Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet12/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Olma mussi (manna yormasi bilan). Olma yuvilib, palladia shaklida kesilib, urug'I o'zagidan tozalanadi. Qaynab turgan suvga tayyorlangan olma solib pishiriladi. Suyuqligi suzib olinib, olma eziladi va suyuqligi bilan aralashtiriladi, shakar, ta'mga ko'ra limon ishqori qo'shilib qaynatiladi va naycha usulda elangan manna yormasi solinib pishiriladi. Tayyor mahsulot 30°C gacha sovitilib, sovuq suv yoki muz ustida chilcho'p yoki ko'pirtiruvchi mashina yordamida g'ovak holga kelguncha ko'pirtiriladi. So'ng qolip yok i vazaga solib, 1—1,5 soat davomida sovitkichda sovitiladi. Tarqatishda ustidan olma shirin sharbati quyib beriladi.
Sambuk tayyorlash. Sambuklar xuddi musslarga o'xshash meva pyurelaridan tayyorlanib, ko'pirtirish jarayonida tuxum oqi qo'shiladi, Tuxum uning g'ovakli bo'lishini ta'minlaydi. 1 kg sambuk tayyorlash uchun 15 g jelatin ishlatiladi.
O'rik sambuki. Jelatin bo'ktiriladi. Yangi o'rik danagi ajratilib, ozgina suv quyib yumshaguncha qaynatiladi, suyuqligi ajratilib, mevasi eziladi. Quritilgan o'rik saralab yuvilgach, bo'ktiriladi, danagi bo'lsa ajratib, o'z suyuqligida yumshaguncha pishiriladi. So'ng suyuqligi suzib olinib, mevasi eziladi. Tayyorlangan pyure suyuqlik uy harorati darajasida sovutilib, xom tuxum oqi, ta'mga ko'ra limon ishqori, shakar solinib, sovuq suv yoki muz ustida chilcho'p yoki ko'pirtiruvchi mashinada hajmi 2—3 barobar ko'payguncha ko'pirtiriladi va bo'ktirib eritib suyuq holga keltirilgach, sovitilgan jelatindan naycha usulida qo'shilgan holda ko'pirtirish davom ettiriladi. Ko'pirtirilgan sambuk qolip yoki likopchaga solinib, sovitkichda qotiriladi. Bo'ktirilgan jelatinni sambuk uchun tayyorlashda o'zi bo'ktirilgan suvida aralashtirilgan holda eritib qaynatilgach, plitadan olib, uy harorati darajasigacha sovitilishi kerak. Tarqatishda likopchaga bo'shatilgan holda ustidan o'rik shirin sardagi (20 g) quyib beriladi.
Krem tayyorlash. Krem — ko'pirtirilgan yog'lik darajasi 35% li qaymoq, smetana va shirin sut-tuxum aralashmali mahsulotlardan tayyorlanadi. Jelatin jelelashtiruvchi mahsulot hisoblanadi. 1 kg krem olish uchun 20 g jelatin ishlatiladi. Qo'shimcha mahsulotlar qo'shilishiga qarab kremlar vanilinli, shokoladli, kofeli, yong'oqli, rezavor-mevali turlarga bo'linadi.
Smetanadan tayyorlangan vanilinli krem. Jelatin bo'ktiriladi. Yog'lilik darajasi 35% bo'lgan smetana 2—3°C darajagacha sovitiladi, sut pishirib qaynatiladi. Tuxum oqi shakar va sut bilan aralashtirilib 70—80°C li suv-bug' hammomida aralashtirilgan holda biroz quyuqlashguncha ushlangandan so'ng tayyorlangan jelatin ta'mga qarab vanilin qo'shib aralashtiriladi va sovitilgan smetanaqa, oz-ozdan naycha usulida qo'shilib ko'pirtiriladi. Tayyor krem sovitilgan qolipga quyilib sovitiladi. Tarqatishda formadan taqsimchaga xuddi jelelarga o'xshash bo'shatilib, ustidan o'rik, qulupnay, malina yoki olcha sardaklari (30 g hisobida) quyib, porsiyasiga 100 g hisobida krem bilan beriladi.

Shirin taomlar va issiq ichimliklar



Ovqatlanish ratsioni odatda shirin taomlar bilan tugallanadi. Ular retsepturasi tarkibida qaymoq, tuxum, sut, qand, yorma, un, xо‘l meva va rezavor mevalar, ta’m beruvchi moddalar kiradi. Bunday mahsulotlar tayyor taomning kalloriyasini oshiradi.
Kо‘pgina shirin taomlar jeleli moddalar yordamida tayyorlanadi, shuning uchun ular dildirdoq konsistensiyaga ega.
Shirin taomlar ikki asosiy guruhga bо‘linadi:
1) Issiq
2) Sovuq.
Sovuq taomlar o’z navbatida: yangi uzilgan va qaynatilgan sabzavot va rezavor mevali taomlar; jelelangan va muzlatilgan shirin taomlarga bо‘linadi. Issiq shirin taomlarga puding, sufle va boshqa mahsulotlar kiradi.
Shirin taomlar tarkibiga kiruvchi mahsulotlarga oldindan qayta ishlov beriladi.
Shakar. Har xil sharbatlar olish uchun shakar suvda qaynatib, mevali qaynatma va sharbatlar bilan aralashtiriladi. Yuzida hosil bо‘lgan kо‘pik olib tashlanadi.
Rezavor mevalar. Umumiy ovqatlanish korxonalarida rezavor mevalar yangi uzilgan va konservalangan holda qabul qilinadi (quruq, muzlatilgan, sterillangan).
Rezavor mevalar ajratiladi, tozalanadi va (malinadan tashqari) yuviladi.
Nok, olma, behilarni tozalashda pо‘stidan tashqari urug‘i va о‘zagi olib tashlanadi. Tozalangan va maydalangan olma, nok, behilar issiqlik ishlovi berishdan oldin nordon suvda (qoraymasligi uchun) saqlanadi.
Donakli mevalar kо‘rinishiga qarab navlarga ajratiladi va iliq suvda yuviladi. Tez muzlatilgan tabiiy (shakarsiz) mevalar kardon qog‘ozidan ajratilib 10-15 minut davomida muzdan tushiriladi, sо‘ng yuviladi va keyingi muzdan tushirish uchun uy haroratida, о‘ziga xos idishlarga solinadi. Agar eritilgan mevala tez ishlatilmasa ularga sharbat qо‘yib sovuq joyda saqlanadi.
Ayrim taomlarni tayyorlash uchun mevalar archiladi. Buning uchun olma, nok pishiriladi yoki qaynatiladi, nok ham qaynatiladi, danakli mevalar (gilosdan tashqari) sharbat bilan aralashtiriladi va sovuq joyda saqlanadi.
Dastlabki ishlov berilgan oziq-ovqat chiqindisi kisel, mevali sharbat va sardak uchun ishlatiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling