Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet50/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Haroratning ta’siri. Reaksiya tezligining haroratga bog‘liq- ligi Vant-Goff qoidasi bilan aniqlanadi. Bu qoidaga muvofiq harorat har 10° ga ko‘tarilganda ko‘pchilik reaksiyalarning tezligi 2—4 marotaba ortadi. Bu bog‘liqlikni matematik usulda ushbu nisbat bilan ifodalash mumkin:
t2 t1
t2  t1 10 ,
bunda t1 , t2 tegishlicha boshlang‘ich (t1) va oxirgi (t2) haroratlarda reaksiya tezligi,  — reaksiya tezligining harorat
koeffitsiyenti,  reaksiyaga kirishuvchi moddalarning harorati
10 °C ko‘tarilganda reaksiyaning tezligi necha marta ortishini ko‘rsatadi.
Juda katta molekulalar, masalan, oqsil molekulalari qat- nashadigan biokimyoviy reaksiyalarda harorat koeffitsiyenti juda katta bo‘ladi. Masalan, tuxum albuminining denatu- ratsiyasida (tuxum pishirish paytida kechadigan jarayon) haroratni har 10°C ga oshirganda reaksiya tezligi 50 marta ortadi. A’zolarda haroratning ozgina o‘zgarishi biokimyoviy jarayonlarni keskin o‘zgartirib yuboradi.
Aktivlanish energiyasi. Harorat o‘zgarganida reaksiya tezligining tez o‘zgarishini aktivlanish nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyaga muvofiq, ushbu reaksiyani amalga oshirishga yetarli energiyasi bor aktiv molekulalar (zarracha- lar)gina kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Aktivmas zarrachalarga zaruriy qo‘shimcha energiya berish yo‘li bilan ularni aktiv zarrachalarga aylantirish mumkin — bu jarayon aktivlanish deyiladi. Aktivlanishning usullaridan biri haroratni oshirish, harorat ko‘tarilganda aktiv zarrachalar soni ko‘payadi, shu tufayli reaksiya tezligi ham keskin ortadi.
Reaksiyaga kirishadigan moddalar molekulalarini (zarra- chalarini) aktiv zarrachalarga aylantirish uchun ularga beri- lishi lozim bo‘lgan energiya aktivlanish energiyasi deyiladi.
Aktivlanish energiyasi reaksiyaga kirishayotgan moddalar- ning tabiatiga bog‘liq va har bir reaksiyaning xarakteristikasi hisoblanadi. Uning qiymati qanchalik kichik bo‘lsa, reaksiya- ning tezligi shuncha katta bo‘ladi va, aksincha. Bu energiya tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va Ea harfi bilan belgilanadi va
odatda, kJ/mol da ifodalanadi. Masalan, vodorod bilan
yodning birikishi uchun (H2 + I2 = 2HI) Ea = 167,4 kJ/mol energiya kerak.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling