Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Izomeriyasi va nomenklaturasi


Download 1.22 Mb.
bet78/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Izomeriyasi va nomenklaturasi. Asetilen qatoridagi uglevo- dorodlar zanjirni tarmoqlanishiga hamda uchlamchi bog‘ni
joylashuviga nisbatan izomerlanadi. Ularning izomerlari C4H6 dan boshlanadi, ya’ni:
CH3—CH2—C  CH; CH3—C  C—CH3
etilasetilen dimetilasetilen
Asetilen qatoridagi uglevodorodlar ratsional nomenklatu- raga muvofiq atalganda, ularni asetilenning bir yoki ikki vodorod atomi boshqa radikalga almashingan hosilasi deb qaraladi va radikal nomiga asetilen so‘zi qo‘shib aytiladi:



HCCH

HCC—CH3

HCC—C3H7

CH3—CC—C3H7

asetilen

metilasetilen

propilasetilen

metilpropilasetilen

Xalqaro nomenklaturaga muvofiq asetilen qatoridagi ugle- vodorodlarning nomi ularga mos keladigan to‘yingan ugle-
vodorodlar nomidan olinadi, ammo ,,an“ qo‘shimcha o‘rniga
,,in“ ishlatiladi. Uchlamchi bog‘ o‘rni raqam bilan ko‘rsatiladi. Uzun zanjirni raqamlashda, zanjirning tarmoqlangan qismini belgilashda va boshqalarda olefinlardagi kabi ish tutiladi. Masalan:
HC  CH etin, asetilen
HC  C—CH3 propin, metilasitilen
HC  C—CH2—CH3 butin-1, etilasetilen CH3—C  C—CH3 butin-2, dimetilasetilen
HC  C—CH2—CH2—CH3 pentin-1, propilasetilen
1 2 3 4 5
CH3—C  C—CH2—CH3 pentin-2, metiletilasetilen
1 2 3 4
HC  C—CH—CH3 3-metilbutin-1, izopropilasetilen
|
CH3
Bunda uchlamchi bog‘ni ko‘rsatish uchun raqam so‘z boshida yoki oxirida ishlatilishi mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling