Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Toshko‘mir va ularni qayta ishlash


Download 1.22 Mb.
bet94/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

10.3. Toshko‘mir va ularni qayta ishlash


Neft va gaz manbalari. Toshko‘mir koks pechlarida havosiz sharoitda 1000—1200°C ga qadar qizdirilganda koksga aylanadi. Koks ozroq anorganik moddalar (kul) aralashgan deyarli butunlay ugleroddan tarkib topgan g‘ovak bo‘laklardir. Toshko‘mirni quruq haydash jarayonida suyuq va gazsimon mahsulotlar ham hosil bo‘ladi. Gazsimon mahsulotlar koks gazi deyiladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda metan, shu- ningdek, to‘yinmagan uglevodorodlar, uglerod oksid va past haroratda qaynaydigan uglevodorodlarning bug‘lari bo‘ladi. Koks gazi sovitilganida undan suyuq uglevodorodlar aralashmasi ajralib chiqadi. Bu aralashma tarkibida benzol va uning gomologlari, shuningdek, ozroq miqdorda boshqa uglevo- dorodlar bo‘ladi. Suyuq mahsulotlar toshko‘mir qatroni va ammiakli suv holida olinadi. Ammiakli suvdan ammiak va uning birikmalarini olish uchun foydalaniladi. Toshko‘mir qatroni smolasimon qora massa (qoramoy) ko‘rinishida bo‘ladi. Toshko‘mir qatronida ko‘p miqdorda kimyo sanoati uchun zaruriy turli xil moddalar bo‘ladi. Bu moddalarni ajratib olish uchun u fraksiyalab haydaladi. Toshko‘mir qatronining fraksiyalari quyidagilardir:

      1. 160°C ga qadar qaynaydigan fraksiya yengil moy deb

ataladi. Bu fraksiyada, asosan, benzol va uning gomologlari (toluol hamda ksilollar) bo‘ladi.

      1. 160—230°C da haydaladigan fraksiya o‘rta moy yoki karbol moyi deyiladi. Bu fraksiyada fenollar bo‘ladi.

      2. 230—270°C da haydaladigan fraksiya og‘ir moy yoki kreozot moyi deyiladi. Bu fraksiyada ko‘p miqdorda naftalin bo‘ladi.

      3. 270—360°C da haydaladigan fraksiya yashil moy yoki antrasen moyi deyiladi. Qattiq qora qoldiq qurum deyiladi.

O‘zbekistonda neft va gaz manbalari. O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega. Neft, gaz va kondensat
zaxiralari o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlab qolmay, shu bilan birga energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Mutaxassislar baholashicha, O‘zbekistonning yer osti- da juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi- G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. 1992-yilda Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash imkonini beradi. Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog‘lamoqda. Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rtan va Mu- borak guruhlariga kiruvchi konlardir. Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar — polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tash- qari, Sho‘rtangazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin. Gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bo‘yicha ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan obyektlarning hamma- sida oltingugurtli birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan.
O‘zbekistonda ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun
konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zaxirasi 2 milliard tonnadan ortiq. Ular orasida Angren ko‘mir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda ko‘mir zaxiralari ilg‘or hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150—250 metr chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarini ochiq usulda, yer osti usulida va yer ostida gazga aylantirish usulida chiqitsiz texnologiyadan foydalanib qazib olinmoqda. Ko‘mir bilan birga juda qimmatbaho mineral xomashyo zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars qumlar, tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa elementlar ham qazib olinmoqda. Ular hozirgi ishlab chiqarishlarning ko‘pgina turlarini rivoj- lantirish uchun kuchli xomashyo bazasi bo‘lib xizmat qiladi.






Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling