Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biz xususiy tadbirkorlikning manfaatlarini himoya qiluvchi qonun va tartiblarga hokimiyatning jamiiki bug’inlari tomonidan
1.2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni kamrab oladi va fakat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu xolatda, biznes so’zining sinonimlari bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotik kabi tushunchalar xisoblanadi. Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi ishchanlik faolligidir. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida xususiyatlari: ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi. Xorijiy tadkikotchilarning ko’pchiligi, kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni kiritadilar. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, ko’shimcha kiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati ko’llanadi. O’zining «kichik biznes» degan nomiga karamasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha tarakkiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning kuydagi afzalliklari: - maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod kilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy 27
sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir; - kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir; - ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi; - moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda. O’zbekiston Respublikasining ‖Xususiy korxona to’јrisida‖gi 11.12.2003 yil 558-ii qonuni Ushbu qonuning 3-modda. Xususiy korxonaga ta’rif berilgan. Unga ko’ra, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-xuquqiy shaklidir. Xususiy korxona o’z mulkida aloxida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi. Ayrim manbalarga ko’ra, tadbirkorlik tushunchasi uzoq tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, uni Amir Temurning quyidagi so’zlari bilan izohlash mumkin: ,,ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi bo’lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab tadbirsiz loqayd kishilardan afzaldir” 1 . Shuningdek, tadbirkor-biznesmenlik faoliyati asosan XVII asrda paydo bo’lib, ko’pincha ,,mulkdor― degan tushuncha
1
28
bilan tenglashtirilgan. Xususan, A.Smit biznesmenni foyda olish uchun biror bir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ruvchi mulkdor, deb ta’riflaydi 1 . Tadbirkorlik faoliyati vujudga kelishining tarixiy asoslarini prof.S.E.Jilinskiy uch tarixiy bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich, tadbirkorlik haqida dastlabki tushunchalar XVIII asrning oxirlarida vujudga kelganligini, XIX asrning boshlarida –tadbirkorlik mustaqil bir tizim sifatida namoyon bo’lganligini ta’kidlab, va shu bilan birga tadbirkorlik haqida qator faylasuf olimlarning jumladan, A.Smit, D.Rikardo va K.Markslarning ilmiy asarlarida ham tadbirkorni ishlab chiqarishda muhim funksiyalarni bajaruvchi kapitalist degan fikrlar yuritilganligini bildiradi . Ikkinchi bosqich, XX asr boshlari va o’rtalariga to’g’ri kelishini, bu davrda tadbirkorlikning bir butun konsepsiyasi mavjudligini ta’kidlab, faylasuf olim Y.Shumpeyterning izlanishlarida ham tadbirkorlik novatorlik faoliyatini olib boruvchi shaxs degan to’xtamga kelganligini bildiradi. Uchinchi bosqich esa XX asrning 60 - yillarida boshlanganligini va uni hozirga qadar rivojlanib kelishini ilmiy asoslaydi 2 . Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati qadimgi rus davlatlarida ham davlatning kuch - qudratini mustahkamlashda muhim soha sifatida xizmat qilganligi va ushbu faoliyat bilan shug’ullanish natijasida daromad, foyda olishga intilishgan degan fikrlar bildirilgan. Yuqoridagilarga ko’ra, tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelish bosqichlari XIV asrlardan boshlab XVII asrning oxirlari va XIX asrning boshlariga to’g’ri kelganligini, ikkinchi bosqich, XX asr boshlari va o’rtalarida va uning bu davrda butun bir konsepsiyasi mavjud bo’lganligini, uchinchi bosqich esa XX asrning 60 - yillaridan boshlab 1990 yillarni o’z ichiga olishini va to’rtinchi bosqich 1991 yillarning boshlariga to’g’ri kelib, davlatimizning mustaqilligi bilan bugungi kungacha rivojlanib kelayotganini asoslash mumkin.
1 Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68. 2 Юқоридаги манбада. 29
Mustaqil davlatimizda tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelishi va uning rivojlanishi 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ,,Tadbirkorlik to’g’risida―gi, 1999 yil 14 aprelda ,,Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida―gi hamda hozirgi kunda amalda bo’lgan 2000 yil 25 mayidagi ,,Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida ―gi qonunlari va boshqa qator qonun osti aktlari tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatiga oid tushunchalar va g’oyalar haqida xorijiy iqtisodchi olimlar tomonidan ham tadqiq etilgan. Jumladan, Angliyalik iqtisodchi olim F.Xayk tadbirkorlik asosida biror bir iqtisodiy imkoniyat natijasida o’z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish tushuntiradi 1 .
faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo’lib kelayotgan korxonalardan Tata, Birla, Modi, Dalmia va boshqalarni keltirib o’tib, ushbu subyektlar dastlabki faoliyatini eng kichik biznesdan boshlab yirik tadbirkorlarga aylanganligini ta’kidlaydi 2 .
Ayrim yuridik lug’atlarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tushunchalari keltirilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati tushunchasi mustaqil o’z mulki asosida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo’lib, o’z mulkidan mahsulot sotishdan, ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishdan, uzluksiz doimiy ravishda daromad oluvchi hamda davlat ro’yxatidan qonuniy tartibda o’tgan faoliyat tan olinishi belgilangan 3 . Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy tushunchasi Rossiya Federasiyasi Fuqarolik kodeksining 23-moddasi 1-qismida qayd qilinishicha, har qanday fuqaro qonun hujjatlarga asosan tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lishligi va bunda ular tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tadbirkor) sifatida va ushbu faoliyatni davlat
1 Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. – М.: Колос. 1997. – С.5 2 Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005. - 15 р
3 Большой юридический словар. 3-ое изд. Под ред. Проф.А.Я.Сухарева – М. Инфра, 2006 – С.579-580.
30
ro’yxatidan o’tkazganidan so’nggina shug’ullanishga haqli ekanligini belgilaydi 1 .
Bizning jamiyatda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari Konstitusiyamizning 36, 53, 54 va 55-moddalarida belgilab qo’yildi. Tadbirkorlik faoliyatiga dastlabki legal tushuncha, O’zRning ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida―gi qonunning 3-moddasida, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat 2 ,
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi O’zRsi FKning 24- moddasida – fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga haqli ekanligi belgilandi. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasiga oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar ishlar huquqshunos olim B.Ibratov tomonidan olib borildi. U tadbirkorning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil qilish, undan foydalanish, novatorlik g’oyalarini amalga oshirishdan iborat ekanligini asoslab, tadbirkorning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki, uni inson faoliyatining shu sohadagi funksiyasi bo’lib, uning jamiyatdagi tutgan o’rni va ijtimoiy ahamiyatiga e’tiborni qaratish lozimligini tushuntiradi. Shuningdek, tadbirkor bozor iqtisodiyotining alohida bo’g’inlarida takror ishlab chiqarish borasida xizmat ko’rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo’jalik munosabatlarining majmuidir 3 , deb ta’riflaydi. 1 Қаранг: Гражданский кодекс Российской Федерации. Части первая и вторая. – М.: Изд-во ―Новая Волна‖, 1996. – 512 с. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000, 5-6 сон. 140-модда. 3 .Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б. 31
Fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyati har qanday mulkdor tomonidan o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki asosida yoki o’zga shaxsning mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tavakkalchilik asosida tadbirkorlikni amalga oshirib undan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) oladigan, yangilik yaratuvchi, o’z mulkiy javobgarligi hamda mustaqil ish yurita oladigan tashabbuskor shaxsni tadbirkor deb ta’riflash mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bevosita xususiy mulk asosida hamda taraflarning huquqiy jihatdan tengligiga asoslanadigan faoliyat hisoblanadi. Xususiy mulk fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan biri bo’lib, ushbu mulk fuqarolik oborotida erkin muomalada bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar fuqarolik huquqiy munosabatlarda mustaqil huquq subyekti sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, ular o’z mulkidan qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik asosida foyda yoki daromad olishlari mumkin. Xususiy mulk egalari barcha iqtisodiy munosabatlarga kirishishda, eng avvalo, har bir shaxsning fuqarolik huquqini erkin va mustaqil tartibda amalga oshirilishiga asoslanadi. Bizning nazarimizda, tadbirkorlik – mustaqil iqtisodiy faoliyat bo’lib, mulkiy munosabatlarda taraflarning ixtiyoriga ko’ra o’z mulkiga asoslanib o’zining mulkiy imkoniyati darajasiga qarab ishtirok etishi tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi har qanday shaxs raqobatga bardosh bera oladigan, mulkiy va huquqiy kafolatlangan bo’lishi kerak. Iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishning ustuvor vazifalari haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shuni ta’kidlaydiki: “Biz xususiy tadbirkorlikning manfaatlarini himoya qiluvchi qonun va tartiblarga hokimiyatning jamiiki bug’inlari tomonidan og’ishmay amal qiladigan qatiy va majburiy muhitni vujudga keltirishimiz shart, kichik va o’rta korxonalarning turli shakllari tez va keng rivojlanishi uchun yo’l ochishimiz lozim― 1 . Ushbu vazifalar bugungi kunda tadbirkorlik 1
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. 5-ж.Тошкент, Ўзбекистон, 1997. 367-б. 32
faoliyatini yanada mustahkamlab va rivojlantirib borishga dasturilamal bo’lib qolmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan har bir shaxsda huquqiy, iqtisodiy, shaxsiy va aqliy qobiliyatlar bo’lishi kerak. Fuqarolik huquq va muomala layoqatiga ega bo’lish, aqli raso, o’z mulkiga, majburiyatlar yuzasidan butun mol-mulki bilan javob bera olishligi. Shu bilan birga unda ishbilarmonlik, boshqaruvchilik, qatiy fikrlilik, bozor qoidalarini tushunadigan, o’z faoliyati asosida davomli foyda oladigan, ish muomalasi odobi talablariga amal qiladigan shaxsni tadbirkor deyish mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining ilmiy-nazariy tushunchasi, uning vujudga kelishi va rivojlanishi haqida B.A.Erkayev va G.I.Karimovalar – tadbirkorlik so’zining lug’aviy ma’nosini tahlil qilib predprinimatelstvo - enterprise - foyda olish maqsadida fuqarolar va korxonalarning o’z tashabbusi asosida mustaqil faoliyat yuritishini tushuntiradi 1 . B.Ibratov tadbirkorlik – biznesmenlik faoliyati asosan XVIII asrda paydo bo’lganligini hamda uni ko’pincha ,,mulkdor― degan ma’noga ega ekanligini tushuntirib u o’z navbatida faylasuf olim A.Smitning ham fikrlariga qo’shilib, biznesmenni foyda olish uchun biron-bir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ruvchi mulkdor, degan ta’rifni bildiradi 2 . O.Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday mulkdorning tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo’lib, unda shaxs o’z harakatini o’z xohish - istagini mustaqil holda amalga oshirishligini izohlaydi. Bundan tashqari, u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o’z xohish istagini va harakatini mustaqil belgilagan tartibda harakat qiluvchi shaxs ekanligini ham
1
1997. 2 Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б. 33
tushuntiradi 1 . S.Boboqulov bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy kuch deb ta’kidlaydi 2 . Yuqoridagi fikrlarda tadbirkorlik faoliyatining mazmuni uning mustaqil faoliyat ekanligi, uning maqsadi foyda olishga qaratilganligi, ushbu faoliyat tavakkalchilik va tashabbuskorlikka asoslanganligi va u o’z erkini o’zi belgilaydigan hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda uning alohida o’ringa egaligi bildirilgan. Jismoniy va yuridik shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishining ikki muhim jihati mavjud. Birinchisi iqtisodiy ya’ni muayan mulkka ega bo’lishi bilan tadbirkorlik asosida daromad olishga qaratilsa, ikkinchisi esa uning ijtimoiy ahamiyati ham muhim bo’lib u qo’shimcha ish o’rinlarini tashkil etadi. Fikrimizning dalili sifatida shuni ham ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik keng ma’noda shaxsiy va ijtimoiy manfaatni qondirishga asoslangan aqliy faoliyat hamdir 3 . Ayrim olimlar tadbirkorlik faoliyatini huquqiy va tashkiliy jihatdan o’rganishida – ular ushbu faoliyatni qonun hujjatlar doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi faoliyat ekanligini ta’kidlaydi 4 , U.Tadjixanov tadbirkorlik faoliyatini - puxta o’ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan amaliy choralar asosida ish tutadigan faoliyatdir deb ta’riflaydi, K.Sindorov tadbirkorlik shaxsiy manfaatni qondirishga asoslangan, o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda tavakkalchilik va tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshiradigan, boshqa ijtimoiy subyektlar topshirig’i bilan amalga oshiri-ladigan
1 Оқюлов О. Понятие и основные признаки предпринимательской деятельности. //Хозяство и право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75. 2 Бобоқулов С. Иқтисодий ислоҳотлар жараѐнида ижара муносабатларини ривожлантириш ва такомиллаштиришнинг фуқаролик-ҳуқуқий муаммолари: юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б. 3 Қаранг. Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: 1998.- 204 б. 4 Мирсаидов М.С. Тадбиркорлик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. - 185 б. 34
faoliyatdan farqli o’laroq, yangilikka intiladigan shaxslarning tashabbuskor faoliyatidir 1 , degan fikrlarni bildiradi. Yuqoridagi fikrlarda mualliflar tadbirkorlikning mazmun va maqsadini ifoda ettirishga harakat qilgan. Fikrimizcha, tadbirkorga bildirilgan ikkinchi fikrga qo’shimcha qilib uni tadbirkorlik nafaqat shaxsiy ehtiyojni qondirishga balki, ushbu faoliyat jamiyatning ijtimoiy ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan faoliyatdir, desak to’g’ri bo’lar edi. Bugungi kunda tadbirkorlik huquqining asosiy vazifasini uning predmeti belgilaydi va bu haqda prof.I.B.Zokirovning quyidagi ta’rifini keltirish mumkin. Unga ko’ra, tadbirkorlik faoliyati yuridik shaxslar, fuqarolar yoki fuqaro tomonidan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunlar doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyati degan mazmunni bildirishini ta’kidlaydi 2 . Ushbu ilmiy fikrlar va tushunchalar ham ilmiy asoslantirilgan. Lekin, ularning ishlarida ushbu faoliyatning sof fuqarolik-huquqiy mazmuniga, uning o’ziga xos belgilariga va xususiyatlariga alohida e’tibor qaratatilmagan. Huquqshunos olimlar I.V.Yershova va T.M.Ivanovalar tadbirkorlik faoliyatida quyidagi belgilar bo’lishini ta’kidlaydilar 3 . Jumladan, mulkiy va tashkiliy mustaqillik, tavakkalchilik, davomli daromad (foyda) olish, daromadlarni mulkdan foydalanish orqali mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan, ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishdan hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tkazish orqali harakat qilishini tushuntiradi. Bundan tashqari ayrim olimlarning ta’kidlashicha tadbirkorlik mustaqil faoliyat bulib, ushbu faoliyatdan ko’zlangan maqsad xo’jalik tavakkalchiligi asosida muayyan
1 Қаранг. Юридик энциклопедия. – Тошкент: 2001. 418-419-б; К.О.Синдоров, И.Жуманазаров. Тадбиркорлик субъектларини текширишнинг ҳуқуқий асослари. (қонунчилик ва суд амалиѐти) –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11-12-б. 2 Зокиров И.Б. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. – Тошкент: 2007. 149-б. 3 Ершова И.В., Иванова Т.М. Предпринимательское право. Учебное пособие. – М.:Юриспруденция, 1999. 4 35
faoliyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish va undan doimiy hamda davomli ravishda daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud bo’lishini bildiradi 1 .
nazardan o’rganib, uni insonning o’z harakatini o’zi tanlash asosida belgilashini, uning ushbu harakatni bila turib biror bir maqsadga erishish yo’lida harakat qilishni, o’z oldida duch keladigan to’siqlar sari qadam qo’yib borishni hamda shaxsning o’z harakatini fahmlab ilgari boruvchi faoliyat deb tushuntiradi 2 .
bo’lib, ularga jumladan, V.Serebrovskiy tavakkalchilikning iqtisodiy ma’nosiga nazar tashlab, uni biror bir xo’jalik faoliyatida noxushlikka olib keluvchi harakat degan tushunchani bildiradi 3 . M.M.Agarkov tavakkalchilik harakati barcha fuqarolik huquqi bilan bog’liq munosabatlarda sezilarli darajada uchramaslik holatlarini ta’kidlaydi 4 .
ham huquqiy xarakterga ega bo’lgan va unda ushbu belgi huquqiy hujjatlarni nomlashda qo’llanilganligi haqida huquqshunos olim Yu.Baron o’zining fikrini bildiradi. Masalan, ular ,,tavakkalchilik krediti― ,,saqlash shartnomasida― va boshqa shartnomalar mazmunida uchrab turishini ta’kidlaydi 5 . Tavakkalchilik belgisi o’zining mazmuniga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’lishi mumkin. Jumladan, ularning tabiiy, delikt, ma’muriy hamda shartnomaviy ko’rinishlarini qayd qilish lozim. Tadbirkor o’zining tavakkalchiligi bilan mulkiy zarar ko’rishning oldini olish kerakligini ham hisobga olishi kerak ya’ni ularning faoliyatida tavakkalchilikdan ham foydalana bilishlik talab qilinadi. Tavakkalchilik ham o’z mazmuniga ko’ra o’ziga xos huquqiy yoki texnik
1 Предпринимательское право. Учебное пособие для вузов. – М.: 2000. Коллектив авторов. Изд. ―Приор‖. 2 Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть обшая) , Изд-во ―ИРФОН‖ – Душанбе, 1972. 3 Серебровский В. Страховой риск. Сборник статей кафедры ‖Проблема современного права‖, правового факультета Харковского института народного хозяства, посвяшенный памяти акад. М.Гордона.1927. -189 с. 4 Агарков М.М. Очерки кредитного права, 1926, -С.52. 5 Барон Ю. Система Римского гражданского права. Кн. 4, СПб. 1910, -С.132. 36
ko’rinishda bo’lishi mumkin. Texnik tavakkalchilikda uning mazmunida yuridik xarakterga xos asos bo’lmaydi. Masalan, mulkdorning o’z mulkini iqtisodning turli sohalariga qo’shishini olish mumkin. Tavakkalchilikning huquqiy asoslariga esa mulkni sug’urta qilish va majburiyatlarni bajarish usullari ya’ni neustoyka, zalog, kafillik, kafolat va zakolatni kiritish mumkin. Shuningdek, V.A.Oygenzixt o’zining asarlarida tavakkalchilik belgisi haqidagi fikrlarini davom ettirib, u tavakkalchilikni – muvaffaqqiyatga olib borishdir, deb qisqacha ma’noda tushuntirib o’tadi. Lekin shu o’rinda ushbu fikrga qarama-qarshi fikrlar ham
mavjudligini huquqshunos olim Ya.M.Magazinerning ishlarida ko’rish mumkin, u tavakkalchilikni istiqlolga xavf, unga har qanday tahdidlarni soluvchi holat sifatida ko’rinishga ega bo’ladi deb biladi 1 . Tavakkalchilik faoliyatining fanda ikki xil turi mavjudligini huquqshunos olim V.Rassudovskiy asoslaydi. Birinchisi, shartnomadagi tavakkalchilik bo’lsa ikkinchisi, texnik tavakkalchilik bo’lib, uni biror bir qaror qabul qilishda uchratishni ta’kidlaydi va buni ongli ravishda to’g’ri qaror qilingan harakat deb tushuntiradi 2 .
huquqshunos olim V.A.Oygenzixtning hamda Yu.Baronning fikrlari asosli deb hisoblaymiz. Chunki, ularda tadbirkorlik faoliyatiga xos belgilarga alohida to’xtalib, ularga to’g’ri ta’rif berilganligini hamda bu fikrlar fuqarolik-huquqiy munosabatlarga bog’lab tushuntirilganligini, hamda uni tadbirkorlik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishligi ilmiy va amaliy tartibda asoslantirilgan. Yuqorida o’rganilgan barcha belgilar tadbirkorlik faoliyatiga xos bo’lib, bunda mulkdor o’z ishonchi va erkiga asoslanib mustaqil faoliyatini amalga oshiradi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, tavakkalchilik termini rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQSh da ijobiy xarakterga ega bo’lib, ularda tijoratchilikda ko’proq qo’llanib, birja o’yinlarini o’tkazishda omad yoki yutuq olishni bildiradi. Shuningdek, AQSh da bu borada maxsus ,,Tadbirkorlikda
1 Магазинер Я.М. Советское хозяственное право. – М. 1928. – С.36 2 Рассудовский В. Вопрос об имушественном риске в гражданском праве. ―Советская юстиция‖. № 18. 1963. –С.11
37
tavakkalchilik― deb nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos sifatida keltirish mumkin 1 .
har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib, bozor konyunkturasini puxta o’rganish talab qilinadi aks holda tadbirkorlikdan ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday shaklda tashkil topgan tadbirkorning o’z ishonchi va qobiliyatiga qarab, o’z mulkini va faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda foyda (daromad) olishga qaratadi. Tadbirkorning tavakkalchilik asosida ish tutishi raqobatga bardosh bera olishni hamda kutilmagan harakatlarda o’z mulki va muassislari bilan birgalikda to’liq javobgar bo’lish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilari ichida tadbirkorlikda tashabusskorlik, mulkiy va tashkiliy mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Bizning nazarimizda, tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi har qanday shaxsda tashbbuskorlik, tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga ega bo’lishlik, doimiy uzluksiz xarakterga oid daromad (foyda) olish, tadbirkorlikning davlat ro’yxatidan o’tganlik fakti bilan bir qatorda unda novatorlik (innovasiya) belgisi ham bo’lishi lozim. Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilaridan biri hisoblanadi. ,,innovasiya’’ so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, uning ma’nosi yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni anglatadi. Ushbu termin iqtisod va huquq fanlari sohasining rivojlanishi tufayli 1980 yillarda fanga kirib kelgan. Mazkur termin O’zRsi FKning 1031-moddasida mustahkamlangan. Innovasiya faoliyatining tadbirkorlik faoliyatiga xos jihatlarini uning belgilaridan bilish mumkin.
1 Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть общая) , Изд-во ―ИРФОН‖ – Душанбе,1972. – С.39. 38
Birinchidan, ushbu faoliyat o’zining tuzilishi va vujudga kelishi bilan intellektual faoliyatning natijasi asosida paydo bo’ladi. Ikkinchidan esa, ushbu faoliyat natijasida yangi bir fikrlarni ishlab chiqib, uning natijasida yaratilgan mahsulotni bozorga chiqarish tushuniladi. Lekin ushbu tushuncha biroz bahsli bo’lib, bu borada ayrim huquqshunos olimlarning ham fikrlarini o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan, huquqshunos olima
L.V.Mas innovasion faoliyatni xarakterlab, uni tadbirkorlikka xos faoliyat emasligini, balki unda faqatgina tadbirkorlikka xos ayrim belgilarning mavjudligi bor, xolos, degan fikrga to’xtaladi 1 . Innovasiya belgisi tadbirkorlikka xos belgi bo’lib, intellektual faoliyat natijasida erishilgan yangiliklar innovasiya asosida vujudga kelishini va bu faoliyatning maqsadi yaratilgan yangi mahsulotni tijoratlashtirish orqali daromad olishga qaratiladi. Shuningdek, uni tijoratlashtirish o’z navbatida tijorat huquqiga xos faoliyat hisoblanadi. Tijorat faoliyati esa, o’z navbatida, tadbirkorlikning bir turini bildirib, uning mazmunida tadbirkorlikka xos belgilar mavjud va ular yuqorida qayd qilingan belgilar bilan deyarli bir xildir. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu belgilari uning xo’jalik faoliyatini tadbirkorlik asosida tashkil etilganligini bildiradi va ushbu belgilar tadbirkorlik tuzilmasining boshqa yuridik shaxslardan farq qilishini ham belgilaydi. Bozor munosabatlarida tadbirkorlik asosida ish yuritish birinchi navbatda fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, ushbu faoliyatning asosini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan esa, mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqi normalari asosida tartibga solinadi. Shu asosda tadbirkorlik huquqi fuqarolik huquqining bir-birini to’ldiruvchi va bir biri bilan bog’liq munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi. Xulosa qilganda, tadbirkorlik faoliyatiga mansub bo’lgan barcha belgilar uning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda ushbu belgilar tadbirkorlik faoliyatini boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan ham ajratib turadi.
1 Мас Л.В.Коммерческое право. Краткий курс. 2 ое издание. СПб. Питер, 2005. – С.143. 39
Tadbirkorlik faoliyatining yaxlit tushunchasi qo’yidagicha bayon etilishi lozim. Har qanday tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tovar ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling