Kimyoviy xossalari. Etilen va uning gomologlarining kimyoviy xossalari, asosan, ularning molekulalarida qo‘sh- bog‘lar bo‘lishi bilan belgilanadi. Ular uchun biriktirib olish, oksidlanish va polimerlanish reaksiyalari xosdir.
Biriktirib olish reaksiyasi. 1. Etilen va uning gomologlari galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. Ular bromli suvni rangsizlantiradi:
H2C = CH2 + Cl2 CH2Cl— CH2Cl
1,2-dixlormetan
Vodorodning birikishi ham xuddi shunday bo‘ladi (etilen va uning gomologlarini gidrogenlash):
t, katalizator
H2C = CH2 + H2 H3C — CH3
etilen etan
Etilen sulfat yoki ortofosfat kislota va katalizatorlar ishtirokida suvni biriktiradi (gidratatsiya reaksiyasi):
t, p, katalizator
H2C = CH2 + HOH CH3 —CH2 — OH
etilen etil spirt
Bu reaksiyadan sanoatda etil spirt olishda foydalaniladi.
Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlarni ham biriktiradi.
Etilen yorug‘ alanga berib yonib, uglerod (IV) oksid va suv hosil qiladi:
C2H4 + 3O2 2CO2 + 2H2O
Ishlatilishi. Etilen etil spirt, polietilen olishda ishlatiladi. U issiqxona havosiga ozroq miqdorda qo‘shilganda mevalarning (pomidor, sitrus mevalar va b.) yetilishini tezlashtiradi. Etilen va uning gomologlaridan ko‘pgina organik moddalarni sintez qilish uchun kimyoviy xomashyo sifatida foydalaniladi. Etil- xlorid tibbiyotda mahalliy tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Asetilen qatoridagi uglevodorodlar molekulasida uchlamchi bog‘ bo‘ladi. Ularda metan qatorining ayni uglevodorodlariga nisbatan 4 ta vodorod atomi, etilen qatoridagiga nisbatan 2 ta vodorod atomi kam. Ushbu qator uglevodorodlarining birin- chi vakili asetilen bo‘lib, uning tuzilishi HC CH dir. Asetilendagi vodorod boshqa alkil radikallar bilan almash- tirilganda molekulasida uchlamchi bog‘li gomologik qator hosil bo‘ladi. Bu qatorning ikkinchi a’zosi CH3—C CH; uchin-
chisi CH C—CH2CH3 va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |