Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Organik kimyoning tarixi. A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Empirik davr
- Tuzilish nazariyasi davri
Organik kimyoning tarixi. A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi.Izomeriya Molekulasi tarkibida uglerod atomi bo‘ladigan birikmalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko‘pincha vodorod, kislorod, azot, ba’zan oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar (alohida- alohida yoki turli xil kombinatsiyalarda) bo‘ladi. Organik kimyo — kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, uning mavzu bahsi uglerod birikmalarining kimyosidir: bu fan uglevodorodlarning tuzilishi, xossalari, olinish usul- lari, amalda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Anorganik va organik kimyo orasiga amalda keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Organik kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlarini to‘rtta davrga ajratish mumkin: Empirik davr — insonning organik moddalar bilan ilk bor tanishuvi, ularni ajratib olish va qayta ishlash usullari o‘rganilgan vaqtdan to organik kimyo fan sifatida shakllangu- nicha (XVIII asrning oxiri) o‘tgan davr. Analitik davr — XVIII asr oxiridan XIX asrning 60- yillarigacha. Bu bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilib, organik kimyo fan sifatida shakllana boshlagan. Tuzilish nazariyasi davri — XIX asrning 60- yillaridan to XX asr boshlarini o‘z ichiga oladi. Organik kimyo rivojlanishining hozirgi zamon moleku- lar atomistik yoki ilmiy takomillashuv davri. Insonning organik moddalar bilan tanishligi va ulardan o‘zining amaliy ehtiyojlari maqsadida foydalangani juda qadimdan ma’lum. Kishilarga dastavval ma’lum bo‘lgan birikma sirka kislota bo‘lgan. Uni ishqorga ta’sir ettirib, tuz hosil qilingan. Qadimgi xalqlar uzum shirasining bijg‘ishini bili- shardi. Galliya va Germaniyada sovun pishirishni, pivo tayyorlashni, slavyan xalqlari asalni bijg‘itib, ichimlik tayyor- lashni, Hindiston, Gretsiya va Misrda organik moddalardan foydalanib, matolarni bo‘yashni bilishgan. Qadimgi olimlar moddalarni tashqi ko‘rinishiga qarab gruppalarga ajratishgan. Masalan, suvda eriydigan moddalar tuzlar deb hisoblangan. Hatto, kahrabo, oksalat va vino kislotalar ham tuzlar sinfiga kiritilgani ma’lum. Quyuq suyuqliklarning barchasi moylar deb hisoblangan. Shunga ko‘ra bu gruppa haqiqiy moylardan tashqari, havoda nam tortib suyuqlanadigan — o‘yuvchi kaliy, kuporos moyi (konsentrlangan sulfat kislota) ni ham o‘z ichiga olgan. Barcha uchuvchan moddalar spirtlar deb qabul qilingan. Xlorid va nitrat kislotalar, qalay xlorid va ammiak uchuvchan bo‘lganligidan ular ham vino spirti qatori spirtlar deb hisoblangan. Ammiakning suvdagi eritmasi hozir ham „novshadil spirt“ deb atalishi ana shundan. Organik kimyo odam hayotida va amaliy faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Shu yerda organik moddalar ishlab chiqaradigan yoki organik xomashyoni qayta ishlaydigan sanoatning eng muhim tarmoqlarini ta’kidlab o‘tamiz: kauchuk, smolalar, rezina, plastmassalar, tolalar ishlab chiqarish, neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat, farmatsevtika, lok-bo‘yoq sanoatlari va b. Sintetik yuqori molekular moddalar — polimerlar ishlab chiqarish bizning asrimizda nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling