Laboratoriya sharoitida ham olefinlar shu usul bilan sintez qilinadi
C2H5OH CH2 = CH2 + H2O
Olefinlarni olish usullarining laboratoriyada keng qo‘llani- ladigani sirka kislota efirlarini piroliz qilishdir (400 — 500 °C):
CnH2n+1 — OOC — CH3 CnH2n + CH3COOH
Fizik xossalari. Olefinlarning dastlabki uch vakili (C4 gacha) gaz, C5 dan C17 gacha suyuqlik, C18 dan yuqorisi esa qattiq holatda bo‘ladi. Ularning solishtirma og‘irligi, qaynash
temperaturasi tegishli to‘yingan uglevodorodlarning solishtirma og‘irligidan yuqoridir. Olefinlarning tarmoqlanmagan zanjirli birikmalari tarmoqlanganiga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. Ularning izomerlaridan sis-izomerlari trans-izo- merlariga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Olefinlar suvda kam eriydi, ba’zi og‘ir metallar tuzlarning eritmalari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Ba’zi olefinlarning fizik xossalari 9.4-jadvalda berilgan.
Kimyoviy xossalari. Olefinlar molekulasida qo‘shbog‘ borligi uchun ular to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan kimyoviy reaksiyaga oson kirishadi. Ma’lumki, qo‘shbog‘ bilan birikkan uglerod atomlari -bog‘ (C— C) hamda -bog‘ orqali (C = C) birikkan, -bog‘ -bog‘ga nisbatan mustah- kam. Shu sababli, -bog‘ oson uziladi va tezlikda boshqa atom hamda atom gruppalarini biriktiradi, natijada uglerodlar to‘yinib, - bog‘ - bog‘ga aylanadi.
Demak, birikish reaksiyasi olefinlarga xos reaksiya hisoblanadi. Undan tashqari, olefinlar o‘rin olish va boshqa reaksiyalarga ham kirishishi mumkin.
Birikish reaksiyalari. 1. Vodorodni biriktirish — gidro-
genlanish reaksiyasi olefinlardan to‘yingan uglevodorodlar olishga imkon beradi.
CH2 = CH2 + H2 CH3 — CH3
Do'stlaringiz bilan baham: |