Neft yo‘ldosh gazlarining xarakteristikasi
Nomi
|
Tarkibi
|
Qo‘llanilishi
|
Gazli benzin
|
Pentan, geksan va
|
Dvigatelni ishga tushirishni
|
|
boshqa uglevodorodlar
|
osonlashtirish uchun benzinga
|
|
aralashmasi
|
qo‘shiladi
|
Propan-butan
|
Propan va butan
|
Suyultirilgan gaz holida
|
|
aralashmasi
|
yonilg‘i sifatida ishlatiladi
|
Quruq gaz
|
Tarkibi jihatidan tabiiy
|
С2Н2, Н2 va boshqa moddalar
|
|
gazga o‘xshash
|
olishda hamda yonilg‘i
|
|
|
sifatida ishlatiladi
|
Tabiiy gazdan, asosan, issiqlik berish xususiyati yuqori bo‘lgan (1m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yonilg‘ilarning eng yaxshi turlaridan biridir.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko‘p usullari ishlab chi- qilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — to‘yingan uglevodo- rodlarni ancha aktiv — to‘yinmagan uglevodorodlarga aylan- tirishdan iborat, so‘ngra to‘yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo‘li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko‘mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo‘li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko‘paydi. Ko‘mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |