Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari.
Fizik xossalari. Uglerod atomlari qisqa zanjirli bir atomli to‘yingan birlamchi spirtlar — suyuqliklar, yuqorilari esa (C11H23OH dan boshlab) qattiq moddalardir. Spirtlarning
nisbiy molekular massasi ortib borgan sari ularning qaynash temperaturalari ko‘tariladi. Tegishli uglevodorodlarga qaraganda spirtlarning qaynash temperaturasi anchagina yuqori. Buni kimyoviy bog‘larning vodorod bog‘lar hosil bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. Vodorod bog‘lar spirtlar molekulalari o‘rtasida ham, shuningdek, spirt bilan suv molekulalari o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin. R — O R R — O ¾ H H ¾ O— H H ¾ O — H Kimyoviy xossalari. 1. Bir atomli spirtlar yaqqol ifoda- langan ishqor yoki kislota xossalariga ega emas. Spirtlarning suvdagi eritmalari indikatorlarga ta’sir etmaydi. Quyi molekular spirtlar ba’zi xossalari jihatidan suvga yaqin, ularning molekular og‘irligi ortishi bilan xossalari suv- nikidan tubdan farqlana boshlaydi va uglevodorodlarning xossalariga yaqinlashadi. Spirtlardagi vodorod atomlarining eng harakatchan va reaksiyaga eng faol kirishadigani gidroksil gruppasidagi vodorod atomi hisoblanadi. Spirtlarga ishqoriy metallar ta’sir ettirilganda, ularning gidroksil gruppasidagi vodorod o‘rnini metall egallaydi va qattiq, spirtda eriydigan alkogolatlar hosil bo‘ladi: 2 2R—OH + 2Na 2R—ONa + H Alkogolatlar beqaror moddalar bo‘lib, suv ta’sirida oson parchalanadi: R—ONa + HOH R—OH + NaOH Spirtlar konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida galo- genid kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, uglevodorodlarning galogenli hosilalarini hosil qiladi: H2SO4 2 R—OH + H—Cl RCl + H O Spirtlarning bu reaksiyaga kirishish aktivligini quyidagicha tasvirlash mumkin: birlamchi Suvni tortib oluvchi moddalar ishtirokida va yuqori haroratda spirtlar molekulalaridan suv ajralib chiqadi va to‘yinmagan uglevodorodlar hosil bo‘ladi: t>140 °C, H2SO4 (kons) H3C—CH2—OH H2C = CH2 + H2O Spirt miqdori ortiqcha va temperatura pastroq bo‘lsa, oddiy efirlar hosil bo‘ladi: t<140 °C, H2SO4(kons) CH3—CH2—OH + HO—CH2—CH3 CH3—CH2—O—CH2—CH3 + HOH dietil efir Spirtlarga mineral yoki organik kislotalar ta’sir ettiril- ganda, ularning gidroksil gruppasidagi vodorod atomi kislota qoldig‘iga almashinadi va natijada murakkab efir hosil bo‘ladi. Bu reaksiya eterifikatsiya reaksiyasi deb ataladi. R—OH + HOSO3H R—O—SO3H + H2O O O R—OH + HO—C—R R—O—C—R + H2O 140> Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling