Mavzu: polito’yinmagan yog’ kislotalari va fosfolipidlar va ularning olinish manba’lari
Download 73.87 Kb.
|
3-Ma\'ruza
Yog’lar (lipidlar) almashinuvi
Yog’lar organizmda plastik va energetik rolni bajaradi. Lipidlar glitserin bilan yog’ kislotalaridan tashkil topgan neytral yog’lardan tarkib topgan murakkab organik moddalardir. Fizik va ximiyaviy xossalari ga ko’ra ular lipoidlar (litsetin va xolesterin)ga yaqin turadi. Lipoidlar tarkibida ko’p atomli spirtlar, fosfat kislotalari va azotli birikmalar bo’ladi. Lipidlar almashinuvi oqsillar va uglevodalr almashinuvi bilan bog’liq. Jumladan, oqsillar bilan uglevodlarning ortiqchasi organizmda yog’larga aylanadi. Yog’larning ortiqchasi esa gavda og’irligining 10% dan 30% gachasi zapas yog’ sifatida saqlanadi. Yog’lar almashinuvi jarayo nini nerv sistemasi bilan ichki sekretsiya bezlari (miyaning pastki ortig’i, buyrak usti, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar sekretlari) idora qiladi. Yo g’ ( l i p i d ) l a r a l m a sh i n u v i n i n g buzilishi. Ko’pincha yetarlicha ovqatlanmaslik, me’da osti bezi, jigar faoliyatini buzilishi oqibatida ingichka ichakda yog’ so’rilishi pasayishi natijasida kelib chiqadi. Odam yetarlicha ovqatlanmaganda yoki organizm haddan tashqari energiya sarflaganda depodagi yog’lar sarflanadi. Lekin odam had dan tashqari ozib ketsa ham organizmdagi yog’ butunlay sarflanmaydi. Ba’zi kasalliklarda moddalar almashinuvining kuchayishi, qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi ham yog’larning parchalanish jarayonlarini kuchaytiradi. Odamning ovqat bilan ko’p miqdorda yog’ni iste’mol qilishi qonda yog’ni ko’payib (giperlipemiya) ketishiga sababchi bo’ladi. Natijada, yog’ning qondan to’qimaga o’tishi sustlashadi. To’qimalarda yog’ miqdorining buzilishi yog’ deposi (to’planadigan joylari)da uning miqdorini kamayishi (yog’ distrofiyasi) yoki ko’payishiga imkon tug’diradi. Yog’ miqdori odatda mahalliy yoki umumiy ko’payadi. Yog’ miqdorinig mahalliy ko’payishi organ yoki to’qima atrofida sodir bo’ladi. Umumiy semirish odatda ko’p ovqat iste’mol qilinib, kam energiya sarflanishi, ovqatdan oldin spirtli ichimlik (ishtahani kuchaytirish uchun) ichish tufayli yog’ depolarida yog’ning zo’r berib to’planishiga olib keladi. Bundan tashqari, ichki sekretsiya (jinsiy bezlar gipofiz va qalqonsimon) bezlar funktsiyalarinig izdan chiqishi ham yog’larning to’planishiga sabab bo’ladi. Yurakni yog’ bosganda yog’ faqat organning atrofidagina emas, uning muskul tolalarining orasida ham to’planadi. Yog’ distrofiyasi yurak muskulida, jigarda, buyraklarda kamroq boshqa organlarda kuzatila di. Yog’ to’planishi boshlanishida jigar va buyrak funktsiyalari saqlans ada, keyinchalik buzilishi natijasida ularning hajmlari kattalashadi. Organizmda yog’ distrofiyasi ko’proq alkogolizmda, yuqumli kasalliklarda, zaharli moddalar ta’sirida, gipoksiyada kuzatiladi. Yog’ distrofiyasida organlar funktsnyasi buziladi. Xolesterin almashinuvining buzilishi yog’ almashinuvining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, qon tomirlar devorida xolesterin to’planib biriktiruvchi to’qimalar rivojlanadi. Natijada qon tomirlari devorlari qalinlashib (ateroskleroz) qon aylanishi buziladi. Xolesterin miqdorining organizmda ko’payishiga uni ovqat bilan (tuxum sarig’i, jigar va go’shtda ko’proq bo’ladi) ko’proq iste’mol qilish sabab bo’ladi. Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling