Maxsus, kasb-hunar ta’limi
To‘yingan bir va ko‘p atomli organik spirtlar
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
11.1. To‘yingan bir va ko‘p atomli organik spirtlarUglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomla- rini gidroksil gruppalarga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmalar spirtlar yoki boshqacha aytganda, alkogollar de- yiladi.Spirtlar molekulasidagi gidroksil gruppalarining soniga qarab bir atomli, ikki atomli, uch atomli va ko‘p atomli bo‘lishi mumkin. Molekulasi tarkibida bitta gidroksil gruppa bo‘ladigan spirtlar — bir atomli, ikkita gidroksil gruppa bo‘la- digan spirtlar ikki atomli deyiladi va hokazo. Odatda, moleku- lasida ikki va undan ortiq gidroksil gruppalar bo‘ladigan spirtlar ko‘p atomli spirtlar deb yuritiladi. To‘yingan uglevodorodlarning umumiy formulasi (CnH2n+2) ni boshqacha yozish ham mumkin, ya’ni: CnH2n+1H Bu formuladagi bir vodorod atomi gidroksil gruppaga almashtirilganda bir atomli spirtlarning umumiy formulasi hosil bo‘ladi. CnH2n+1 — OH Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, spirtlarning umumiy formulasi to‘yingan uglevodorodlarning umumiy formula- sidan faqat kislorod atomi bilangina farqlanadi. Demak, spirtlarni oksidlangan to‘yingan uglevodorodlar deb qarash mumkin. Bir atomli spirtlar to‘yingan uglevodorodlar kabi gomo- logik qatorni tashkil qiladi. Spirtlarning gomologik qatoridagi a’zolari o‘zaro metilen gruppa bilan farqlanadi. Bir atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil gruppa qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab, ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga farqlanadi. R R R — CH2OH CH(OH) R C — OH birlamchi R R spirt ikkilamchi uchlamchi spirt spirt Radikallar (R) bir xil hamda har xil bo‘lishi mumkin. Spirtlar molekulasidagi uglerod atomining soniga qarab quyi hamda yuqori molekular spirtlarga bo‘linadi. Spirtlarni bunday gruppalarga bo‘lish shartli bo‘lib, ko‘pincha, molekulasida yettitagacha uglerod atomi bo‘ladigan spirtlar quyi molekular spirtlar, sakkizta va undan ko‘p uglerod atomlari bo‘ladigan spirtlar yuqori molekular spirtlar deyiladi. Molekulasida 4 — 7 ta uglerod atomi bo‘ladigan spirtlar o‘rtacha molekular spirtlar deb ataladi. Spirtlarni atashda molekular so‘zini qo‘shmasdan „quyi“, „o‘rtacha“ va „yuqori“ spirtlar deb yuritiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling