Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari
Download 73.87 Kb.
|
3-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Steroidlarga
sserebrozid
Mumlar- yog‘ kislotlalarning bir atomli yuqori spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari kiradi. Lekin tabiiy mumlar tarkibida erkin yog‘ kislotalar, yuqori molekulali spirtlar, uglevodorodlar, rangli va xo‘shbo‘y moddalar ham uchraydi. Ayrim hollarda mumlar tarkibidagi aralashmalar miqdori 50% ga etadi. Mumlar o‘simliklar hamda hayvolar organizmida keng tarqalgan. Ular, asosan, himoya vazifasini bajaradi. Masalan, o‘simliklarning navdalari, barglari, mevalari yupqa mum qavat bilan qoplangan bo‘lib, u namlanishdan, mikroorganizmlar kirishidan saqlaydi. Mevalarning uzoq saqlanishi xuddi ana shu mum qavatning sifatiga bog‘liq. Hayvonlarda esa mum teri, pat va junni himoya qiladi. Mumlar qattiq modda bo‘lib, suyuqlanish tempiraturasi tarkibiga bog‘liq (30-90o atrofida). Ularning rangi ham har xil, ko‘pincha yashil yoki sariq bo‘ladi. Ular tarkibida spirtlardanssetil – CH3-(CH2)14-CH2OH, sseril - CH3-(CH2)24 -CH2OH, montan - CH3-(CH2)26 -CH2OH, miritsil- CH3-(CH2)28 -CH2OH, kislotalardan palьmitinat - CH3-(CH2)14 –COOH, sserotinat - CH3-(CH2)24 –COOH, karnaubat - CH3-(CH2)22 –COOH, montanat - CH3-(CH2)26 –COOH, melissinat - CH3-(CH2)28 –COOH bular ko‘proq uchraydi. Mumlar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori juda kam. SHuning uchun ular tashqi ta’sir (nur, tempiratura, oksidlovchilar va boshq.)ga ancha chidamli bo‘ladi. Ular yog‘larga nisbatan qiyin gidrolizlanadi. Bu mumlar meditsinada har xil surtma dori vositalari tayorlashda, parfyumeriyada, sham tayorlashda va boshqa maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Steroidlarga sterollar va ularning hosilalari kabi murakkabssiklik birikmallar kiradi. Sterollar organik erituvchilarda yaxshi eriganligi tufayli ekstraksiya jarayonida yog‘lar bilan birga ajralib chiqadi. Sterollar hujayra modda almashinish jarayonini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning tarkibida uchraydiganssiklik spirtlar sterollar yoki sterinlar deb ataladi. Bu sterollar hayvon, o‘simlik va mikroorganizmlar dunyosida keng tarqalgan lipidlarning maxsus gruppasidir. Ular lipidlardan sovunlanmasligi bilan farqlanadi. Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling