Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Tabiiy va sintetik kauchuklar


Download 1.22 Mb.
bet83/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)


Kauchuklar xalq xo‘jaligining turli-tuman sohalarida ishlatiladi, u rezinaning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Kauchuklar nimadan olinganligiga qarab: tabiiy va sintetik kauchuklarga bo‘linadi.


Tabiiy kauchuk. Tabiiy kauchuk tropik mamlakatlarda o‘sadigan ba’zi daraxtlarning sutsimon shirasidan olinadi. Masalan, Janubiy Amerikada o‘sadigan geveya, gvaulla daraxtlari va Markaziy Osiyoda o‘sadigan ko‘k sag‘iz, tog‘ sag‘iz o‘simliklari ana shunday daraxtlar jumlasiga kiradi. Janubiy amerikaliklar geveya daraxtining shirasini ,,kaocho“

  1. — Kimyo

145

daraxtning ,,ko‘z yoshi“ deganlar, shundan kauchuk nomi kelib chiqqan.
Tabiiy kauchukning kimyoviy tuzilishini, asosan, Garriyes o‘rgangan va u izopren molekulalaridan tashkil topganligini aniqlagan. Buning uchun kauchuk ozonlash reaksiyasiga uchratilgan, so‘ngra hosil bo‘lgan modda parchalanganda, izopren oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan levulin aldegidi olingan:
O II
CH3—CO—CH2—CH2—C—H
levulin aldegidi

Tabiiy kauchuk tuzilishi jihatdan polibutadiyenga juda yaqin va izopren zvenolaridan iborat, ammo monomer zvenolari fazoviy jihatdan faqat sis-tuzilishga ega bo‘ladi:





nH2C=C—CH=CH2
CH3
izopren yoki

  1. metilbutadiyen-1,3

—(H2C—C=CH—CH2)n
CH3
sis-poliizopren, (tabiiy kauchuk)

Tabiiy kauchukning yana bir izomeri Indoneziya mam- lakati va Malukka yarimorolida o‘sadigan o‘simliklardan olina- digan shira tarkibini tashkil etuvchi polimer guttaperchadir. U tarkibi jihatidan tabiiy kauchukka mos kelib, umumiy (C5H8)n formula bilan ifodalansa ham, tabiiy kauchukdan trans- tuzilishi bilan farqlanadi. Guttapercha kabellarni izolatsiyalash uchun keng ko‘lamda ishlatiladi.


Kauchuk molekulasidagi qo‘shbog‘ning mavjudligi katta ahamiyat kasb etadi, ya’ni allil vodorod atomlari reaksion xususiyatini belgilovchi xossalarni namoyon qiladi. Bu vodorod atomlari vulkanlash jarayonida oson sulfid guruhlariga almashinadi va polimer zanjirining zvenolarini o‘zaro fazoviy bog‘laydi. Hosil bo‘lgan bunday to‘rsimon tuzilish kauchuk molekulasining elastikligi va chidamliligini belgilaydi, issiq haroratda esa uning yopishqoqligini yo‘qotadi.

CH3 CH3
.. . — CH — C= CH — CH2 — HC—C= CH — CH


S S
.. . — CH— C= CH — CH2 — H2C—C= CH — CH—...
CH3 CH3
Kauchuk suvda amalda erimaydi. Etil spirtda biroz eriydi, vodorod sulfidda, xloroformda va benzinda avval bo‘kadi, so‘ngra eriydi. Yuqori haroratda kauchuk yumshoq va yopish- qoq, sovuqda esa qattiq va mo‘rt bo‘ladi. Kauchuk uzoq saq- lansa, qattiq bo‘lib qoladi. Kauchukdan rezina tayyorlash uchun unga ma’lum miqdorda oltingugurt qo‘shib ishlanadi. Bundan tashqari, to‘ldirgichlar, stabilizatorlar, aktivatorlar, qotiruvchilar, ba’zan bo‘yoqlar ham qo‘shiladi.
Kauchukka 32 foizga qadar oltingugurt qo‘shilganda qattiq modda hosil bo‘ladi va u ebonit deb ataladi. Ebonit elektrotexnikada izolator sifatida ishlatiladi. Uning organik erituvchilarda eruvchanligi chiziqsimon tuzilgan yuqori mole- kular birikma ekanligidan dalolat beradi.
Kauchukka qotiruvchi (oltingugurt) qo‘shilganda qattiq holga o‘tishi, ya’ni vulkanlanishi chiziqsimon tuzilishdagi poli- merning to‘rsimon tuzilishga aylanganligini ko‘rsatadi. To‘rsi- mon tuzilishli polimerlar erituvchilarda erimaydi, qizdirilganda suyuqlanmaydi.
Sintetik kauchukning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, fizik- kimyoviy xossalari tabiiy kauchuknikidan tubdan farqlanishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zi sintetik kauchuklarning xossalari tabiiy kauchuknikidan afzaldir. Masalan, kauchuk sintez qilinganda uni sovuqqa chidamli, gaz o‘tkazmaydigan, benzin hamda yog‘ ta’siriga chidamli qilish mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling