Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet59/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Kimyoviy xossalari jihatidan o‘xshash, tarkibi bir-biri- dan CH2 gruppaga farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Nisbiy molekular massasi ortib borishi tartibida
joylashtirilgan gomologlar gomologik qatorni hosil qiladi. CH2 gruppa gomologik farq deyiladi.
Gomologik qatorga to‘yingan uglevodorodlar (alkanlar) qatori misol bo‘la oladi. Uning eng oddiy vakili — metan CH4. Metanning gomologlari quyidagilar: etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10, pentan C5H14, geptan C7H16 va h.k. Keyingi har qaysi gomologning formulasini oldingi uglevo- dorodning formulasiga gomologik farqni qo‘shish bilan hosil qilish mumkin.
Gomologik qator barcha a’zolari molekulalarining tarkibini bitta umumiy formula bilan ifodalash mumkin. To‘yingan uglevodorodlarning ko‘rib chiqilgan gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n+2 bo‘ladi, bunda n uglerod
atomlarining soni.
Gomologik qatorlarni organik birikmalarning barcha sinflari uchun tuzish mumkin. Gomologik qator bitta a’zosining xos- salarini bilgan holda shu qatorning boshqa a’zolari xossalari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bu organik kimyoni o‘rga- nishda „gomologiya“ tushunchasining muhimligini ko‘rsatadi. Organik birikmalarning haddan tashqari ko‘pligi va xilma- xilligi ular uchun aniq ilmiy klassifikatsiya bo‘lishini talab qiladi. Organik birikmalarning hozirgi zamon klassifikatsiyasi organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasiga asoslan- gan. Organik birikmalar uglerod skeleti hamda molekuladagi
funksional gruppalar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling