Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning nazariy xulosalari, takliflari va tavsiyalari mamlakatimizda olib borilayotgan huquqiy, iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, ularning tushunchasi, ahamiyati mazmunini tashkil
qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin. Shuningdek bitiruv malakaviy ishning xulosalaridan kelgusida huquqshunoslik sohasida ta’lim olayotgan talabalarga tadbirkorlik huquqi fanidan kurs ishlari, referatlar hamda talabalar tomonidan ilmiy maqolalar yozishda va ushbu sohaga qiziquvchi shaxslar foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish jami 64 betni tashkil qilib, kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
12
1.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi 1.1.O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. Bugungi kunda mamlakatimizni avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi – deb ta’kidladi Yurtboshimiz I.A.Karimov o’z ma’ruzalarida 1 .
barpo kilish o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda boshlandi. Shuning uchun ham, iqtisodiy isloxatlarning birinchi boskichida, eng avvalo bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi. Ishlab chikarish sur’atining axoli turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l ko’yilmadi, to’lov xolati yaxshilandi, ishlab chikarishning ustivor tarmoqlarini takomillashtirishga e’tibor berildi. Masalan, neft va gaz kondensati kazib olish; oltin; don; yengil sanoat; ozika sanoati; va boshkalar. Natijada O’zbekistonga chetdan olib kelinayotgan neft va neft maxsulotlari; go’sht va sut, don maxsulotlarini bir necha barobar kamaytirishga erishdik. Bu davrda mulk, korxonalar, tadbirkorlik tashkiliy- iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish, kooperasiya, xo’jalik jamiyatlari va birlashmalari to’g’risida, monopol faoliyatni cheklash; korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati, bankrotlik to’g’risida, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida, yer xakida, ijara korxonalari, lizing to’g’risida
1 Каримов И.А. Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009 йил. 13
(14.04.1999y), 1998 yil 14 noyabrdagi O’.R-si Prezidentining ―Xo’jalik subyektlari faoliyatini tekshirishni tartibga solish to’g’risida‖gi Farmoni 1998 yil 24 dekabrdagi ―Xo’jalik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat kilish to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi ―Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risida‖ gi 1998 yil 29 avgust Qonuni; ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖ gi O’zbekiston Respublikasining (2000 yil 25 may) Qonuni hamda ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖ gi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi (2012 yil 3 may) qonun-hujjatlari tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (I kismi 1995 yil 21 dekabrda, II kismi 1996 29 avgust g’ 163-1, g’ 256-1), O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Bulardan tashkari isloxotning huquqiy asosini shakllantirish jarayonini ta’minlovchi bir kancha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va xukumat karorlari qabul qilindi. Bular: ―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va xisobga ko’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida‖ gi 2001 yil 22 avgustdagi 347 t.r. O’z.R-si Vazirlar Maxkamasining Karori; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida‖gi Farmoni 1 (O’zbekiston Respublikasi qonun qujjatlari to’plami, 2005 y., 40-son, 303-modda; 2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini ko’llab-kuvvatlash, ularning barkaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’grisida‖gi Farmoni 2 . 1 O’zbekiston Respublikasi qonun qujjatlari to’plami, 2005 y., 40-son, 303-modda; 2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda) 2 (Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2008 й., 49-сон, 477- модда; 2010 й., 1-2-сон, 1-модда; 2010 й., 17-сон, 130-модда) 14
(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 49-son, 477- modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda; 2010 y., 17-son, 130-modda) Tijorat banklari tomonidan ―O’z faoliyatini yuridik shaxs bo’lmagan holda amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlarni va dehqon xo’jaliklarini milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi‖( 29 fevral 2000 yil ) • ―Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlar berish, bank xizmatlari va boshka xizmatlar ko’rsatish bo’yicha ko’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 10 sentyabr 2001 yilda Karor kabul kildi. Bundan maksad kichik va o’rta biznes dehqon va fermer xo’jaliklari tashkil etishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari olishini kengaytirishdir. 1998 yil 27 maydagi Vazirlar Maxkamasining ―Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni rag’batlantirish xakida‖ gi karori esa, ―Kichik va o’rta tadbirkorlikni joylarini tashkil etish
va faoliyat ko’rsatishini murakkablashtiruvchi muassasa hujjatlarining nashr etilishi, xukumat tomonidan ko’zda tutilmagan hujjatlar xususida rasmiy talab yuborib murojat etish man etilgan‖, - deb ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida‖ gi 20.08.2003 yil 357 – sonli qarori1qabul qilindi. Ushbu qarorda tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart- sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yxatdan o’tkazish prinsipiga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to’siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi quyidagi tartiblarni belgiladi. Unda, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rasmiylashtirish va davlat ro’yxatidan o’tkazishda: birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi; 15
ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik subyektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yxatdan o’tkazadigan faqat bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi ta’minlanadi. Tuman (shaxar) xokimliklari xuzurida Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tashkil etilsin. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaxarlar va
tumanlar xokimliklarida quyidagilar yangi
tashkil etilayotgan Inspeksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi: tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan ariza beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda hujjatlarni va zarur bo’lgan asoslarni ekspertizadan o’tkazish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muxandislik kommunikasiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizasiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish, turar-joylarni noturar-joy toifasiga o’tkazish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun, shuningdek muxr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash; yuqorida ko’rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni xisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, reyestrni yuritish, shuningdek ularni soliq va statistika organlarida xisobga qo’yish; ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvoxnoma berish. Quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, xisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq; 16
Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi ham tasdiqlandi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari Davlat mulki qo’mitasining xududiy organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalarining, tadbirkorlar talabini xisobga olgan holda muntazam ravishda kim oshdi savdolariga qo’yishni amaliyotda qo’llash belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda shaxar va tuman xokimliklari xuzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari to’g’risidagi namunaviy nizom ishlab chiqildi, ro’yxatdan o’tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga so’zsiz rioya qilinishi ustidan zarur nazorat o’rnatildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "O’zteleradio" kompaniyasi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari ushbu qaror qoidalarini respublikadagi barcha tadbirkorlar keng qatlamlariga yetkazish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
17
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qaroriga 2-ILOVA
Shaxarlar va tumanlar xokimliklari xuzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasining namunaviy TUZILMASI
Inspeksiya boshligi
Davlat
ro’yxatidan o’tkazish va xisobga qo’yish bo’limi (mutaxassis) (1 kishidan - 3 kishigacha)
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’limi (sektori) (2 kishidan - 5 kishigacha)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ko’shimcha chora- tadbirlar to’grisida‖gi 2010 yil 28 iyul, PF-4232-son Farmoni 1 qabul qilindi. Ushbu hujjatning mazmunida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofik hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-xunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish maksadida mikrofirmalar va kichik
1
модда. 18
korxonalar tomonidan respublikaning kasb-xunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mexnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning o’rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan ko’pi bilan 20 foiz oshirilgan xollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib koldirildi. Bunda xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb- xunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o’kishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortik vaqt o’tmagan takdirdagina yo’l ko’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq ko’mitasi hamda boshka manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chikadigan o’zgartish va ko’shimchalar to’grisida Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritish topshirildi. Bu xil qonunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chikarish faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir. O’zbekiston respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’lik bo’lgan boshka qonunlar: tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshkarilayotgan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatining, ularning kayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi. Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning mustakilligini ta’minlashga karatilgan bo’lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshka korxonalar va tashkilotlar, davlat boshkaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. Bu davrdagi qonun chikarish jarayoni konstitusiyaviy jixatdan asoslangan ikki muxim prinsip: turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk erkinligi va tengligi prinsipi hamda iqtisodiy faoliyat erkinligi prinsipi asosida rivojlandi.
19
Bozor munosabatlari talablariga javob beraoladigan xissadorlik kompaniyalari, uyushmalar, birjalar, kimmatbaxo kog’ozlarni xisobga oladigan va saklaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infrastrukturasi obyektlari barpo etilgan. Bu qonunlar tashki iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, o’rta va yirik korxonalarni davlat tassarufidan chikarish, va xususiylashtirish, yopik turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochik turlagi jamiyatlarga aylantirish jarayonini boshlab berdi. 2002 yilda Respublika iqtisodiyotini investisiyalash xajmi yalpi ichki maxsulotga nisbatan 24,5 % yni tashkil etdi. Kapital mablag’lar tarkibida xorijiy investisiyaning xissasi ko’paydi va jami investisiyalarning 30 % ga yoki 1 milliard AQSh dollariga to’g’ri keladi. 2001 yil iqtisodiyotimizga jalb etilgan xorijiy investisiyalarning umumiy xajmidan fakat 13,4 % gina bevosita amalga oshirilgan. Lekin xorijiy investisiyalarni jalb etish xali ancha sust bormoqda. 2002 yilgacha respublikaning 31 ta tumanida xorijiy investisiyalar ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan. 2001 yil mamlakatimizda yetishtirilgan paxta tolasini kayta ishlovchi eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jixozlangan «O’obul-Farg’ona», «Chinoz to’kimachi» kabi yangi ko’shma korxonalar ishga tushirilgan. Yukorida aytilganlarga misol tarikasida Buyuk Britaniya va O’zbekiston bilan hamkorlikda yaratiglgan tamaki maxsuloti ishlab chikaruvchi «UzBAT» korxonasini, «AYSEL» turk kurilishi kompaniyasini keltirishimiz mumkin. Bu kompaniya «Interkontenental» mexmonxonasini, O’zbekiston respublikasi milliy banki binosini kurib foydalanishga topshirdilar. O’zbekiston turk bankini; xorijiy va O’zbekiston korxonalariga, tashkilotlariga xizmat ko’rsatuvchi Gollandiyaning ABN-AMRO milliy bankini yaratilishi; chet el investisiyalarini moliyalashtirish uchun yaratilgan O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish banki; Yaponiyaning SAKURA LTD-xorijiy bankini; Fransiyaning SOSYeTE JENERAL; Xindistonning milliy banki turli xildagi
20
Rossiya banklari; Cof xorijiy kapitalga asoslangan «Toshkent» markaziy Osiyo rekonstruksiya kilish va rivojlantirish banki kabilar shular jumlasidandir. O’o’shma korxonalardan Janubiy Kareya bilan hamkorlikda «UzDEU» korxonasi va unda yangi modeldagi «Matiz» avtomobilni ishlab chikarishni yo’lga ko’yilishi, «UzDEU elektroniks», Buxorodagi neftni kayta ishlash ko’shma korxonasi yaratilishi misol bo’la oladi. Italiya bilan - «Uzitalmotor» xissadorlik jamiyati va boshkalarni misol kilib keltirsak bo’ladi. Hozir O’zbekistonda 1500 dan ortik xorijiy sarmoyalar bilan ishlaydigan korxonalar faoliyat ko’rsatmokda. Masalan, AQSh bilan yaratilgan 200ta korxona; Germaniya bilan 150 tadan ortik; Janubiy Koreya bilan 100tadan ortik korxonalar ro’yxatdan o’tgan. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamon ancha murakkab ekanini ham e’tirof etish lozim. Masalan, xali xalk xo’jaligi soxalarida mulkchilikning yangi shakli karor topishi talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Ishlab chikarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda davom etmoqda, sarmoyalarning yetarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab kayta kurishga to’sik bo’lmoqda. Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tegishli me’yoriy huquqiy asos yaratilgan. Birok amaldagi qonunlarning chukur taxlili ularni takomillashtirish va yangi xayotning o’zi talab kilayotgan huquqiy hujjatlar bilan to’ldirish zarurligini ko’rsatmokda. Afsuski, amaldagi ba’zi huquqiy hujjatlarimiz turlicha talkin kilininshi mumkin. Bu esa ayrim idoralar va maxalliy xokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar manfaatlariga ziyon yetkazuvchi hujjat va karorlar kabul kilinishiga yo’l ochib bermokda. Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi me’yoriy hujjatlar tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini emas balki ayrim idoralar manfaatlarini nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan. 21
Masalan, binolarni ijaraga olish uchun tegishli shartnomalar fakat bir yil muddatga tuziladi. Natijada tadbirkor shartnoma keyingi yil uchun uzaytiriladimi-yo’kmi—bilmaydi. Buning ustiga, ijaraga beruvchilar o’zining monopoliya huquqidan foydalanib, bunday shartnomalarni kichik korxonalar uchun oldindan nokulay, xatto aytish mumkinki, ularni nochor axvolga solib ko’yadigan shartlar asosida tuzishga majbur kiladi. Prezidentimiz I.Karimov ko’rsatishicha: Adliya vazirligi, davlat mulki ko’mitasi barcha manfaatdor idora va tuzilmalar bilan birgalikda amaldagi Qonun hujjatlarini, ayniksa, me’yoriy hujjatlarni kaytadan jiddiy inventarizasiya kilishlari, kichik va o’rta biznes subyektlarining xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga g’ov-to’sik bo’layotgan koida va nizomlarni aniklab, ularni bartaraf etishlari zarur. Ko’plab tadbirkorlar ayniksa endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar, tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari, uning yuridik va iqtisodiy shart-sharoitlari tushunarli tarzda bayon etilgan huquqiy hujjatlar to’plamlariga extiyoj sezadi. Ular ana shunday ko’llanma va ma’lumotnomalar chop etilib, keng tarkatilmagani tufayli kiyichiliklarga duch kelmokda. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorliknining huquqiy asosi sifatida O’zbekiston respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi 1 11.12.2003 yil № 558-ii sonli qonunini ham e’tirof etish mumkin. Ushbu qonunning mazmunida xususiy korxonani tuzish tartibi, xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi,
1
28-модда
22
xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko’rsatilishi lozimligi: korxonaning firma nomi; uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar; asosiy faoliyat turlarining ro’yxati; mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; ustav fondining miqdori. Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish, xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi, xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir va uni mulkdorning o’zi belgilaydi. Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baxolaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol- mulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish- xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi.
23
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Xususiy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari- xususiy korxona mol-mulkining nasionalizasiya va rekvizisiya qilinishiga yo’l qo’yilmasligi, xususiy korxona faoliyatining erkinligi, xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar, xususiy korxonaga soliq solishning o’zigaxos xususiyatlari, xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi, xususiy korxonaning mol-mulki nasionalizasiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizisiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizisiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muodil kompensasiyasi to’lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa xolatlar bundan mustasno. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xar qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir. Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi. Xususiy korxonaga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda xususiy korxonalar uchun davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi. 24
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng korxona mulkdorining tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq solinmaydi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko’pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. Xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya- xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil qilingan xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilishi mumkin emas.
Shuningdek, ushbu qonunda xususiy korxonalarning birlashishi, xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish, nizolarni xal etish, xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, xususiy korxonalarning birlashishi xususiy korxonalar o’z xuquq va manfaatlarini ximoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assosiasiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, xadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o’zgacha usulda boshqa shaxsga o’tkazishga xaqli. Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o’zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko’rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning maxsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko’rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalardan foydalanish xuquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yangi mulkdorga o’tadi. 25
Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish- xususiy korxona uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Nizolarni xal etish- xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi soxasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi. Xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik - xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Tadbirkorlik faoliyatining yana bir muhim subyekti dehqon xo’jaligi bo’lib, ushbu subyekt ,,Dehqon xo’jaligi to’g’risida―gi O’zRning qonuni bilan tartibga solinadi 1 . Ushbu qonunning 1-moddasida dehqon xo’jaligini tashkil etish maqsadi uning vujudga kelish asoslari hamda uning faoliyat shakllari belgilangan. Mazkur qonunga asosan dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar ishlab chiqarish xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnatidan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik asosida oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiradi shu bilan birga ularni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo’ladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998. 5-6 сон. 88 модда
|
ma'muriyatiga murojaat qiling