Olinishi. 1. Birlamchi spirtlarni oksidlab, aldegidlar olish mumkin. Bu jarayonni suyuq va gaz fazalarda olib borish mumkin. Oksidlash jarayoni suyuq fazada olib borilganda
K2Cr2O7, KMnO4, CrO3, MnO2 va boshqa oksidlovchilar ishlatiladi.
Gaz fazada oksidlash uchun esa spirt bug‘larining havo bilan aralashmasi yuqori temperaturada (300 — 600°C) metall katalizatorlar (Cu, Zn) ustidan o‘tkaziladi. Sanoatda formal- degid olish shunga asoslangan. Yuqori temperaturada mis havo kislorodi bilan birikib, mis (II) oksid hosil qiladi:
2Cu + O2 = 2CuO
Mis(II) oksid metanolni oksidlab, formaldegidga aylanti- radi:
CH3OH + CuO HCHO + Cu + H2O
Bu reaksiya uzluksiz ravishda davom etadi, chunki reak- siyada ajralib chiqqan mis metali havo kislorodi bilan qayta- qayta oksidlanib, metanolning yangi qismlarini oksidlab beradi.
Spirtlarni katalitik degidrogenlash yo‘li bilan ham alde- gidga aylantirish mumkin:
O
ZnCu
R—CH2—OH R—C + H2
300—400°C H
To‘yingan uglevodorodlarni digalogenli hosilalaridan olish mumkin. Agar galogen atomlari geminal joylashgan digalogenli hosilalar ishqorning suvli eritmasi bilan qayna- tilsa, aldegid hosil bo‘ladi:
H H
–2NaCl
CH3—C—Cl+2NaOHCH3—C—OH CH3—C = O
–H2O
Cl OH H
Asetilenga suv ta’sir qildirib (gidratlab) sirka aldegidini olish mumkin (Kucherov reaksiyasiga qarang):
O
HC CH + HOH CH3 — C
H
Fizik xossalari. Aldegidlarning eng birinchi vakili — chumoli aldegid (formaldegid) oddiy sharoitda bo‘g‘uvchi o‘tkir hidli gaz. Aldegidlarning quyi vakillari suyuq modda bo‘lib, suvda va organik erituvchilarda oson eriydi. Yuqori vakillari qattiq moddalar hisoblanadi.
Aldegidlarning ba’zilari (C9 va C10) atirgul hidini eslatuv- chi xushbo‘y bo‘ladi. Ularning molekular og‘irligi ortishi bilan qaynash temperaturasi ko‘tariladi. Normal aldegidlarning qaynash temperaturasi tarmoqlangan zanjirli aldegidnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Masalan, moy aldegid 75°C da, izomoy aldegid esa 64°C da qaynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |