Natriy butadiyen kauchuk. Birinchi marta akademik
S. V. Lebedev 1,3-butadiyenni polimerlanish reaksiyasiga uchratib sintetik kauchuk hosil qildi va u butadiyen sintetik kauchugi deb ataldi. Hozirda butadiyendan stereoregular tuzilishga ega bo‘lgan va sovuqqa chidamli, cho‘ziluvchan, mustahkam, kam yemiriluvchi xossalarga ega kauchuklar
olinmoqda. Bunday kauchuk avtomashina pokrishkalari olishda ishlatiladi. Undan tashqari, kauchuk tarkibiga karboksil gruppalar kiritilib, uning metallga yopishqoqlik xususiyatlari birmuncha oshirildi.
... CH2 CH CH CH2 100 CH CH2 ...
|
COOH
Bu kauchuk karboksilat kauchuk deyiladi.
Butadiyen-stirol kauchugi. Bunday kauchuklar butadiyen bilan stirolning sopolimerlanishidan hosil bo‘ladi:
nCH2 CH CH CH3 nCH2 CH ... CH2 CH
stirol
|
C6H5
Kauchukning xossasi reaksiyaga kirishuvchi komponent- larning nisbatiga va temperaturasiga bog‘liq. Masalan, 10 qism butadiyen, 90 qism stirol bilan reaksiyaga kiritilsa va reaksiya 50° da olib borilsa, vazni yengil kauchuk olinadi. Reaksiya +5° da olib borilganda esa yemirilishga chidamli kauchuk hosil bo‘ladi.
Izopren kauchuk. Bu kauchuk izoprenni maxsus kataliza- tor ishtirokida polimerlab olinadi. Katalizatorning xiliga qarab poliizoprenning tuzilishi ham o‘zgaradi; sis- yoki trans- izomer holidagi poliizopren hosil bo‘ladi.
Butilkauchuklar izobutilen bilan izoprenning sopolimer-
lanishidan hosil bo‘ladi:
CH3
CH3
CH3
. . . — —C—CH2—C—CH2— —CH2—C=CH—CH2—
CH3 CH3
CH3 CH3
— —C—CH2—C—CH2— —. . .
CH3
CH3 n
Bunday kauchuklar issiqqa chidamli, gaz o‘tkazmaydi, oksidlanmaydi va yuqori dielektrik xossaga egadir. Ammo, metallarga yopishqoqligi kam bo‘lganligidan ularning ishlatilish sohasi cheklangan.
Sanoatda butilkauchukning modifikatsiyalangan xili, ya’ni xlorbutil, brombutil kauchuklar ishlatiladi. Ulardan, ko‘pin- cha, kamerasiz yuradigan avtomashina pokrishkalari tayyorla- nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |