Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
- SAMARQAND – 2013 2 TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING
- 1.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi
- 2.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati
- Muammoning o’rganilganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.
- Tadqiqotning predmeti
- Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
1
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Huquqshunoslik fakulteti
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI «5380100-Yurisprudensiya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY IShI
«Ish ko’rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar: dots. Z.O.Quvondiqov ruxsat berildi» «__» ______________ 2013y. Kafedra mudiri:_____________ Taqrizchi ___________________ dots.X.Mamatov «____» ______________ 2013 y «____»____________ 2013 y
SAMARQAND – 2013 2
HUQUQIY ASOSLARI
Reja: Kirish 1.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi 1.1. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. 1.2. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi va uning mazmuni. 2.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining tashkiliy –huquqiy asoslari 2.1. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tushunchasi va ularni tashkil etish tartibi 2.2. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
3
Mavzuning dolzarbligi. Biz bugun tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashmoqdamiz 1 .
oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muxofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin 2
Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kafolatlashdan iboradir. Ushbu
kafolatlar avvalo
mamalakatimiz Konstitusiyasida va Konstitusiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi.
1
yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. T.:2013.,O’quv qo’llanma.122 bet. 2 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т.: Ўзбекистон нашриѐти, 2012 йил, 11-бет. 4 Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib, ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko’rish mumkin. 1
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. «Tadbirkor» va «biznes» kabi tushunchalari, ularning iqtisodiy faoliyat soxalarini kurilayotganda ma’nodosh deb xisoblanmaydi. «Biznes» tushunchasi «tadbirkor»dan ancha keng ma’noga ega, deb karaladi. G’arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti xakidagi adabiyotlarida, biznes - jamiyatning talab va xohishlarini kondirishga karatilgan ishlab chikarish tizimi deb tushuntiriladi. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni kamrab oladi va fakat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu xolatda, biznes so’zining sinonimlari bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotik kabi tushunchalar xisoblanadi. Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi ishchanlik faolligidir. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida xususiyatlari:
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012
йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. http//Uza.uz/uz/politic
5 ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi. Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati qo’llanadi. O’zining «kichik biznes» degan nomiga qaramasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud: - maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir; - kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir; - ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi; - moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida majburiyat munosabatlari fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasida yuridik shaxs bilan jismoniy shaxslar o’rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlar yoki iqtisodiy faoliyat natijasida taraflar o’rtasida tuzilgan bitimlar va shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin.
6 Tadbirkorlik munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 2012 yil 2 mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi. FKning 24-moddasida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati keltirilgan bo’lib, unda tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etmasdan yoki uni tashkil etish tartib qoidalari belgilab qo’yilgan. Tadbirkorlik ham – fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, mol-mulkni topshirish, ish barjarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va boshqalar yoki muayan harakatdan qo’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Yuqoridagi qonunning 3- moddasida tadbirkorga qonuniy ta’rif berilgan bo’lib unda tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan єonun hujjatlariga muvofiє amalga oshiriladigan, tavakkal єilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini huquqiy himoya qilishda avvalo ularga etkazilgan mulkiy zararni undirish muhim hisoblanadi. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqida zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida ko’plab olimlarning nazariy-amaliy fikrlarini keltirib o’tish mumkin. Akademik X.Rahmonqulov fuqarolik huquqiy javobgarlik qo’yidagi ikkita asos bo’yicha ya’ni zararlarni qoplash va neustoyka undirish shakllaridan iborat ekanligini ta’kidlaydi 1 . Prof.I.Zokirov majburiyat subyektlarining javobgarligi qarzdor bo’lgan shaxs uni butunlay bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan dalolat beradi. Ya’ni, majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning
1 Раҳмонқулов Х.Р. Мажбурият ҳуқуқи. Т.: 2006. -143 б. 7 subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Qarzdorning huquqqa xilof xatti- harakati huquq normalariga riof qilmaslikni bildirganligi tufayli, jumladan, qarzdor tomonidan olingan majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi vash u bilan shartnoma intizomining buzilishi – qonunchilikni buzish deb, yuritilishini tushuntiradi. 1
shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo’lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo’qolishi yoki shikastlanishi haqiqiy zarar, shuningdek bu shaxsning huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo’lgan lekin, ololmay qolgan daromadlari boy berilgan foyda tushunilishini FKda belgilangan norma asosida ta’kidlaydi. 2
Shartnoma shartlarini buzish fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini qo’llashni belgilab, taraflardan biriga yetkazilgan zararni undirish majburiyatini yuklaydi. Ushbu huquqiy majburlov choralarini qo’llashning asosiy huquqiy manbalari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. Shuningdek, ayrim olimlar fuqarolik huquqiy javobgarlik borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borib, ushbu javobgarlikni keltirib chiqaruvchi asoslar hamda shartnomaga asoslangan majburiyatlarning buzilishi fuqarolik huquqiy javobgarlikning obyektiv tusdagi shart-sharoitlaridan iborat ekanligini va majburiyatlarning buzilishi fuqarolik huquqi fanida huquqqa zid xatti- harakat, ya’ni huquqbuzarlik bo’lib hisoblanishini tushuntiradilar. 3
anglatadiki, fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining qonunda belgilangan tartib va qoidalar asosida amalga oshiriladigan u yoki bu tusdagi xarakatlarining oqibati fuqarolik huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradi va ushbu huquqlarni bugungi kunda yanada batafsilroq o’rganishni, fuqarolarning
1
И.Зокиров. Фуқаролик ҳуқуқи. Т.: ТДЮИ. 2006 325-326-бетлар
2 Эгамбердиева Н.Х. Фуқаролик ҳуқуқий жавобгарликнинг асослари ва шакллари. Т.: 2007.60-61-бетлар
3 Қаранг: Ф.Шодманов. Қишлоқ хўжалигида шартнома мажбуриятларини бузганлик учун жавобгарлик. Т.: 2004. 8-бет., К.Синдоров. Қишлоқ хўжалиги соҳасидаги шартномалар. Т.: 2003. 121-бет. 8 huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yo’l qo’ymaslik muhim ahamiyatga ega ekanligini his qilib, bularni yanada chuqurroq o’rganishni maqsad qildik. Shu va boshqa obektiv zaruratlarni hisobga olib, biz mazkur bitiruv malakaviy ishning mavzusini ham aynan shu muamolarni o’rganishga bag’ishladik.
tadbirkorlik faoliyati subyektlari o’rtasida bo’ladigan asosiy munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabat shakliga egadir. Bu muammolarga fuqarolik huquqi sohasidagi ko’plab olimlar va amaliyotchi mutaxasislar e’tibor qaratishgan. Jumladan, akademik Rahmonqulov X.R, prof.I.Zokirov, prof.O.Oqyulov, prof.M.Rahmonqulov, prof.F.Shodmonov, yuf.d.K.Sindorov, yu.f.n.M.Sattarova., yu.f.n.N.Egamberdiyeva, dos.V.Ergashev, dos.T.Bekmuradov, dos.A.G’ulomov., dos.Z.Quvondiqov va boshqalarning ishlarida fuqarolik-huquqiy majburiyatlar yuzasidan javobgarlik muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, ushbu sohada ko’plab xorijiy olimlar va mutaxassislar ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Bular prof. Ioffe O.S., prof. Suxanov Ye.A., prof., S.E.Bratus, prof. S.S.Alekseyev., prof. B.I.Puginskiy va boshqalarning ishlarida ushbu mummolarning ayrim jihatlari o’rganilgan. Biroq mazkur olimlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha shakllarini umumiy tartibda o’rganilgan. Lekin ushbu olimlar har bir tashkiliy huquqiy shakllarda yuzaga keladigan muammolari yuzasidan aloxida tartibda tizimli tahlil olib borilmagan.
SamDUning ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga kiritilib, ilmiy Kengashning 2012 yil 3-dekabrdagi majlisining 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
tadqiqot olib borishdan asosiy maqsad fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib 9 chiqadigan majburiyatlar, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, ularning tushunchasi, ahamiyati mazmuni, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning turlari, shartnomaviy va shartnomadan tashqari kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi ularning farqli jihatlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning moddiy yoki prosessual choralarini qo’llash tartibi, ular ijrosini ta’minlash hamda ushbu sohadagi qonun hujjatlarni takomillashtirish masalalari ishning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Tadqiqot vazifalari. Tadqiqotning asosiy vazifalari ishning maqsadidan kelib chiqib, ilmiy izlanish davomida qo’yidagi vazifalarni hal etishga harakat qilindi: 1.Bob.
O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi 1.1. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. 1.2. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi va uning mazmuni. 2.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining tashkiliy –huquqiy asoslari 2.1. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tushunchasi va ularni tashkil etish tartibi 2.2. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari
faoliyatida kelib chiqadigan majburiyatlar, ularning turlari hamda vujudga kelish asoslari bilan bog’liq fuqarolik huquqiy munosabatlar tashkil qiladi.
bog’liq fuqarolik huquqiy munosabatlar va ularning ijrosini ta’minlash usullari 10
hamda mulkiy va shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslikning oldini olish bo’yicha ilmiy-nazariy va amaliy muammolar hisoblanadi. Tadqiqot metodlari. Tadqiqot ishida ilmiy bilishning dialektik, tarixiylik, tizimlilik, huquqiy-mantiqiy, tahliliy, qiyosiy-huquqiy va boshqa shu kabi usullardan foydalanildi.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik asosida ish yuritishda eng avvalo, har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib, bozor konyunkturasini puxta o’rganish talab qilinadi aks holda tadbirkorlikdan ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday shaklda tashkil topgan tadbirkorning o’z ishonchi va qobiliyatiga qarab, o’z mulkini va faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda foyda (daromad) olishga qaratadi. Tadbirkorning tavakkalchilik asosida ish tutishi raqobatga bardosh bera olishni hamda kutilmagan harakatlarda o’z mulki va muassislari bilan birgalikda to’liq javobgar bo’lish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilari ichida tadbirkorlikda tashabusskorlik, mulkiy va tashkiliy mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan ibortki, ushbu bitiruv malakaviy
ishda tadqiqotchi mamlakatimizda olib borilayotgan bozor iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida fuqarolik huquqi fani oldida turgan, o’rganib chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi lozim bo’lgan asosiy yo’nalishlardan biriga bag’ishlanadi. Mazkur tadqiqotda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari unga etkazilgan zarardan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi va uning turlarini tizimli tahlil qilishning huquqiy muammolari yig’indisi birinchi marta bitiruv malakaviy ish tarzida tatbiq etilgan. 11
Ishning ilmiy yangiligi yana shundan iboratki, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularni har taraflama qo’llab- quvvatlash, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, ularning tushunchasi, ahamiyati mazmuni majburiyatlarning shartnomaviy va shartnomadan tashqari vujudga kelishning qiyosiy tahili, davlat tomonidan qo’llab –quvvatlash va ushbu soha qonun hujjatlarni takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy taklif, tavsiyalar va xulosalar chiqarishga harakat qilingan.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling