Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Nitrolash. Besh a’zoli va undan ortiq a’zoli sikllar parafin uglevodorodlar kabi nitrolanadi (M.I. Konovalov reaksiyasi). Yuqori


Download 1.22 Mb.
bet71/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Nitrolash. Besh a’zoli va undan ortiq a’zoli sikllar parafin uglevodorodlar kabi nitrolanadi (M.I. Konovalov reaksiyasi).

  • Yuqori temperatura ta’siri. Siklopropan yuqori temperaturada o‘zining izomeri — etilen uglevodorodlariga aylanadi:

  • CH2

    3
    H2C CH2

     CH





    • CH = CH2

    Ishlatilishi. Sikloalkanlardan siklogeksan, metilsiklo- geksan va boshqa ba’zi birlari amaliy ahamiyatga ega. Neftni aromatlash jarayonida bu aromatik birikmalar aromatik uglevodorodlarga — benzol, toluol va boshqa moddalarga aylanadi. Ulardan bo‘yoqlar, dorilar va h.k. lar olishda keng foydalaniladi. Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlati- ladi.
    Siklogeksan hosilasi siklogeksanol, ko‘proq, erituvchi sifatida ishlatiladi. Siklogeksanolni nitrat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislota poliamid tolalar — kapron va neylon olishda ishlatiladi.

    9.3. To‘yinmagan uglevodorodlar


    Molekulalarida bir-biri bilan qo‘shbog‘ yoki uchlamchi bog‘lanishlar bilan bog‘langan uglerod atomlari bor uglevo- dorodlar to‘yinmagan uglevodorodlar deyiladi. Ularning molekulalarida vodorod atomlari soni to‘yingan uglevodorod- lardagiga qaraganda kam bo‘ladi.
    To‘yinmagan uglevodorodlar tarkibidagi vodorod atomi- ning soniga qarab turli qatorlarga (masalan, etilen qatori, asetilen qatori va hokazo) bo‘linadi va ular quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi:
    —2H —2H
    CnH2n+2  CnH2n  CnH2n–2
    to‘yingan to‘yinmagan uglevodorodlar uglevodorod


    9.3-jadval

    Moddalarning xarakteristikasi

    namoyandasi
    To‘yinmagan uglevodorodlar





    Uglevodo- rodlar




    Moddalarning

    tavsifi




    umumiy formulasi

    vakili

    bog‘lar soni

    Etilen qatori

    СnH2n

    H
    C = C
    H
    etilen

    H

    H


    Bitta qo‘shbog‘

    Davomi

    Diyen uglevodorod- lar qatori

    CnH2n—2



    H H
    C = C—C = C
    H H H H
    butadiyen

    Ikkita qo‘shbog‘

    Аsetilen qatori

    CnH2n—2

    H — C  C — H
    asetilen

    Bitta uchbog‘

    Tarkibi CnH2n umumiy formulaga to‘g‘ri keladigan (siklo- parafinlardagi kabi) to‘yinmagan uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlariga kiradi, ularning eng oddiy namoyandasi
    etilen C2H4 dir. Tarkibi CnH2n–2 umumiy formula bilan ifoda-
    lanadigan uglevodorodlar asetilen qatori uglevodorodlariga
    mansubdir, chunki ularning eng oddiy vakili asetilen C2H2 dir. Diyen uglevodorodlarning umumiy formulasi ham xuddi
    shunday. Bu birikmalarning hammasi uchun qo‘sh va uch- bog‘lar mavjud (9.3- jadval).
    Etilen xlor bilan birikib, suyuq yog‘simon modda — etilen xlorid C2H4Cl2 (lotincha gaz olefiant — yog‘simon gaz demakdir) hosil qiladi. Shuning uchun etilen qatori uglevodo- rodlarni olefinlar deb ham atashadi.

    Download 1.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling