Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Psixometrik mezonlar 
— bir qancha chet el mamlakatlarida o'tkaziladigan 
tajribalar, standart topshiriqlar bo‘lib, aqliy kamol topish darajasini, bolalar 
va kattalar shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini va boshqa jihatlarini belgilashga 
qaratilgan. Psixometrik mezonlardan bolalarni ommaviy maktablarga ham, 
maxsus maktablarga ham tanlab olishda keng foydalaniladi. Psixometrik 
mezonlar ilmiy asoslanmagan bo‘lib, bola shaxsining asl xususiyatlarini 
ochib bermaydi va aqliy kamol topishga tashxis qo‘yilayotganda ishonchli 
mezon bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Psixoterapiya 
bemorga tushuntirish, ishontirish tarzida psixik ta’sir 
ko‘rsatish yordamida davolash. Bu ish eng qulay sharoitlar yaratish va har 
qanday noqulay faktorlarni bartaraf etish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. 
Har qanday bolalar muassasasidagi tarbiyaviy jarayonda, ayniqsa kamol 
topishida kamchiligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash sharoitida psixoterapevtik 
yo‘l tutish muhimdir.
218


Reaktiv holat 
- og‘ir kechinmalar munosabati bilan vujudga keladigan 
ruhiy xastalik. Depressiya, emotsional esankirash, vahima, qo‘rquv tar/.ida 
namoyon bo'lishi mumkin.
Rezonyorstvo (mahmadanalik) 
— mavhum va axloqiy mavzularda uzoq 
mulohaza yuritishga moyillik.
Retsidiv 
— yo‘qolib ketgandek tuyilgan biror hodisaning takrorlanishi
qayta ro‘y berishi.
Seksuallik 
— boshqa jinsdagi kishilarga ortiqcha qiziqish bilan qarash.
Somatik 
— badanga oid (psixik narsalardan farq qiladi).
Spontan faoliyat 
— go‘yo o‘z-o‘zidan, o‘z xohishi bilan, tashqi ta’sirlarsiz 
vujudga keladigan faoliyat.
Status 
— bemomi ko‘zdan kechirish paytida uning holatini bayon qilish, 
bu hoi jismoniy, asabiy-ruhiy sohaga yoki ayrim sistemalar va organlarga 
taalluqli boiishi mumkin.
Stereotiplik 
(harakat, fikr stereotipligi) - harakatlar, flkrlarning 
o‘zgarmasdan takrorlanishi, bir marta o‘zlashtirib olingan fikrdan boshqa 
fikrga o‘tishning qiyinligi, bu hoi miya qobig'idagi nerv jarayonlarining yetarli 
darajada harakatchan emasligidan dalolat beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling