy kislotalar, darmondorilar ishlatiladi. Bazi taomlarni tayyorlashda qaymoq, smetana, tuxum, yog', yorma, vanilin, qo'shimcha oqsil, uglevod va boshqa katta quwat manbayiga ega mahsulotlar qo'shiladi.
Shirin taomlar xushxo'rligini oshirish va sifatini yaxshilashda ular tarkibiga kiruvchi kishmish, yong'oq, какао, vanilin, limon ishqori, jele mahsulotlari yordam beradi.
Shirin taomlar haroratiga nisbatan olinib, sovuq taomlarga (10—14°C) va issiq taomlarga (55°C) bo'linadi. Biroq ba'zi taomlar issiq holda ham, sovuq holda ham tarqatiladi. Sovuq shirin taomlarga: yangi rezavor mevalar sof holdagisi yoki yangi muzlatiigani, yangi quritilgan, konservalangan meva, rezavor kompotlari, jeleli shirin taomlar; muzlatilgan shirin taomlar (muzqaymoq, plombir, parfe) va boshqalar kiradi. Ularning tarqatilishdaygi harorati 4—6°C dan past bo'lmasligi lozim.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida shirin taomlar sovuq sexlarning maxsus ajratilgan xonalarida tayyorlanadi. Bu xonalar zarur stol, sovitkich asbob-anjomlar bilan jihozlangan bo'ladi. Shirin taomlar uchun ishlatiladigan mahsulotlar va tayyor taomlar boshqalardan alohida saqlanishi kerak, chunki ular chetki hidni O'zlariga tez singdirib olish xususiyatiga ega bo'ladi. Shirin taomlarni tayyorlashda ko'pirtiruvchi, sharbatini siquvchi, ezuvchi, qiymalovchi universal anjomlar bilan jihozlangan mashinalardan hamda maxsus asbob-anjomlar — qozon, kastryulka, chuqur tova, elak, yog'och, kapkir, chilcho'plar, qoliplardan foydalaniladi.
Mahsulotlarga mexanik birlamchi ishlov berish sabzavot sexlarida, issiq ishlov berish issiq sexlarda amalga oshiriladi.
Sovuq shirin taomlarni tarqatishda stakan, kremanka, likopcha, chuqur laganchalardan foydalaniladi.
Issiq shirin taomlar shisha yoki mibdor likopchalar, laganchalar, porsiyali tovalarda tarqatiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling