Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari


Download 73.87 Kb.
bet1/6
Sana18.11.2023
Hajmi73.87 Kb.
#1784902
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza


3-MA’RUZA
MAVZU: POLITO’YINMAGAN YOG’ KISLOTALARI VA FOSFOLIPIDLAR VA ULARNING OLINISH MANBA’LARI
REJA:

  1. Yog’lar, yog’ kislotalari va uch atomli spirt

  2. Yog’lar (lipidlar)ning biologik qiymati

fosfat kislota va azot asosi, boshqa kuchli qutublangan gruppani saqlaydilar. Ularni tarkibiga qarab 3 sinfga bo‘lish mumkin:
1-fosfoatsilglitserinlar, 2-sfingolipidlar,3-glikolipidlar.
Fosfoatsilglitserinlar va sfingolipidlar tarkibida fosfat kislota qoldiqlari bo‘lganidan ular fosfolipidlar deb ham ataladi. Fosfolipidlar xujayrada faqat membranalar tarkibida bo‘lib, ularning asosiy qismini fosfotidil xolin va fosfotidil etanolamin tashkil qiladi. Membrana tarkibida fosfatid kislota juda kam miqdorda uchrasa ham, bu birikma qolgan barcha fosfolipidlarning sintezida oraliq mahsulot sifatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Glikolipidlar-tuzilishi jixatidan sfingolipidlarga o‘xshaydi, chunki uning tarkibida aminospirt-sfingozin, yog‘ kislotalardan lignosserinat va nervonat kislotalar qoldig‘i uchraydi. Lekin ular tarkibida azot va fosfat asoslari bo‘lmasligi bilan sfingolipidlardan farq qiladi. Glikolipidlarning uglevod komponentlari sifatida, ko‘pincha, galaktoza va uning hosilalari uchraydi. SHuning uchun bular ham molekulasining tuzilishi jihatidan fosfolipidlarga o‘xshaydi.
Fosfolipidlar(murakkab lipidlar) glitseridlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan farqi, tarkibida kushimcha fosfat kislota qoldig‘iga birikkan holda azotli asos yoki aminokislota bo‘ladi. Ular tuzilishi jihatidan murakkab efirlar bo‘lib, barcha organizm xujayralarida keng tarqalgan.
Glitserofosfolipidlar,-ko‘pincha fosfolipidlar deb ataladi va ular

Fosfatidat kislota.
O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda ko‘p tarqalgan. Bular hujayra mumbranalarida 50% gacha tarqalgan, qisman zaxira yog‘lar tarkibida uchraydi. Fosfatidlar molekulasi asosan fosfatidat kislota tashkil qiladi. Bu fosfatidlar vakillarini fosfatidat kislota hosilalari deb hisoblash mumkin. Fosfatidlar avvalo fosfat kislota bilan birikkan azot asoslari bilan farq qiladi.
Bu fosfatidlarning umumiy formulasi quyidagicha:

Bu erlda N – azotli birikmani ko‘rsatadi.
Lekin ularning tarkibida ko‘p atomli spirtlar va yog‘ kislotalar qoldig‘idan tashqari, fosfat kislota hamda azot asoslari qoldig‘i uchraydi. Fosfolipidlar tarkibida ko‘p atomli spirtlardan, asosan glitserin, sfingozin va inozit uchraydi.
Fosfatidlar o‘zlarining kimyoviy tabiati jahatidan xolinfosfatidlarga (letsitinlarga), kolaminfosfatidlarga (kefalinlarga) va serin fosfatidlarga bo‘linadi.

Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling