Maxsus pedagogika
Yordamchi maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
2.2. Yordamchi maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunida (1997- yil 29-avgust), jumladan, maxsus ta’lim xususidagi 23-moddasida nogiron va alohida yordamga muhtoj bolalarga ta ’lim-tarbiya berish borasida tegishli ко"rsatmalar belgilab qo‘yilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi maxsus ta’lim sohasida (aqli zaif, kar-soqov, ko‘zi ojiz, tayanch harakati apparati buzilgan bolalar maxsus ta ’limi) o ‘rtaga tashlanayotgan vazifalami bajarish ko‘p jihatdan o ‘qituvchi- defektologga bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida maxsus maktablarda korreksion ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish vazifasi asosan o‘qituvchi-oligofrenopedagog zimmasiga yuklatilgan. Bu esa, o ‘z navbatida, yordamchi maktabni boshqarish bilan bog'liq. Shu sababli ham maxsus maktablarni boshqarish nizomida maxsus maktab direktori mutaxassis-defektolog bo‘lishi shart deyilgan. Qaysi maxsus maktab direktori mutaxassis bo‘lsa, o ‘sha yerda ichki va tashqi nazorat ishlari, korreksion ta ’lim-tarbiya ishlari ham izchil va samarali bo‘ladi. Pedagog- defektologlar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish, bir tomondan, har bir oligofrenopedagogning o ‘z ishi uchun mas’uliyatini oshiradi hamda o ‘z ishida kamchiliklami o ‘z vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi. Yordamchi maktab ichki nazoratining bir qancha ko'rsatmalari mavjud: yordamchi maktab rahbari va uning ilmiy ishlari bo‘yicha muovini darslarga kirishlari, turli mashg‘ulotlar shakllarini tahlil qilishlari, darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun yil davomida darslarga kirish rejalarini kuzatadilar hamda yosh mutaxassis-oligofrenopedagoglarga metodik yordam ko‘rsatib boradilar. Yordamchi maktabda darslarga kirish va uni kuzatish m a’lum maqsadga qaratilgan. Bunday darslarga kirish va kuzatishlar o ‘quvchilaming aqliy faoliyatlari haqida xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ba’zan yordamchi maktab o ‘qituvchilari o ‘quvchilaridan biri yordamchi maktab o ‘quv 3 - 33 33 dasturini o ‘zlashtira olmayotganligi uchun uni maktabdan chiqarishlarini so‘rab ariza beradi. Ana shunday hollarda muammoli hodisalar ota-onalar bilan yoki o‘qituvchi bilan yuz bermasligining oldini olishda ham qo‘l keladi. Yordamchi maktab rahbari va uning o ‘quv ishlari bo‘yicha muovini darsni tekshirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak: — darsning korreksion maqsadi qanchalik to ‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib ifodalanganligi; — darsning bosqichlari qanchalik o‘ylab olinganligi, darsning korreksion tarbiyalovchi ahamiyati; — maqsad yuzasidan uning mazmuni bayon etilganligi; — materialning ilmiy-nazariy saviyasi qandayligi; — o ‘qituvchi-defektolog qo‘llagan uslublar qanchalik samarali hamda zamonaviy bo‘lishi; — darsda o ‘qituvchi-oligofrenopedagogning didaktik qoidalarga rioya qilishi; — o'qituvchi-oligofrenopedagogning har bir darsda har bir o ‘quvchi bilan individual shug‘ullanib, ulaming korreksion aqliy o‘sishiga qanchalik erishishi, maxsus ta’limning ko‘rsatma va texnik vositalaridan qanchalik malakali foydalanishiga e’tibomi qaratish lozim. D arsning boshi va oxiriga, tashkiliy to m o n ig a, darsning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o ‘tilishiga, ularning mantiqiy bog‘la- nishiga, darsdagi ja m o a ishining birga q o ‘shib olib borilishiga, o ‘quvchilardan so‘rash va ulaming bilimlarini baholashga hamda uyga beriladigan topshiriqlar sistemasiga e’tibor berish nihoyat muhimdir. Shu bilan birga darsga ketgan vaqtni belgilash zarur. Bular dars vaqtini obyektiv baholash imkonini beradi. Darsning tarbiyaviy tomoniga ham alohida e ’tibor qaratiladi. Darsning tuzilishi mazmuni, uslublari, o'qituvchining darsdagi xatti- harakatlari tarbiyaviy nuqtai nazardan baholanadi. Yordamchi maktab rahbari h ar bir darsni kuzatib b o ‘lgandan so‘ng o ‘qituvchi bilan suhbatlashib, uning yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida madaniyatli qilib aytib o ‘tishi va uning kelgusi faoliyati uchun muvaffaqiyat tilashi lozim. Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari aqli zaif o ‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ulami tekshirib turadilar. Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari tadbirlaming g‘oyaviy yo‘nalishini tashkil etishning ilmiy-uslubiy darajasi aqli zaif bolalarning qiziqishlari va uning faolligi, mashg‘ulotning o‘quv- tarbiyaviy qimmatiga alohida e’tibor qaratadilar. Yordamchi maktabda oligofrenopedagoglar, sinf rahbarlari, direktor va uning muovinlari o‘zlarining ishlari haqida hisobot beradilar. Hisobot berish oligofrenopedagoglar yordamchi maktab rahbarlariga o‘z ishlarining natijalarini tahlil qilishga, aqli zaif o‘quvchilarga ta ’lim berishda ba’zi 34 kamchiliklaming sabablarini ochishga, ulami bartaraf etish yo'llarini belgilashga ko'maklashadi. Yordamchi maktabda har bir o‘quvchi jiddiy hisobga olib boriladi: o‘quvchilami kuzatish daftari va shaxsiy papkalari bo‘ladi. Yordamchi maktab o‘quvchisiga berilgan psixonevrologning xulosasi, tashxisi, aqli zaif o‘quvchining qabul qilingan vaqti, sanasi, qayerdan kelganligi haqidagi ma’lumotlar boladi. Shaxsiy hujjatlarda yordamchi maktab o ‘quvchisining yordamchi maktab dasturini o‘zlashtirishi va xulqining ahvoli haqidagi umumiy ma’lumotlar boladi. Bu hujjatlar o‘quvchi yordamchi maktabni tugatgandan so‘ng yordamchi maktab arxivida saqlanadi. Yordamchi maktab ishini har jihatdan to ‘g‘ri tashkil qilish, uning samaradorligi natijasi garovidir, bu esa jamoa mehnati jarayonlarini oqilona yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Yordamchi maktab o ‘quvchilarini korreksion tarbiyalash ko‘plab kishilaming g‘amxo‘rligi, umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan, demak, bu mehnatning muvafFaqiyati ko‘p jihatdan ulaming kuchlari qanchalik to ‘g‘ri yo‘naltirilganligiga, maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bog‘liq. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling