Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari


Download 73.87 Kb.
bet2/6
Sana18.11.2023
Hajmi73.87 Kb.
#1784902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza

Xolinfosfatid –(murakkab lipidlar) letsitinning va fosfatidiletanolamin – kefalinning formulalari quyidagicha:

Letsitin Kefalin
(Fosfatidilxolin) (Fosfatidiletanolamin)
Letsitinlar va kefalinlar modda almashinuvi jarayonida katta muhim funksiya bajaradilar. Ular tarkibiga kiruvchi asosiy yog‘ kislotalar olien, linol, palьmitin va stearin kislotalardir.Erish temperaturasi yuqori bo‘lgan yog‘lar tarkibiga kiruvchi to‘yingan yog‘ kislotalar qattiq bo‘ladi. Fosfolipidlar tarkibida eng ko‘p uchraydigan azotli asos – xolindir.
Tarkibida xolin tutgan fosfolipidlar – letsitinlar deyiladi. Tarkibida xolin o‘rniga etanolamin-kolamin ( CH2OH-CH2-CH2 ) bo‘lgan fosfolipidlar kefalinlar deyiladi. Tarkibida aminokislota (serin) tutgan fosfolipidlar – fosfotedilserinlar deyiladi. Bu birikmalar hujayra mitoxondriyalari membranalari tarkibida bo‘lib, polyar molekulalar bo‘lganligi uchun yog‘ kislotali qismi gidrofob hususiyatga, azotli asos qismi gidrofil hususiyatga ega.
Letsitinlar oziq-ovqat sanoatida margarin, shokolad tayorlashda, ularni oksidlanish va taxirlanishdan saqlovchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Inozitolfosfolipidlar-fosfatidlarga nisbatan murakkab tuzilgan. SHuning uchun uni biomateriallardan ajratib olish ancha murakkab kechadi. Ular gidroliz qilinganda inozit, yog‘ kislotalar, fosfat kislota qolidiqlaridan tashqari glitserin, galaktoza va boshqalar ajratib olingan.
Sfingolipidlar-ham o‘simliklar hayvonlar membranasi tarkibida, ayniqsa nerv to‘qimalarida ko‘p bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalarida esa kam bo‘ladi. Bular gidrolizga uchraganda bir molekula yog‘ kislota va yuqori molekulyar to‘yinmagan aminospirt-sfingozin yoki uning to‘yingan analogi digidrosfingozin, fosfat kislota va azot asosi hosil bo‘ladi. Lekin ular tarkibida glitserin bo‘lmaydi.
Glikolipidlar-tuzilishi jihatidan sfingolipidlarga o‘xshaydi, chunki uning tarkibida aminospirt-sfingozin, yog‘ kislotalardan lignosserinat va nervonat kislotalar qoldig‘i uchraydi. Lekin ular tarkibida azot va fosfat asoslari bo‘lmasligi bilan sfingolipidlardan farq qiladi. Glikolipidlarning uglevod komponentlari sifatida, ko‘pincha, galaktoza va uning hosilalari uchraydi. Shuning uchun bular ham molekulasining tuzilishi jihatidan fosfolipidlarga o‘xshaydi. Ularning nisbatan sodda tuzilganlari dan birisserebroziddir. Uning tarkibi galaktoza, sfingozindan va lingotserinat kislota qoldig‘idan iborat.


Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling