Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet81/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Ayrim vakillari. Asetilen uglevodorodlari orasida asetilen eng muhim ahamiyatga ega.
Asetilen — rangsiz gaz. Sof holdagi asetilen hidsiz, texnik asetilen qo‘lansa hidli bo‘ladi. Asetilen tutab yonadi. Yonganda juda yuqori temperatura (3000° gacha) hosil bo‘ladi. Shuning uchun asetilen texnikada avtogen payvandlash va metall qirqish ishlarida ko‘p ishlatiladi. Asetilen havo bilan aralashib portlovchi aralashma hosil qiladi. Hozirda asetilen plastmas- salar, sintetik kauchuk, turli xil erituvchilar tayyorlashda ishlatilmoqda.
Vinilasetilen. Asetilenning polimerlanishidan, ya’ni dimer- lanishidan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari metan pirolizga uchratilganda asetilen bilan bir qatorda, oz miqdorda hosil bo‘ladi. Vinilasetilen gaz, qaynash temperaturasi +5°, birikish reaksiyasiga oson kirishadi:
HC  C—CH = CH2 + HCl  H2C = C(Cl)—CH = CH2
vinilasetilen xloropren
Ishlatilishi. Asetilen sanoatda ko‘p kimyoviy sintezlarda boshlang‘ich xomashyo sifatida ishlatiladi. Undan sirka kislota, sintetik kauchuk, polivinilxlorid smolalar olinadi. Tetraxlor- etan CHC12 — CHC12 — asetilenga xlorning birikish mah-
suloti yog‘lar va ko‘p organik moddalarni yaxshi erituvchisi
hisoblanadi va eng muhimi o‘t olish xavfi yo‘qligi qulaydir. Asetilendan metallarni avtogen payvandlashda ham foyda- laniladi.

9.6. Alkadiyenlar


Uglerod zanjirida ikkita qo‘shbog‘ bo‘ladigan uglevodo- rodlar alkadiyen yoki diyen uglevodorodlar deyiladi. Ularni asetilen uglevodorodlarining izomeri deyish mumkin. Diyen uglevodorodlar molekulasida vodorod atomlarining umumiy soni tegishli to‘yingan uglevodorodlardagidan 4 ta kam bo‘ladi. Shu sababli diolefinlarning tarkibi umumiy CnH2n–2 formula bilan ifodalanadi.
Diyen uglevodorodlar molekulasidagi qo‘shbog‘larning joylashgan o‘rniga qarab, uch gruppaga bo‘linadi: agar ikkala qo‘shbog‘ bitta uglerod atomiga tutashgan bo‘lsa, ular kumulatsiyalangan, agar ikkala qo‘shbog‘ uglerod atomlariga bitta oddiy bog‘ orqali birikkan bo‘lsa, u holda ular konyugir- langan, agar ikkala qo‘shbog‘ uglerod atomlariga ikki va undan ortiq oddiy bog‘lar orqali birikkan bo‘lsa, ular ajratilgan qo‘shbog‘li uglevodorodlar deyiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling