Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Izomeriya. Organik moddalarning xossalari faqat ularning tarkibigagina emas, balki molekulada atomlarning o‘zaro birikish tartibiga ham bog‘liq. Masalan, etil spirt (vino spirti) bilan dimetil efirning tarkibi bitta empirik formula C2H6O
bilan ifodalanadi, lekin ularning xossalari turlicha: etil spirtning qaynash temperaturasi 78,3°C bo‘lgan suyuqlik, dimetil efir esa 23,6°C da suyuqlikka aylanadigan gaz. Tarkibi va molekular massasi bir xil, lekin moleku- lalarining tuzilishi har xil, shu sababli xossalari ham turlicha bo‘lgan moddalar izomerlar deyiladi. Organik kimyoning rivojlanish jarayonida izomeriya tushunchasi chuqurlashib, fazoviy kimyo tasavvurlari hisobiga — Kimyo 97 yangi mazmun bilan boyidi. Hozirgi vaqtda izomerlar deb, tarkibi bir xil, ammo ularning fazoda joylashishi bilan farqlanadigan birikmalarga aytiladi. Shu ta’rifga ko‘ra izomerlar ikkita asosiy gruppaga bo‘linadi: tuzilish izomerlari va fazoviy izomerlar. Tuzilish izomerlari kimyoviy tuzilishi bilan o‘zaro farqla- nadi, shuning uchun ular tuzilish izomerlari deb ataladi. Butan va izobutan, 1-pentan va siklopentan tuzilish izomer- lariga misol bo‘ladi: C4H10 CH3 — CH2 — CH2 — CH3 n- butan CH3 — CH — CH3 | CH 3 izobutan C5H10 CH3 — CH2 — CH2 — CH = CH2 1- penten H2C CH2 H2C CH2 CH2 siklopentan n- butan va izobutan bir xil molekular formula C4H10 ga ega, ulardagi kimyoviy bog‘ning tabiati (- bog‘lar) ham bir, biroq atomlar orasidagi bog‘larning ketma-ketligi bilan farq- lanadi. 1- pentan va siklopentanlarning tarkibi bir xil C5H10, ammo ular ham atomlararo bog‘larning ketma-ketligi, ham bog‘larning tabiati bilan farqlanadi. Tuzilish izomerlari, o‘z navbatida, qator gruppalarga bo‘linadi: Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling