Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari
Download 73.87 Kb.
|
3-Ma\'ruza
A.Vindaus ko‘rsatganidek, sterolning hosilasi ergosterol (C28 H43OH) ulьtrabinafsha nur ta’sirida vitamin D aylanadi. Sterollar eng ko‘p bo‘lgan maxsuot drojjilar bo‘lib (2% dan ko‘p), ulardan ergosterol va so‘ngra mitamin D olishda foydalaniladi.
Sterinlarning muhim axamiyati shundaki, ular organizmda oksidlanib, bir qator biologik aktiv moddalar hosil qiladi. Eng muhim steroidlar o‘t tarkibidagi kislotalar-xolat, xenodezoksixolat va 7-dezoksixolat kislotalar hisoblanadi. Ular odam va hayvon organizmida yog‘ kislotalarning ingichka ichak devorlari orqali so‘rilishida muhim rolь o‘ynaydi. Steroidlarning ko‘pchilligi (estradiol, testosteron, kortikosterinlar va boshq.) bular gormonal hususiyatga ega bo‘lib, organizmlarda moddalar almashinuvining boshqarilishida qatnashadi. D2 va D3 vitaminlar ham tabiati jihatidan steroidlardir. Hayvon to‘qimalarida xolestirin bilan birga, digidroxolestirin va juda oz miqdorda 7-degidroxolesterin ham uchraydi. Bular ulьtrabinafsha nurlar ta’sirida, D3 vitaminga aylanadi. Ko‘klam chiqishi bilan yosh bolalarda qishda avjolgan raxit kasalligi belgilarining yo‘qolib ketishi, shuningdek raxit kasalligini ulьtrabinafsha nur tparqatuvchi kvars lampasi bilan nurlatib davolash terida D3 ning hosil bo‘lishiga olib keladi. Yog’lar, yog’ kislotalari va uch atomli spirt - glitserinning murakkab efirlaridir. Ovqatga ishlatiladigan yog’ tarkibiga odatda to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalari mono, -di va triglitseridlar aralashmasi, fosfotidlar, xolesterin, yog’da eriydigan vitaminlar kiradi. Ularning organizmdagi roli turli - tumandir. Organizmga ovqat bilan birga kiradigan va organizmning o’zida hosil bo’ladigan yog’ning bir qismi teri osti kletchatkasida, ichki a’zolar atrofidagi biriktiruvchi to’qimalar, muskullar ostidagi yog’ qatlamlarida to’planadi. Bu yog’ organizmdagi issiqlikni idora etishda qatnashadi va ichki a’zolarini turli silkinishlarda lat yeyishdan saqlaydi. Yog’lar xo’jayra protoplazmasi tarkibiga kirib, organizm to’qimalarining tuzilishida ishtirok etadi. Protoplazma yog’lar almashinuvida hosil bo’lgan mahsulotlarning xujayraga o’tishini ta’minlaydi. Bu yog’lar biologik faol formalarni hosil qilish yo’li bilan oqsillarning fermentativ faolligini idora etadi. Yog’lar ovqatga yaxshi ta’m beribgina qolmay, oqsil, uglevod, vitamin va mineral moddalarning o’zlashtirilishini ham yengillash-tiradi. Yog’lar biologik faol moddalarini: fosfotidlar, to’yinma-gan yog’ kislotalari, vitaminlar va boshqalarni organizmga yetkazib beradi. Yog’larning biologik qiymati undagi-yog’da eruvchi vitaminlar A, Ye va D larning hamda, fosfatidlar, stearinlarning miqdori b-n belgilanadi. Fosfatidlar va stearinlar to’qima xujayralarining tarkibiga kirib, yog’lar almashinuvi va garmonlar ajralishida ishtirok etadi. Yog’lar inson organizmida katta rol o’ynaydi. Ular organizmda ikki shaklda: turli to’qimalarni xo’jayralarida (strukturaviy yog’ deb ataluvchi) yoki to’qimalardagi qatlam holida (zaxiraviy yoki rezerv yog’). strukturaviy yog’ oqsil bilan birgalikda inson tanasi xo’jayralarni, to’qima va organlarini qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi. Zahira yog’i teri ostida, qorin yuzasida, buyrak yaqinida yig’iladi. U inson organizmidagi issiqlikni ortiqcha yo’qolishini, qorin yuzasidagi va buyrak yaqinidagi yoki ingichka organlarni mexanik jarohatlanishidan saqlaydi. Bunlan tashqari, zahira yog’ ortiqcha energetik sarflar va uglevodlarni to’liqmas kelishida inson tomonidan ushbu sarflarni o’rnini to’ldirish uchun xarakat qilinadi. Inson organizmidagi zahira yog’ ortiqcha ovqat hisobiga emas, balki ratsiondagi ortiqcha uglevod va qisman oqsil hisobiga yig’ilishi mumkin. Yog’lar uch atomli spirt efirlari birikmasini tashkil etadi, insonni hazm qilish traktida yog’lar yog’li kislota va glitseringa parchalanadi, u keyinchalik organizm tomonidan yangi strukturali yog’larni tashkil bo’lishiga ishlatiladi. Yog’larni hosil qilish uchun inson organizmiga yog’li kislotalarni ikki turi to’yingan va to’yinmaganlari talab etiladi. To’yingan yog’lar kislotalarga stearin, kalьmitin, moyli va boshqalar kiradi. Ular hayvonlardan olinadigan yog’lar tarkibida bo’ladi (mol va cho’chqa yog’i, shpik, mol yog’ida). To’yinmagan yog’lar kislotalari ichida linelov, lineolenilin, olein va araxidon ahamiyatlidir. Inson organizmida olein kislotasi sintezlanadi, linolev kislota esa faol araxidon kislotasiga o’tadi. Boshqa to’yinmagan yog’ kislotalari organizmda sintez lanmaydi. To’yinmagan yog’ kislotalarida asosan o’simlik yog’larida (kunga boqar, paxta, makkajo’xori, soya va boshqalarda). Shuning uchun ovqat ratsionida albatta hayvon yog’lari va o’simlik yoglari bo’lishi shart. Yog’lar ozuqaviylik qiymati ulardagi yog’li kislotalarni va ularni hazm qilishliligiga mos keluvchi yog’lar. O’z navbatida erish temperaturasiga va yog’ni parchalanishliliga bog’liq. Past haroratda eriydigan yog’lar organizmda oson va to’liq hazm bo’ladi. Yog’ni erish harorati undagi to’yinmagan yog’ kislotalariga bog’liq; ular yog’da qancha ko’p bo’lsa, erish harorati shuncha past bo’ladi. Qanchalik yog’ mahsulotda parchalangan bo’lsa va uni yuzasi katta bo’lsa, o’sha organizmda yaxshi hazm bo’ladi. Bunday yog’lar sutda, slivkada, smetana, sariyog’ tarkibida bo’ladi. Organizmning yog’larga bo’lgan kunlik ehtiyoji 1, 4 - 2, 2 gramm, chegarasida 1 kg vaznga nisbatan bo’lib, o’rtacha og’irlikdagi odamda 63 – 158 gr.ni tashkil etadi. SHu miqdordan 70% hayvon yog’i, 30% esa o’simlik yog’ini tashkil etishi kerak. Yog’lar ulushiga taxminan sutkalik ratsionning 26% to’g’ri kelishi kerak (720 – 900 kkal). Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling