Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Shirin taomiar sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari


Download 0.62 Mb.
bet17/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

1.3.Shirin taomiar sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari
Shirin taomlarning sifati ularning tashqi ko'rinishi, mazasi, hidi va quyuq-suyukligi bilan aniqlanadi. Ular tashqi hid, mazadan xoli, yetarli miqdorda shakar solingan bo'lishi, quyuq-suyuqligi me'yorida lozim.
Rezavor-mevalarni sof holda tarqatish zarur bo'lsa, ulardan tupida yetilib pishgani, sifatlisi, yaxshi yuvilganlari ishlatiladi.
Xamirda qovurilgan olma usti bir xil yupqalikda qovurilgan qobiq bilan qoplangan bo'ladi. Kuygan joylar i bo'lmasligi, kesilganda xamiri g'ovak ko'rinishda, olmasi yumshoq, oq rangda mazasi shirin bo'lishi kerak. Tarqatishda qog'oz sochiq yoyilgan taqsimchaga tayyorlangan olma terilib, ustidan qand uni sepib beriladi. Yangi rezavor mevalar yuvib, quritib artilgan holda idishlarga terib, sovitkichda 0 dan 6°C gacha bo'lgan sharoitda saqlanadi. Sovuq shirin taomlar (kompot, jele va boshqalar) sovuqxonalarda yoki sovitkichlarda 0 dan 14°C gacha haroratda bir sutka davomida saqlanadi. Ular sirlangan idishlarda saqlanishi lozim. Issiq shirin taomlar (puding, zapekankalar) harorati 55—60°C li qovurish shkafi yoki suv-bug' marmitlarida saqlanadi.
Kompotlar tiniq, mevalarga xos rangda, mevalari ezilmagan yumshoq pishgan bo'lishi kerak. Stakanlarga solib tarqatilganligi stakantiing 1/4 qismi meva, qolgan qismini suyuqlik tashkil etishi lozim.
Kisellar tiniq, bir xil suyuqlikda, kraxmali yaxshi eri bo'lishi kerak. Kisellar mazasi shirin, yoqimli, rezavor m xos hid va mazaga ega bo'lishi kerak.
Jelelar dirildoq ko'rinishda, tiniq, ta'mi shirin, o'ziga xa rangda, shakli qolipiga xos bo'lishi kerak.
Muss mayda g'ovakli, nozik qotgan ko'pik holida, мм | och sariq yoki och pushti bo'lib, shakli qotirilgan qolipga xoft chetlari arra ko'rinishida bo'ladi.
Duxovkada yopib pishirilgan mevalar yumshoq pish o'ziga xos xushbo'y hidli, usti kuymagan bo'lishi kerak.
Tolqonning noni va shakari bir xil maydalikda, bir xl| aralashgan bo'lishi kerak. Tolqon shirini, nonning mazas zilib turishi kerak.
Holvaytar qizg'ish rangda, yumshoq, shirasi me'y bo'lishi, taxirlik, xomlik, kuygan mazasi bo'lmasligi kerak.
Nisholda bir tekis nozik, oppoq, maxsus yog'och kurnl cha botirilganda cho'zilib chiqadigan, tatib ko'rilganda krl tallashgan shakarning qumoq-qumoq bo'lganligi sezilib turishi kerak. Nisholda qiyomi idish tagida ajralib qolmagan bo'lishi kerak.
Murabbolar har bir turi o'ziga xos rangda, mevani ta'miga xos bo'lishi, qiyomi tiniq, yaltiroq bo'lishi kerak. Mevalari ezilib ketmagan, quyuq-suyuqligi me'yorida, qiyomida mevalar bir tekis tarqalgan bo'lishi, shakarlanib qolmagai bo'lishi kerak. Sovuq shirin taomiar zanglamaydigan idishga solinib, IIC darajali sovitgichlarda saqlanadi. Ularni qopqog'ini yopiq holda 24 soat saqlash mumkin. Issiq shirin taomiar dasturxonga tortilguncha 55—60° C li duxovka ichida yoki suvli marmitda saqlanadi. Holvaytar, nisholda sovitgichda idishning qopqog'i yopiq, tashqi hidlardan alohida joyda 1 sutka saqlanadi. Murabbolar pishgandan so'ng sterilizatsiyalangan shisha ilarga solinib, qopqog'i germetik yopilgan holda 1 yilgacha, qopqog'i germetik birkitilmagan holda bankalarda yoki qopqoqli idishda salqin joylarda 3 oygacha saqlanadi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling