Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari
Download 73.87 Kb.
|
3-Ma\'ruza
Yog’lar (lipidlar)
Organik moddalar ichida eng yuqori kolloriyaga ega bo’lgan modda- lar bo’lib, 1 g yog’ 9 kKal energiya beradi. Yog’lar faqatgina energiya manbai bo’lib qolmay, ular hujayra strukturasining zaruriy komponentlaridan biridir. Ayniqsa, hujayra membranasining asosiy qismini yog’ tashkil qiladi. Yog’lar hujayrada fiziologik va biokimyoviy funktsiyalarni bajaradi. Yog’lar organizm uchun vitaminlar va turli xil bioaktiv moddalar manbai. Yog’lar organizmga turli xil nutrientlarni surilishini ta’minlaydi. Yog’lar o’simlik va hayvon mahsuloti yog’lariga bo’linadi. Yog’ tarkibidagi yog’ kislotalari katta ahamiyatga ega. Yog’ kislotalari va glitserin yog’ tarkibidagi triglitseridlarpi tashkil qiladi. Undan tashqari yog’ tarkibida lipoid moddalar bor. Unga fosfo lipidlar, stirnlart va o’zga lipoid moddalar kiradi. Yog’ kislotalari 2 ga bo’linadi: to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalari. To’yingan yog’ kislotalari palьmetin, steorin, meristin va boshqalar. Asosan hayvon yog’ida uchrab, ularning erish temperaturasini aniqlaydi. Ularning qattiqligiga ta’sir ko’satadi va bu yog’ kislota lari energiya manbai sifatida foydalaniladi. Ratsion tarkibida to’yingan yog’ kislotalarining ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas. CHunki, ular ko’paygan holda yog’ almashinuvi o’zgaradi, qondagi xolestirin moddasi o’zgaradi, ateroskliroz kasalligi kuchayadi, yog’ bosish kasalligi yuzaga keladi. Tosh yig’ilishi kasalligi yuzaga keladi. To’yinmagan yog’ kislotalari 2 ga bo’linadi: mono va poli to’yin- magan yog’ kislotalari. Mono to’yinmagan yog’ kislotasiga misol qilib, olien kislotasini ko’rsatish mumkin, u zaytun yog’ining tarkibida 69% ni, margarinda 43-47% ni va saryog’da 23% ni tashkil etadi. To’yinmagan yog’ kislotalarining eng muxumlari lenol, lenolen va araxidon kislotalaridir. Lenol yog’ kislotasi almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotasidir. CHunki u organizmda sintezlanmaydi. To’yinmagan yog’ kislotasi yetishmasa, organizm o’sishdan to’xtaydi, teri kasallanadi, kapillyarlarning o’tkazishi o’zgaradi va turli patologik kasalliklar yuzaga keladi. To’yinmagan yog’ kislotalari organizmda garmonlar ni sintezlanishiga asosiy vosita vazifasini bajaradi. To’yinmagan yog’ kislotalari ichida eng katta biologik aktivlikka ega bo’lgan yog’ kislotasi-araxidon kislotasidir. Araxidon kislota organizmda vitamin V6 ning ishtirokida lenol yog’ kislotasidan hosil bo’ladi. Lenol yog’ kislotasi organizmda yana bir qancha to’yinmagan yog’ kislotalarini sintezlanishini ta’minlaydi. Lenol yog’ kislotasi asosan pista yog’ining tarkibida uchraydi (60%). Araxidon yog’ kislotasi ovqat mahsulotlarining tarkibida juda kam miqdorda tashkil topgan. Masalan, miyada 0,5% , tuxumda 0.1% , cho’chqa jigarida 0,1% , yurakda 0,2% . To’yinmagan yog’ kislotalarini organizm uchun sutkadagi miqdori quyidagicha: lenol kislotasi 10 g , minimal miqdori 2- 6 g. Odatda, to’yinmagan yog’ kislotalarining miqdori lenol yog’ kislotasiga nisbatan hisoblanib belgilanadi. To’yinmagan yog’ kislotalarini 1 sutkalik miqdori lenol kislotasiga nisbatan qayta hisoblanganda sutkalik kolloriyani 4-6% ini tashkil qilishi kerak. Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling