Kimyoviy xossalari jihatidan glitserin etilenglikolga juda yaqin. Masalan, glitserin mis (II) gidroksid bilan ravshan ko‘k rangli mis glitserat hosil qiladi:
H
CH2OH CH—O O—CH2
Cu
2CHOH + Cu(OH)2 CH—O O—CH + 2H2O
H
CH2OH CH2—OH HO—CH2
mis glitserat
Bu reaksiya ko‘p atomli spirtlarga — etilenglikol, glitserin va ularning gomologlariga sifat reaksiyasidir.
Glitserinning nitrat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashib, nitro- glitserin hosil qilish reaksiyasi katta ahamiyatga ega:
CH2OH CH2—ONO2
CHOH + 3HNO3 CH—ONO2 + 3H2O CH2OH CH2—ONO2
Karbon kislotalar bilan glitserin murakkab efirlar — yog‘lar va moylar hosil qiladi.
Glitserinning hosilasi nitroglitserin (portlovchi modda) dinamit tayyorlashda, antifrizlar tayyorlashda, kosmetikada (terini yumshatadi), kon sanoatida ishlatiladi. Nitroglitse- rinning spirtdagi bir foizli eritmasidan yurak kasalliklarida dori-darmon sifatida foydalaniladi (qon tomirlarini kengayti- radi). Formatsiyada glitserin surtma moylar va pastalar tayyor- lashda ishlatiladi. Glitserin, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida vino, likor va limonadlarni shirinlashtirishda ishlatiladi.
11.2. Fenollar, tuzilishi va xossalari
Aromatik uglevodorodlar halqasidagi bir yoki bir necha vodorod atomlarini bir yoki bir necha gidroksil gruppalarga almashinishi natijasida hosil bo‘ladigan birikmalar fenollar deb ataladi.
CH3 CH3
OH OH
benzol fenol toluol o-krezol
Molekulasidagi gidroksil gruppalarning soniga qarab, fenol- lar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va ko‘p atomli bo‘ladi. Bir atomli fenollar. Halqadagi bitta vodorod atomi gidrok- silga almashingan aromatik uglevodorodlar hosilasi bir atomli
fenollar deyiladi.
Bunday gomologik qatorning birinchi vakili fenol (fenol karbol kislota ham deyiladi) bo‘lib, u va uning gomologlari yog‘och va toshko‘mirni quruq haydash jarayonida ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |