Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet106/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Ikki atomli fenollarga pirokatexin, rezorsin va gidroxi- nonni misol qilib keltirish mumkin.
OH OH OH


OH
OH
OH
pirokatexin rezorsin gidroxinon
Pirokatexin. Suyuqlanish temperaturasi 10°C, qaynash temperaturasi 245°C bo‘lgan ikki atomli fenol. U ochiq havoda qorayib qoladi. Ko‘pchilik o‘simliklar tarkibida uchraydi. Kotexa deb ataluvchi smola quruq haydalganda pirokatexin haydalib chiqqan, bu moddani pirokatexin deyish ham shundan olingan. Uning gvayakol deb ataluvchi monometil efiri ko‘p tarqalgan.

Rezorsintabiatda topilgan emas, u dimetilsulfokislotalar- ni ishqorlar ishtirokida suyuqlantirib olinadi, turli qim- matbaho bo‘yoqlar sintez qilishda, tibbiyotda dezinfeksiyalov- chi modda sifatida ishlatiladi. Rezorsin temir (III) xlorid ta’sirida binafsharang hosil qiladi.
Gidroxinon (suyuqlanish temperaturasi 170°C) — tabiatda ko‘pchilik o‘simliklarning tarkibida bo‘ladigan arbutin glikozidi holida uchraydi:


HO O—C6H11O5
arbutin glikozidi
Arbutin glikozidi gidrolizlanganda gidroxinon hosil bo‘ladi. Texnikada gidroxinon xinonni qaytarish yoki n- xlorfenolga yoxud n- dixlorbenzolga 200 °C da bosim ostida mis katalizatori ishtirokida o‘yuvchi natriy eritmasi ta’sir ettirish yo‘li bilan olinadi.
O OH
C C


HC CH qaytarilish HC CH HC CH oksidlanish HC CH C C
O OH
xinon gidroxinon
Gidroxinonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u oson oksidlanib, xinon hosil qiladi. Oksidlanish vaqtida to‘q rangli oraliq modda — xingidron (xinon bilan gidroxinonning mole- kular birikmasi) hosil bo‘ladi. Gidroxinon fotografiyada ochil- tirgich modda sifatida ko‘p ishlatiladi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling