Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Sintez usulda spirtlar olish. 1. Murakkab efirlardan olish
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monogalogenli hosilalardan olish.
- To‘yinmagan uglevodorodlardan olish.
- Biokimyoviy usul bilan spirtlar olish.
Sintez usulda spirtlar olish. 1. Murakkab efirlardan olish. Tabiiy moddalar, masalan, mevalar, daraxt mumlari tarkibi- dagi murakkab efirlar gidrolizlanganda spirt va kislotalarga parchalanadi:
O O R — O — C — R + HOH R — OH + HO — C — R murakkab efir spirt kislota Odatda, murakkab efirlar kislota yoki ishqorlar ishtirokida gidrolizlanadi. Monogalogenli hosilalardan olish. To‘yingan uglevodo- rodlarning monogalogenli hosilalarini gidrolizlab, spirt olish mumkin. Ammo gidroliz qaytar reaksiya bo‘lganligidan suv o‘rniga ishqorlar ishlatiladi: R—CH2CH2Br + KOH RCH2—CH2—OH + KBr To‘yinmagan uglevodorodlardan olish. Bu usulda spirt- lar olish uchun to‘yinmagan uglevodorodlarga katalizator ishtirokida suv biriktiriladi, ya’ni gidratlanadi. Shuning uchun ham bu reaksiya gidratlash reaksiyasi deyiladi. Odatda, kata- lizator sifatida sulfat kislotadan foydalaniladi. To‘yinmagan uglevodorodlarning birinchi vakili — etilen doimo birlamchi spirt hosil qiladi: H2SO4 CH2=CH2 + HOH CH3—CH2—OH Hozirgi vaqtda etanol shu usul bilan olinmoqda. Etilenning gomologlari gidratlanganda ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar ham hosil bo‘lishi mumkin. Olefinlarga suv Markovnikov qoidasiga muvofiq birikadi. Bunda, masalan, propilendan ikkilamchi, butilendan esa uchlamchi spirtlar hosil qilinadi: CH3—CH = CH2 + HOH CH3—CH(OH)—CH3 (CH3)2C = CH2 + HOH (CH3)2COH—CH3 Biokimyoviy usul bilan spirtlar olish. Shakar moddalarni achitqi fermentlar ta’sirida bijg‘itib spirtlar olish usuli bio- kimyoviy usul deyiladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, kraxmalli mod- dalar, masalan, bug‘doy, jo‘xori, javdar, kartoshka 140—150°C temperaturada suv bug‘i bilan ishlanadi va tarkibidagi kraxmal diastaza fermenti yordamida maltozaga aylantiriladi: (C6H10O5)m + nH2O nC12H22O11 kraxmal maltoza Kraxmal diastaza fermenti yordamida maltozaga aylanish jarayoni taxminan 60°C atrofida boradi. Maltoza esa 33°C da maltoza fermenti ishtirokida suvni biriktirib oladi va ikki mole- kula glukozaga aylanadi: C12H22O11 + H2O 2C6H12O6 maltoza glukoza Glukoza, o‘z navbatida, achitqi fermentlar ta’sirida par- chalanib, etil spirt hamda uglerod (IV) oksid hosil qiladi: C6H12O6 2C2H5 – OH + 2CO2 Biokimyoviy jarayonlar natijasida faqatgina etil spirt emas, balki oz miqdorda aldegid va molekulasida 3 dan 5 tagacha uglerod atomlari bor spirtlar aralashmalari (sivuxa moylar) ham hosil bo‘ladi. Bu aralashmadan propil, izobutil, amil va boshqa spirtlar ajratib olinadi. Hozirda spirtlar, ayniqsa, etil spirt kraxmalli oziq-ovqat mahsulotlaridan emas, balki sellulozali birikmalardan olin- moqda. Ma’lumki, selluloza ham kraxmalga o‘xshash murak- kab organik birikma bo‘lib, polisaxaridlar gruppasiga kiradi. Sellulozaning formulasi (C6H10O5)m ham kraxmalning formu- lasidan farq qilmaydi, ammo selluloza suvda erimaydi. Sulfat kislota ishtirokida va bosim ostida gidrolizlanib, glukozaga aylanadi. Gidroliz natijasida hosil qilingan glukoza yuqorida ko‘rsatil- gan usul bilan etil spirtga aylantiriladi. Bunday spirt gidroliz spirti deb ataladi. Gidroliz spirti tarkibida biroz metil spirt, aldegidlar va murakkab efirlar ham bo‘ladi. Shuning uchun ham gidroliz spirti texnik maqsadlarda ishlatiladi. Sanoatda gidroliz spirt olish uchun yog‘och qipig‘i va o‘rmon sanoatida boshqa chiqindilardan foydalaniladi. O‘zbekis- ton sharoitida paxta shulxasini gidrolizlab, spirt olinadi. So‘nggi yillarda g‘o‘zapoyani gidrolizlab spirt olish usuli ham ishlab chiqildi. Qog‘oz sanoatining chiqindilaridan ham gidroliz spirt olish mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling