Ikki atomli spirtlar. A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasiga asosan ikki atomli spirtlarning birinchi vakili HO—CH2—OH tuzilishiga ega bo‘lishi kerak edi. Ammo bunday tuzilgan ikki
atomli spirtlar shu vaqtga qadar erkin holda olinmagan. Chunki bu birikma tarkibidan suvni tezlikda chiqarib yuborib, chumoli aldegidga aylanadi:
OH
CH —H2O
2 CH2 = O OH
Ikki atomli spirtlarning bu xossasi hamma organik birikmalar uchun umumiydir, ya’ni bir uglerod atomiga faqatgina bitta gidroksil gruppasi birikkan bo‘lishi mumkin. Molekulalardagi bitta uglerod atomi ikkita OH bilan bog‘- langan ba’zi murakkab moddalar ham bor, masalan, xloral- gidrat Cl3C—CH(OH)2. Bu birikma ham uzoq muddat tura olmaydi va parchalanib ketadi.
Etilenglikol. Etilenglikol shirin ta’mli sharbatsimon suyuq- lik, hidsiz, zaharli bo‘lib, to‘yingan ikki atomli spirtlar — glikollarning vakilidir. Glikollar qatorining umumiy formulasi CnH2n(OH)2. Uning ko‘pchilik vakillari shirin ta’mli bo‘lgani
uchun ham glikollar degan nom berilgan (grekcha „glikos“ —
shirin). Suv va spirt bilan yaxshi aralashadigan, 197°C da qaynaydigan suyuqlik bo‘lib, gigroskopik xususiyatga ega. Uning formulasi:
H H
H — C — C— H yoki CH2OH — CH2OH OH OH
Etilenglikolni etilenni kaliy permanganat eritmasi bilan oksidlab olish mumkin. Uni uglevodorodlarning digalogenli hosilalariga ishqorning suvdagi eritmasi bilan ishlov berish orqali ham olish mumkin:
CH2—CH2 + 2NaOH CH2—CH2 + 2NaCl
Cl Cl OH OH
Etilenglikol sanoatda etilendan uch xil usulda olinadi:
2 2
katalizator CH — CH
O
Cl 2HOH CH2—CH2
CH = CH 2 CH Cl — CH Cl
2 2 2 2
Cl2 + H2 O OH OH
HO CH2—CH2CI
Do'stlaringiz bilan baham: |