Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Nomenklatura va izomeriyasi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Nomenklatura va izomeriyasi. Ratsional nomenklaturaga muvofiq spirtlar gidroksil gruppasiga birikkan radikalning nomi bilan ataladi. Masalan:
CH3— CH2— CH2— CH2— OH CH3— CH2— CH2— CH2— CH2—OH butil spirt amil spirt va hokazo. Bu usul bilan spirtlarning izomerlarini nomlab bo‘l- maydi. Ma’lumki, spirtlar ham gomologik qatorning uchin- chi vakilidan boshlab izomerlar hosil qiladi. Ratsional no- menklaturaga muvofiq, spirtlarning izomerlarini atashda gid- roksil gruppa qaysi uglerod atomiga birikkanligi hisobga olinadi, masalan: CH3 — CH2 — CH2 — OH CH3 — CH — CH3 birlamchi propil spirt OH ikkilamchi propil spirt CH3— CH2— CH2— CH2— OH CH3 — CH2 —CH — CH3 birlamchi normal butil spirt OH ikkilamchi normal butil spirt CH3 D. CH3 — CH — CH2 —OH E. CH3 — C — CH3 CH3 OH birlamchi izobutil spirt uchlamchi izobutil spirt Xalqaro nomenklaturaga muvofiq spirtlarni nomlashda gid- roksil gruppa bilan birikkan radikallar kelib chiqqan uglevo- dorod nomiga -ol qo‘shimchasini qo‘shib ataladi. Spirtlarning izomerlarini nomlashda esa uzun zanjir raqamlanadi va gidrok- sil gruppa hamda zanjirning tarmoqlangan uglerodiga tegishli raqamlar qo‘yib aytiladi: CH3 — CH2 — CH2 — OH propanol-1 CH3 — CH — CH3 CH2(OH) — CH — CH3 OH CH3 propanol-2 2-metilpropanol-1 CH3 1 2 CH3 — C 3 CH3 OH 2-metilpropanol-2 Xalqaro nomenklaturaga asosan gidroksil gruppa joylashgan o‘rni ba’zan asosiy zanjirning boshida ham ko‘rsatiladi. Gid- roksilning o‘rnini -ol qo‘shimchasidan ilgari ham ifodalash mumkin. Masalan, yuqoridagi spirtlar quyidagicha ataladi: D. 2-metil-1-propanol yoki 2-metilpropan-1-ol E. 2-metil-2-propanol yoki 2-metilpropan-2-ol Butan CH3 — CH2 — CH2 — CH3 va izobutan (2-metil- propan) formulalaridan to‘rtta bir atomli spirtning formula- sini chiqarish mumkin. Pentan va uning izomerlari formu- lalaridan sakkizta turli spirtlar formulasini chiqarish mumkin. Bir atomli spirtlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘simliklar tarkibida kislotalar bilan birikkan holda, ya’ni murakkab efirlar shaklida uchraydi. Ba’zi quyi molekular spirtlar, masalan, metanol va etanollar erkin holda oz miqdorda uchrashi mumkin. Metanol ba’zi o‘simliklarning efir moylarida, etanol esa hayvonot va o‘simliklar a’zolarida erkin holda topilgan. Tabiatda spirtlarning murakkab efirlaridan tashqari, oddiy efirlarini ham uchratish mumkin. Spirtlar, asosan, ikki usulda: sintez usulida va biokimyoviy usulda olinadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling